O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

An`anaviylik xalq og`zaki badiiy ijodining asrlar davomida hayot tajribasida 
sinalgan asosiy xususiyatlaridan biridir. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, folklorshunos 
olim Omonilla Madayev an`anaviylikni folklorninig asosiy va birinchi xususiyati, 
deb hisoblaydi.
1
Gap shundaki, xalqning hordiq chiqarishida, madaniy dam olishida 
asosiy vosita hisoblangan doston, ertak, qo`shiq, askiya, topishmoq ijrolari qadim 
zamonlardan buyon ma`lum an`anaga bo`ysunadi. Bu holatni bir necha yo`nalishda 
qayd etish mumkin:
1. Folklor asarlarining og`zaki usulda yaratilishida. 
2. Og`zaki ijod asarlarining matnida. 
3. Ijroning shaklida. 
Folklorshunos olimlar B. Karimov, H. Zarifov, M. Afzalov, M. Alaviya, Z. 
Husainovalarning ma`lumot berishicha, og`zaki ijod asarlarini ijro etishda ijrochilar 
qat`iy odatlarga amal qilganlar. Xususan, ertak aytuvchilar tinglovchilari 
yig`ilganidan so`ng o`z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, supurgi, taroq, cho`p va 
boshqalarni ma`lum tartibda qo`yib ertak aytishni boshlaganlar. Topishmoq aytishda 
esa g`olib va mag`lub taraflarni belgilovchi shartlar e`lon qilingan. Doston ijrosida 
Samarqand, Xorazm, Farg`ona, (Namangan) an`analari mashhur bo`lgan. Demak, 
turli janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda takrorlanuvchi an`analar 
muhim rol uynagan. Shubhasiz, folklorshunoslikda matniy an`analarga e`tibor berish 
muhimroq hisoblanadi. Biz bu o`rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarning 
1
Маdаyеv О, Sоbitоvа Т. Xalq og’zaki poetik ijodi. Akademik litseylar uchun darslik.- T.: «Sharq», 2010. 13 – bet. 



nasriy va nazmiy shakllarini, asar boshlanmasidagi an`anaviy o`rinlarni nazarda 
tutamiz. Adabiyotshunoslikda obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi 
tushunchalar 
yetakchi 
xususiyatlar 
sanaladi. 
Xalq 
qo`shiqlaridan 
tortib 
dostonlarigacha, maqollardan tortib ertaklargacha obraz yaratish, voqeani bayon 
qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o`ziga xos ko`rinishlarga egadir.
Shuning uchun xalq orasidan yetishib chiqqan va alohida iqtidorga ega bo`lgan 
ijodkor - ijrochilar o`zlari yaratgan asarlarini har bir janr an`anasini hisobga olgan 
holda ijod qilganlar. Natijada, ular yaratgan yangi asar an`ana jihatdan original 
bo`lmagan. Shuninig uchun ham yangi ertak yoki doston yaratuvchi shaxs o`z nomini 
muallif sifatida eslashga jur`at etmagan. Shunday qilib, an`anaviylikni xalq og`zaki 
ijodning o`ziga xos muhim belgilaridan biri sifatida ko`rsatish mumkin bo`ladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin