O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
O`zbekiston respublikasi

«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI 
Eski o`zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri Qarshi shahrida 
topilgan «Tafsir» asari hisoblanadi. Bu asar «O`rta Osiyo Tafsiri» deb ham yuritiladi. 
«Tafsir» - «Qur`on»ning so`zma-so`z tarjimasi, izohlar, sharxlar va 
tushuntirishlardan iboratdir. «Tafsir»da 18-suradan boshlab «Qur`on» tarjimasi va 
sharxlar va izohlar beriladi. Asarning birinchi qismida har bir suradan keyin uning 
mazmuni bilan bog`liq xikoyalar berilgan. Ikkinchi qismida esa suralardan izohlar va 
she’riy parchalar berilgan. Kitobda «Tafsir»ni tartib bergan va ko`chirgan kishilarning 
nomi ko`rsatilmagan. Asarning yozilgan vaqtini belgilash juda qiyin, uning matnida 
bu haqda hech qanday ma`lumot yo`q. SHuningdek, asarning birinchi asl nusxa 
qo`lyozmasi ham aniqlangan emas. «Tafsir»ning til xususiyatlariga asoslanib, 
V.V.Bartol’d uning XI asrda yaratilgan «Qutadg`u bilig» dostonidan ham ilgariroq 
yozilgan bo`lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. 
Turk olimi A.Erdogan «Tafsir»ning lug`at tarkibi jihatidan «Devonu 
lug`otit turk» leksikasiga yaqin ekanligiga, unda diniy tushunchalarni ifodalovchi so`z 
va iboralarning turkiy tilga tarjima qilib berilganligiga asoslanib, uning asl
nusxasi X-X1 asrlarda yozilgan degan fikrni bayon qiladi. «Tafsir» tiliga xos bir 
qator leksik va morfologik xususiyatlarning «Hibatul haqoyiq» asarning tiliga ancha 
yaqinligini hisobga olib, S.E.Malov bu asarni XII asr yodgorligi deb hisoblaydi. 
Bu asarning tili to`g`risida katta ish olib borgan A.K.Borovkov «Tafsir»ning 
dastlabki davri X asr oxiri bo`lib, asarda mo`g`ullar va keyinroq Temuriylar davriga 
xos so`z va atamalarning qo`llanishi hamda uning fonetikasi va morfologiyasida 
uchraydigan yangiliklar mazkur Qarshi ko`lyozmasi XV asrda qayta ko`chirilgan 
bo`lishi mumkin, deb izohlaydi. SHunga ko`ra u «Tafsir»ni XP-XSH asrlarning 
yodgorligi deb qaraydi. 
SHuni qayd etish kerakki, til xususiyatlari jihatidan «Tafsir, asosan, adabiy 
d/dz/ tiliga xos bo`lgan X1-XSH asr yodgorliklariga yaqin turadi. SHu bilan birga bu 
asarda juda ko`p xollarda d/dz/ning y ga o`tishi hodisasi ham uchraydi: adshr - 
ayshr, adnr - aynr kabi. Bundan tashqari, asarning bir qator leksik va morfologik 


51 
xususiyatlari ham uning tili shu davrlarda yaratilgan «Devonu lug`otit turk», «Hibatul 
haqoyiq», «Qutadg`u bilig» kabi yodgorliklarning tilga yaqin ekanligidan guvohlik 
beradi. Masalan, «Tafsir»da tabaru (tomon), bodun (xalq), arig`, asig` (foyda), 
tumlug` (sovuq) singari ko`plab o`sha davr yodgorliklari tili uchun xos bo`lgan 
so`z va iboralar qo`llangan. Tushum kelishigining -ig`, -ig affiksli shakllari 
uchramaydi. Kishilik olmoshining jo`nalish kelishigida anar (aydi, anar) shakli 
uchraydi. Aniq o`tgan zamon fe`lining birinchi shaxs ko`pligi bardimiz, kәldimiz 
(qamug` bәrdimiz aңar hikmat bilig) shaklida ham kelgan. 
Asar tilida ham sharqiy turkiy (qarluq-uyg`ur), ham g`arbiy turkiy (o`g`uz-
turkman) fonetik, morfologik va leksik unsurlarning muvoziy holda qo`llanishi 
ko`p uchraydi: inkor bildiruvchi ermәs, va ermaz, tagul va dagul, ilgәrү va ilәrү, 
ant va And, tarig` va darig` tagra va dagara (tevarak) kabilar. 
SHarqiy turkiy va g`arbiy turkiy til unsurlarining bunday aralash holda 
ishlatilishi faqat «Tafsir» tili uchungina xarakteri emas. SHu davrlarda maydonga 
kelgan Alining «Qissai YUsuf», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Qutbning «Xisrav 
va SHirin» kabi qator adabiy yodgorliklarida shunday hodisani - sharqiy va g`arbiy 
«turkiy unsurlarning aralash holda kullanganligini ko`rish mumkin. Bu hol XSH-XU 
asrlarda sharqiy qarluq-chigil-uyg`ur tili va g`arbiy o`g`uz-qipchoq tillarining 
qo`shilib ketishi asosida eski o`zbek adabiy tili tashkil topganligini tasdiklaydi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin