O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
O`zbekiston respublikasi

Savol va topshiriqlar: 
1. XVI asr adabiy yodgorliklarida Alisher Navoiy an`anasi qaysi adiblarning 
ijodida aks ettirilgan? 
2. Bobur asarlari tilining xarakterli xususiyatlari nimalardan iborat? 
3. Muxammad Solih dostonining til xususiyatlari nimalardan iborat? 
Tayanch tushunchalar: 
An`ana – ajdodlardan meros bo`lib qolgan hatti-harakatlarni avlodlar 
tomonidan davom ettirilishi. Masalan, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til 
an`anasi XIV asrning birinchi yarmigacha davom ettirildi. YA`ni chigillar dialektiga 
xos d’-lashish xususiyatini bu XIV asrdan I chi yarmi yozma yodgorliklarida 
uchratishimiz mumkin. 
Ibora – ikki yoki undan ortiq so`zdan tashkil topgan va yaxlit bir ma`no 
ifodalaydigan til birligi ibora deyiladi. 
Munshaot – arabcha so`z bo`lib, yozishma, maktub degan ma`noni bildiradi. 
 
9 - MAVZU 
XVII-XIX ASRLARDA ADABIY TIL 
Reja: 
1. XVII-XIX asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol. 
2 XVII-XIX asrlarda yaratilgan adabiy manbalarda Alisher Navoiy 
a`anasining davom etirilishi. 
3. Bu davrning dialektal murakkabligi. 
4. Bu davr adabiy tilining demokratlashuvi. 
5. Ijodkorlar asarlarining til xususiyatlari. 


105 
O`zaro feodal urushlar, Buxoro va Xeva xonliklarining eron davlati bilan 
urushga mamlakatda iqtisodiy va madaniy tushkunlikni yanada keskinlashtirar edi. 
SHuning uchun ham bu davrda ijod etgan shoir va yozuvchilarning asarlarida 
mehnatkash ommaning jabr ko`rishlari o`zining aksini topgan edi. Bu davr shunisi 
bilan xarakterliki, unda badiiy stilda hajviya stili keng qo`llanishda bo`ldi. 
Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi. 
XVII-XIX asrlardagi o`zbek adabiy tilini o`rganishda o`sha davrda yaratilgan tarix 
asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manbaa bo`ladi. 
Iqtisodiy va madaniy hayotdagi tushkunlikka qaramasdan XII-X1X asrlarda 
qator tarix, geografiya, falsafa, til, adabiyot va boshqa sohalarga doir asarlar yaratildi. 
Bular orasida Said Muhammad Toxir bin Abulqosimning «Ajoyib-ut-taqobat» nomli 
geografik asari, Abulqosim bin Sa`dulla al-Xusaynning «Natoyij-ul-fikr» tarixiy 
kitobi, Abulg`ozi Bahodirxonning «SHajarai turk», «SHajarai Tarokima», 
Muxammad YAroqchining «Muhit-ut-tavorix», SHermuhammad Ubaydiyning 
«Ubaydullanoma», Munisning «Firdavs-ul-iqbol», Muhammad Xokisorning 
«Muntaxab-al-lug`at», M.Mehdixonning «Sangloq « asarlari yuzaga keldiki, 
bularning hammasi o`zbek tilidagi adabiy harakatchilikning davom etib kelganligini 
ko`rsatadi. 
XVII-XIX asrlar abdiy tilini o`rganishda mazkur davrlarda yashab ijod 
etgan shoirlar ijodi ham etarli manbaa bo`ladi. Bu davr adabiy tiliii rivojlantirishda 
Turdi Farog`iy, Nishotiy, Boborahim Mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Bahodirxon 
Munis, Abulg`ozi Baxodirxon, Ogahiy, Feruzlar munosib hissa qo`shdilar. 
Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an`anasi bilan birga, g`arbiy adabiy til 
shakllari ham uchraydi. Bu Fuzuliy she`riyati tilining ta`siri natijasida paydo bo`lgan. 
Bu davr demokratik shoir va yozuvchilar ijodida umum o`zbek adabiy tili 
traditsiyasi mustahkamlanib, mukammallashib keldi. Buning yorqin dalilini Turdi 
asarlarida ko`ramiz. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin