O`n beshida oyday to`lgan, Olmosini belga solgan. Go`ro`g`liga xizmat qilgan, Qirq yigitni girdga olgan, So`rab o`tdi Avaz polvon, Avazxondan aytayinmi? Termalarning ko`pgina qismini baxshilarning tarjimai holi bilan bog`liq
«Kunlarim», «Do`mbiram», «Dutorim» kabi asarlar tashkil etadi. Masalan, Po`lkan
shoir shunday kuylagan:
Yangi tor tortayin toringni uzib, Undan so`ng so`ylarsan suyaging qizib, Odamlar ketmasin majlisni buzib, Maskov, Nijniy, Qozon, No`g`oyni kezib, Shaharni qidirib yurgan do`mbiram. Shoir sozini o`zining yordamchisi, do`sti deb biladi:
Uch-to`rt og`iz maqtab qo`yay mann sani, Qovurg`angdan qirib solgan randani, Xonish qilsam yolg`iz qo`ymaysan mani, Xonishimga yordam bergan do`mbiram. Ba`zan shoirlar hazil-mutoyiba qilib tinglovchini kayfiyatini ko`tarishga
harakat qiladi:
Nomard yigit bu majlisga bo`ylamas, Avji kelsa Nurman gapni o`ylamas, Yorib yoqsam biror Choydish qaynamas, Senday yog`och o`tin bo`lgan do`mbiram. Mashhur folklorshunos olimlar Hodi Zaripov, Buyuk Karimov, G`ozi Olim
Yunusov, Mansur Afzalov, Malik Murodov o`nlab xalq baxshilarining tarjimai
hollari bilan bog`liq termalarni yozib olganlar. Jumladan ergash Jumanbulbul
o`g`lining «Tarjimai hol», Fozil Yo`ldosh o`g`li, Saidmurod Panoh o`g`li, Razzoq
baxshi Qozoqboy o`g`li, Abdulla shoirlarning «Kunlarim» nomli liro-epik dostonlari
zamonaviy termalarning eng yaxshi namunalaridir.
Termalarning aksariyati didaktik xarakterga ega. ergash shoir termasidagi
Yaxshilik va yomonlikni anglash, so`z vasuhbat qadriga etish haqidagi quyidagi
satrlar g`oyatda ibratlidir. Masalan: