O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


DOSTON TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
O`zbekiston respublikasi

DOSTON TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI 
E.Najib doston tilida 2500 turkiy so`zlar qo`llanganligini qo`rsatadi. Bu 
raqam ichiga so`zlarning variantda yozilishini ham kiritgan. Masalan: aktachi, tabib), 
(ev) va boshqalar. 
Doston leksikasida umumturkiy so`zlar 39 % ni tashkil etadi, qolgan so`zlar 
esa o`g`uz (12), qipchoq (8), janubi-sharqiy dialektga oid (21), o`g`uz (3), sharkiy 
klpchoq (14) unsurlaridan iborat. Turkiy so`zlar doston tilida taxminan 65 % tashkil 
qiladi. SHu bilan birgalikda doston leksikasida quyidagi qatlamlar ko`zga tashlanadi: 
1. Turk-mo`g`ul tillari davriga oid so`zlar. Ma`lumki, turkiy tillar mo`g`ul 
tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil etadi. SHuning uchun ham asar 
tilida (umuman, har bir turkiy tilda) turkiy va mo`g`ul tillari uchun umumiy leksik 
qatlam mavjud. Buni quyidagi so`zlar misolida ko`rsatish mumkin: Adaq, idi (hokim), 
eren (kishilar), arpa, art, erte (erta) arsyaan, armtmak (tozalamoq), asan (eson), al 
(qizil), altun, aldag` (aldoqchi), alms, alma, empәk, uminj (umid), anbar (saroy), av 
(ov), uzuk (g`am), ork (asos), urug` (oila), ulus, elchi, bag` (bog`ich), bal (asal), bilik, 
tabaq (ovqat), tabg` (xizmat), sormaq (so`rmoq), sunmek (taklif qilmoq), qatn 
(qattiq), qan, qaraq (ko`z qorachig`i), qarshm (saroy), qarg`u (ko`r), qamug` 
(barcha), qonrag`u (qo`ng`iroq), qir (cho`l), kerәk, kөks (ko`krak), kichi (kichik), mal 
(boylik), yүrүk, yүz, yil, yimish (meva) va boshqalar. 
2. Arabcha-foscha so`zlar. Doston tilida arabcha-forscha so`zlarning bo`lishi 
ikki munosabat bilan izohlanadi, ya`ni asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima 
qilinganligi tufayli ham fors-tojikcha so`zlardan foydalanish zaruriyati bo`lgan; 
ikkinchidan, muallif yashagan vohada turkiy til fors-tojik tilini allaqachon siqib 
chiqargan bo`lsa-da, bu til unsurlari hali iste`molda bo`lgan. Arab tili unsurlari esa 
bevosita islom dini ta`sirida hamda fors-tojik tili orqali o`zlashib qolgan. Asar tilida 
quyidagi arabcha/so`zlar qo`llanadi: ajal, āxir,āadam, asbāb, atrāf, imin (tinchlik), 
hukm, xazina/azaz, adl, fәlәk, quvvat, qaysar, vasiyat, yas (motam). 
Quyidagi kabi forscha so`zlar qo`llangan: ārām, āzād, tāj, taxt, xasta, 


56 
xumār (maslik), dushvār, rustā (qishloq), magar va boshqalar 
Asarda sinonimlarni qo`llashga ham e`tibor berilgan. Quyida sinonimlar 
qatoridan ba`zilarini keltiramiz: adiң-өңin (boshqa), өkүsh-ingәn-tәlim (ko`p), yig`li-
sөgәl (kasallik), uzaq-alis-yirak (uzoq), el-ulus (el), yazmaq-yan’shmaq (yanglishmok). 
Juft so`zlar ham qo`llangan: arti-arqasi, ash-su altun-kүmүsh, ayaq-chanaq 
(idish), ichi-tashi, erkәk-tishi (er-xotin), barim-yoqim (mol-dunyo), biru bar (xudo), 
kөz-qulaq, malu tavar (boylik), artuq-өksүk (ortiq-kam). 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin