O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


«QISSASUL ANBIYO» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
O`zbekiston respublikasi

«QISSASUL ANBIYO» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI. 
Mo`g`ullar istilosi ma`lum darajada diniy reaktsiyaning kuchayishiga olib 
keddi. Bu holat badiiy adabiyotga ham ta`sir qildi. Aksariyat adiblar diniy 
qonunlarni xalqqa tushunarli tilda yoritishga xarakat qildilar. Bunda ular qissa 
janridan foydalandilar. Qissalarda esa so`zlashuv tiliga ko`plab murojaat qila 
boshladilar. Natijada xalq tiliga xos elementlar ayrim diniy afsonaviy syujet asosida 
yozilgan asarlar uslubiga kirib keddi. SHu jihatdan Rabg`uziyning «Qissasul 20 
anbiyo» asari xarakterlidir. Rabg`uziy XII asrning oxiri va XIV asrning boshlarida 
yashagan. Uning «Kissasul-anbiyo» asari shu davr tilini o`rganishda muhim 
manbadir. Bu asar 72 qissani o`z ichiga olib, unda «Qur`on» va boshqa diniy 
kitoblarladi syujet saqlangandir. 
Rabg`uziy islom dinini targ`ib qilish maqsadida xalqqa tushunarli bo`lsin 
uchun xalq so`zlashuv tiliga murojaat qiladi. Asarda xalq og`zaki ijodida mavjud 
bo`lgan qissa va latifalar stili ustun darajada o`z ifodasini topgan. Bu esa kitobiy 
til bilan xalq tilini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini tug`dirar edi. 
Rabg`uziy bayon etish uslubini juda soddalashtirgan va asarida xalq 
ertaklari uslubini tanlab, «Qissadan xissa» chiqarib boradi. Xalq maqollaridan ham 
ustalik bilan foydalangan. 
«Qissai anbiyo» asari fonetik jihatidan d-lashishning kamayib, y-
lashish hodisasidan kengrok qo`llangan davriga to`g`ri keladi. Ba`zi o`rinlarda har 
ikkalasi parallel qo`llangan: idi-izi (janob-xudo), qaygu, qayguluq va h.o. 
Morfologik xususiyatlariga nazar tashlaganda quyidagilar qo`rinadi: 
qaratqich kelishigi -niң//-ң//-nuң//-i-i/-/in affiks variantlariga ega: Arabnuң 
adabi bar. Ul eliң әvlәri. 


47 
jo`nalish kelishigi -g`aru//-g`әrү affiks variantiga ega; tashqaru, qayg`aru, 
ungaru (oldinga) 
Asarda kishilik olmoshlariga kelishik qo`shimchalari ikki marta qo`shilishi 
mumkin: Bizindin qachtin. Sizindin kedim. 
Jamlik son -әgu affiksi bilan hosil qilingan: ikәgү, үchәgү.
Tartib son-inch: birinch, ikinch. 
Ravishdoshning -madin (matin) affiksi bilan hosil qilingan varianti: Atam 
sөzin tutmadin. 
SHart fe`liiing I shaxs ko`pligida -uz (vuz). SHaxs son qo`shimchasi 
qo`llangan: Bu uch nәsinә aңa arguman apparsauz gәrek erdi va h.o. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin