27
yutib chiqqan hisoblanadi. Topishmoqlar topilishi kerak bo`lgan narsalarning paydo
bo`lgan davriga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1. Qadimgi-an`anaviy topishmoqlar.
2. Yangi topishmoqlar.
An`anaviy topishmoqlar ko`pincha mo`ri, tandir, egar, o`choq,
qozon kabi
narsalar haqida bo`lsa, yangi topishmoqlarning mavzulari radio,
televizor, kitob,
samolyot, parovoz kabilar bilan bog`liqdir.
Topishmoqlar boshqa folklor janrlari tarkibida ham bo`lishi mumkin. Ayrim
o`zbek ertak, afsona va rivoyatlarida ham topishmoqlarni uchratishimiz mumkin. Bu
hodisa dunyodagi boshqa xalqlarning og`zaki ijodida ham uchraydi. Masalan,
yunonlarning «Edip Shoh» haqidagi afsonalarida
Sfinks degan maxluqning
topishmog`ini topib, taxtga o`tirgan edip haqida, hindlarning «Mahobhorat»
jangnomasida qiyin topishmoqning javobini to`g`ri topib, birodarlarini qutqarib olgan
Panduzoda haqida hikoya qilinadi.
Folklor janrlari orasida hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan va
yaratilayotganlaridan biri topishmoqdir. Topishmoqlarning
zamonaviy turlari juda
ko`payib bormoqda. Bizningcha, gazeta
va jurnallardagi boshqotirma, rebus,
krassvord, chaynvord va boshqalar,
Shuningdek, televideniedagi «Sirli sandiq»,
«Mo`jizalar maydoni», «7x7» va hokazo o`yinlar ham topishmoqlarning bugungi
kundagi avlodidir.
Savollari:
Topishmoq nima?
Topishmoq aytishning qanday shartlari bor?
Topishmoqlarning qanday badiiy xususiyatlari bor?
Topishmoqlarning turlari.
Topishmoqlarning qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
ADABIYOTLAR:
10. .Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat», 2008.
– 176 b.
11. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
Dostları ilə paylaş: