45
Xorazm orqali Oltin O`rdaning Movarounnahrga ta`siri kuchaydi. Natijada
XIV asrga kelib O`rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashkar o`rtasidagi siyosiy
va iqtisodiy aloqalar uziladi.
O`zbek tilining taraqkiyotiga o`troq hayot kechiruvchi va ko`chmanchi
qabilalar munosabati ta`sir etmasdan qolmadi.
Ko`chmanchi o`zbeklar O`zbekxon boshchiligida
XIV asr boshlarida
Movarounnahrga bir necha bor yurish qildi. Bu yurishlar Abulxayrxon va
SHayboniyxon davrida yana xam kuchaydi.
Ko`chmanchi o`zbeklar ta`sirida «d» dialekti o`rnida «y»
lashgan
dialektga o`tish jarayon kuchaydi. Demak, qipchoq elementlari sezilarli o`rin egallay
boshladi.
SHuningdek, Movarounnahrning g`arbi, shimoliy g`arbiga va janubiy
Xorazmga o`g`uz kabilalarining ta`siri kuchaya boshladi. O`g`uzlar ham
«y»lashgan dialektda gaplashar edilar.
Ana shu tarixiy jarayon natijasida qadimgi turkiy tilda mavjud bo`lgan,
X-XII
asr yodgorliklarida aks etgan, XII-XIV asr kitob tili tradiniyasiga aylanib
ketgan «d» lashish XIV asr g`arbiy adabiy til (Xorazm) ana`nasi ta`sirida «y» lasha
boshladi. Bu holat «O`g`uznoma» va Oltin O`rda tsikliga
kiruvchi boshqa asarlar
tilida xam uchraydi. Aksincha, karluq-chigil-uyg`ur tili g`arbiy
turkiy tillarga
ta`siri ham bo`lgan. Bu ta`sir mo`g`ullargacha kuchli yuz bergan bo`lib, sharqiy
adabiy tilning susayish bilan g`arbiy
adabiy til, yoki N.A.Baskakov termini bilan
aytganda qarluq-xorazm adabiy tilining taraqqiyoti boshlandi.
N.A.Baskakov
fikricha, qarluq-xorazm adabiy tili keyinchalik eski
o`zbek adabiy tilining yaratilishiga zamin bo`lgan.
QARLUQ-XORAZM ADABIY TILI VA UNING MANBALARI HAQIDA
Qoraxoniylar davlati hukmronligi tugagandan
keyin Xorazmda qarluq-
xorazm adabiy tili vujudga keldi. Bu til mo`g`ullar istilosidan so`ng ikki bir-biriga
yaqin bo`lgan adabiy tillarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
Ulardan biri Oltin
46
O`rda yoki Xorazm adabiy tili va ikkinchisi CHig`atoy ulusining tili. Karluq-xorazm
adabiy tilining yodgorligi sifatida Rabg`o`ziyning «Qissasul-anbiyo», Alining «Qissai
YUsuf», Ahmad YAssaviyning «Devoni hikmat» kabi asarlarni ko`rsatish
mumkin. SHundan «Qissasul anbiyo» asarining til xususiyatlari bilan tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: