O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
O`zbekiston respublikasi

AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI 
O`zbek demokratik adabiyotining ko`zga ko`ringan adiblaridan hisoblangan 
Avaz O`tar o`g`li asarlari bilan o`zbek adabiy tili ravnaqiga munosib hissa qo`shdi. 
Barcha demokratik shoir va yozuvchilar kabi Avaz O`tar o`g`li ham buyuk 
Alisher Navoiy tomonidan asoslangan adabiy tilni rivojlantirishga, davr talabiga mos 
formalar axtarib topib, uning taraqqiy etishida barakali xizmat qildi. 
Avaz O`tar davr talabiga javob beradigan til vositalarini xalq so`zlashuv 
tilidan o`zbek adabiy tiliga olib kirishga harakat qildi. Masalan, uning she`rlarida 
zindon, chora, ijara, sham, kulba kabi xalq tilida qo`llanadigan so`zlar qo`llangan. 
Buning yorqin dalili quyidagi satirik to`rtlikda ko`rinadi:
Sipohi poro istar,
Mulla ijora istar
Bechora chora istar,
Bir chora zamon bormu? 
Xalq so`zlashuv tili xususiyatlari ayrim morfologik belgilarda ham ko`rinadi, 
Avaz O`tar she`rlarida yozma asarlar tiliga xos bo`lgan va bog`lovchisi deyarli 


135 
qo`llanmagan. Uning asarlarida harakat nomining -v//uv//uv affiksi bilan hosil qilingan 
formasi qayd qilinadi. SHu jihatdan uning «Til» degan g`azali xarakterlidir: 
Har tilni biluv emdi bani odama jondur 
Til vositai robitan olamiyondur.
G`ayri tilini sa`y qiling bilgali, yoshlar,
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka ani g`ayrat eting, foydali kondur.
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni
Onda o`qug`onlar sori yakton jahondur.
Zor o`lmasun onlar dog`i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin ani bag`ri to`la qondir. 
Xalq so`zlashuv tiliga xos yana quyidagilar Avaz O`tar asarlarida qayd 
qilinadi. 
1.Ma`lumki, men olmoshi eski o`zbek adabiy tilida 1-bo`g`inda e tovushi 
saqlanadi. Avaz O`tar she`rlarida esa og`zaki tilga (shevaga) xos bo`lgan
tovushiga aylanadi: 
Oh kim qildi falak, ayru diyorimdin mani
To yiroq solmoqqa bir gulrux nigorimdin mani.
YOki: 
Molimni yo`lida aylabon sarf,
Mandin hazar etgusi gadolar. 
2.Xorazm shevasiga xos uyg`onib o`rniga uyonib formasi qo`llangan: 
Bu yanglig` olam ahlidin keyin qolmay yurush ayla,
Avaz, bo`lg`ay uyonib komgoru komron millat. 


136 
Avaz O`tar asarlari tilida Navoiy traditsiyasi quyidagilarda ko`rinadi. 
1. Navoiy o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilida yirik asarlar yaratib, o`zbek 
tilini xalq tiliga yaqinlashtirgan bo`lsa, Avaz O`tar o`g`li ham shu traditsiyani 
davom ettiradi. Buning dalilini yuqoridagi faktlarda ko`rdik. 
2.Navoiy asarlarida qo`llangan ko`pgina so`z va so`z formalaridan 
foydalanadi: 
a) III-shaxs kishilik olmoshining ko`pligi alar formasida ham qo`llanadi: 
Umidim-yashasin maktab bolasi,
Alar har biri sheri jayonim. 
(«Fidoyi xalqim»). 
b) -dag`i bog`lovchisi qo`llangan: 
Ko`ngullarning sururi, dog`i ko`zlar nuridir farzand,
Alarning umrini, albatta obod etgusi maktab. 
v) -gu//ku//gu//ku affiksidan foydalangan: 
Bo`lg`usi, ey dil, muyassar vasli jonon, g`am ema,
Kim oning kelmakligiga bordur imkon, g`am ema. 
g) ravishdoshning -bon//ibon//ubon affiksi bilan hosil qilingan formasi 
qayd qilinadi: 
Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab cho`x,
Taraqqiy aylamasmu o`qubon behaddu son millat. 
d) kelasi zamon sifatdoshining qo`llanishida ham Navoiy tiliga xos forma 
qayd qilinadi: 
Ne manga yoronu hamdam, ne manga bir mehribon
SHum iqbolim agardi (eyurdi), yo`ku borimdan meni.
e) jo`nalish kelishigining -a//e affiksli formasi aktiv qo`llangan: 


137 
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek. 
j) so`roq olmoshi qago Avaz O`tar she`rlarida qo`llangan:
Qaro millatga bizdek gar nosimi inqiroz etsa
Anga albatta mustahkamlik ijod etgusi makteb. 
3. Navoiy tilida uchraganidek, O`g`uz gruppa (Xorazm shevasining o`g`uz 
gruppa sheva bo`lganligi uchun ham) tillarining ta`siri uchraydi.
Masjidni o`ziga dom etibdur,
Bilmam, buni kim imom etibdur. 
Avaz O`tar she`rlarida «SHajarai turk» va «SHajarai tarokima»asarlarining 
ayrim ta`siri ham qayd qilinadi. Masalan, III -shaxs kishilik olmoshining ko`plik 
formasi onlar tarzida ham qo`llangan: 
Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq
Bo`ldi qurbon bu sababdin doimo ag`yor xalq. 
Avaz O`tar o`g`li asarlari leksikasini asosan turkiy va arabcha-forscha 
so`zlar tashkil etadi. Rus va rus tili orqali kirgan so`zlardan u deyarli foydalanmadi. 
Umuman, o`zbek adabiy tili XIX asrning II-yarmida o`zining yuqori 
bosqichiga ko`tarilishida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tar o`g`li kabi 
demokratik-ma`rifatparvarlarning asarlari rol’ o`ynadi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin