O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
O`zbekiston respublikasi

 
3-mavzu 
Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari, uning ilmiy –
tarihiy ahamiyati
1. Еski turkiy adabiy tilning tayanch dialekti masalasi. 
2. «Devoni lug`atut turk» asari tili xususiyatlari. 
3. «Hibatul haqoyiq» asarida adabiy til me`yor masalasi. 
4. «Qutadg`u bilig» asarida adabiy til me`yor masalasi. 
Turkiy kabila-urug`larning egakchiligida barpo bo`lgan qoraxoniylar davlati 
zamonida adabiy til traditsiyasiga bo`lgan munosabat kuchaydi. SHu davrgacha 


33 
O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar adabiy tili masalasini forsiy til 
bajarib kelar edi. Lekin bu traditsiya qoraxoniylar siyosatiga zid kelar edi. 
Shuning uchun qoraxoniylar davlatining hukmron doiralari turkiy tilda 
yozilgan har bir asarni ma`qullar va taqdirlar edi. Qoraxoniylar davlatida, turli 
qabilalar orasida chigillar, ayniqsa, muhim rol’ o`ynar edi, chunki chigillar boshqa 
turkiy qabilalarga qaraganda madaniy jihatdan ustun edilar. Ularda yozuv traditsiyasi 
ancha keng tarqalgan edi. Shuning uchun ham qoraxoniylar zamonidan yozilgan 
dastlabki asar shu dialekt zaminida yozilgandir. Chigillar dialekti turkiy tillarning d-
gruppasiga mansubdir. D-dialekti qadimgi turkiy tilda muhim ahamiyatga ega 
bo`lganligi ma`lum. SHu dialekt koraxoniylar zamonidagi adabiy traditsiyani 
yaratishda ham ahamiyatga ega bo`lgan. SHu traditsiya asosida «Qutadg`u bilig», 
«Hibatul haqoyiq» va XIV asrning o`rtalariga qadar ma`lum bo`lgan qator asarlar 
yozilgandir. Qoraxoniylar zamonida vujudga kelgan adabiy til traditsiyasi mo`g`ullar 
hukmronligi davrida ham davom etdi. Mo`g`ullar davlatida uyg`urlar butun madaniy 
ishlarni boshqarganlar. Uyg`urlar vositasida qoraxoniylar traditsiyasi uzoq asrlar 
davomida o`z xususiyatlarini saqlab qolgan. Lekin XIV asrga kelib O`rta Osiyodagi 
vaziyat bir muncha o`zgardi. Mo`g`ullar davlatining inqirozga yuz tutishi 
munosabati bilan O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda, Kichik Osiyoda har xil turkiy 
davlatlar yuzaga keldi. Davlat chegaralarining aniqlanishi borgan sari shu 
territoriyadagi qabila-urug`lar asosida muayyan xalqlarning tarkib topish ishlari 
uchun zarur sharoit tug`dirib borgan. Mo`g`ullarning O`rta Osiyodagi siyosiy 
etakchiligi zaiflashib borgan sari adabiy tildagi koraxoniylar traditsiyasi ham o`zining 
avvalgi ahamiyatini yo`qotib bordi. Adabiy tilga mahalliy shevalar kuchli ta`sir etdi. 
SHuning natijasida XIV asr davomida adabiy tilning tayanch dialekti Sirdaryo 
bo`yidagi y-lashgan dialektni tashkil qildi. XIV asrning o`rtalaridan boshlab yuzaga 
kelgan yodgorliklar turkiy tilning y-dialekti zaminida yozilgandir. Bu
dialektning dastlabki yodgorligi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin