16
Mallayevning
«Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» monografisi (1974) katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Bu asarda ulug’ shoiryning folklorga
munosabati, Navoiy va
mifologiya, «Xamsa» qahramonlarining folklordagi zamini,
Navoiy dostonlarining
xalq variantlari, xalq og`zaki ijodida Navoiy obrazi
kabi masalalar atroflicha
yoritilgan.
O`zbek folklorshunosligi fani taraqqiyotiga namanganlik olimlar ham
o`zlarining munosib hissalarini qo`shib kelmoqdalar. Bu o`rinda Tojiboy G`oziboyev,
Malik Murodov,
Odiljon Nosirov, Mahmudjon Ma`murov, Dehqonboy Qozoqov,
Abdushukur Sobirov kabi olimlarimizning, Robiddin Is’hoqov, Umarjon Sarimsoqov,
Otash Xolmirzayev kabi shoir va o`qituvchilarning xizmatlarini ta`kidlab o`tish
lozim.
Savollar:
1. Folklorshunoslik fani nima ?
2. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?
3. O`zbek folklorini XX asrga qadar kimlar o`rgangan ?
4. O`zbek folklorshunosligi qachon maydonga kelgan ?
5. Namanganlik folklorshunos olimlardan kimlarni bilasiz?
ADABIYOTLAR:
1. I.Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat»,
2008. – 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
3. Jo’rayev, Mamatqul. Folklorshunoslik asoslari.O’quv qo’llanma.-T.:
“Fan”, 2009. -189 b.
Dostları ilə paylaş: