O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIGINING O`RTA MAXSUS KASB-
HUNAR TA`LIMI BOSHQARMASI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi
MO`MINJON SULAYMONOV
(MA’RUZA MATNI)
Namangan – 2016
2
KIRISH
REJA:
1. Xalq og`zaki badiiy ijodi.
2. Folklor atamasi.
3. Folklorning xalq pedagogikasi bilan aloqasi.
4. Folklorning boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. O`zbekiston Respublikasi hukumatining folklor haqidagi qarorlari.
O`zbek xalq og`zaki badiiy ijodi o`zbek xalqining asrlar davomida ijodkor
farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar,
latifalar, qo`shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat.
Xalqimiz og`zaki ijodining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o`tgan turkiy
xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi. Mazkur mifik qarashlar O`rxun-
Enasoy tosh bitiklari, «O`g`uznoma», «Kitobi dada Qo`rqut», Mahmud
Koshg`ariy tuzgan «Devonu lug`atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-
haqoyiq», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» kabi adabiy asarlarida ham o`z
ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xalq og`zaki ijodiga
milliy qadriyatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida munosabatda bo`la boshlandi.
Mustaqillik zudlik bilan milliy mafkura asoslarini yaratish vazifasini kun tartibiga
qo`ydi. Ayniqsa, Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997 yil 31 avgust kuni Oliy
majlis I-chaqiriq IX sessiyasida so`zlangan «Barkamol avlod-O`zbekiston
Dostları ilə paylaş: |