Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi
3. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar. 4. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z»,
2010.– 228 b.
5.
Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa»,
2010.– 368 b.
6. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008. 95-107-betlar.
7. O`zbek folklori ocherklari. 1-jild. – T.: «Fan», 1988. 223-261–betlar.
XALQ TERMALARI REJA: 1.
Terma haqida ma`lumot.
2.
Termalarning yaratilishi.
3.
Termalarning turlari.
4.
Termalarning badiiy xususiyatlari.
5.
Termalarning tarixiy ahamiyati.
Terma o`zbek xalq og`zaki ijodida qo`shiq va doston janrlarining orasida
ko`prik vazifasini o`tovchi kuyga solib aytiladigan she`riy asar bo`lsa - da,
folklorning mustaqil janri hisoblanadi. Termalarning yaratilishida baxshilarning roli
juda kattadir. Ko`pincha termalar doston kuylovchilarning shaxsiy ijod namunasi
bo`ladi.
Terma deb asosan pand – nasihat, axloq - odob, soz va badiy so`z haqida
yaratilgan, hayotdagi turli hodisalar, biror shaxs yoki jonivorning ta`rifi yoki
tanqidiga bag`ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10 – 12 misradan 150 –
200 misragacha, ba`zan undan ham ortiq hajmdagi lirik, liro – epik asarlarga aytiladi.
Bu atama terib, tanlab olish degan ma`noni anglatadi. Baxshilarning o`zlari ham
«Terma shu, terib aytib borasan» deyishadi. Termalar 3, 4, 5, 6 misrali bandlardan
tuzilishi mumkin. Odatda termalar dostonlarni ijro etishdan odin «Nima aytay?» deb
boshlanadi. Ba`zan buni «Doston terish» deb ham yuritiladi. Shuning uchun ham
termalarni doston ijro etish jarayonida kirish qism deyish mumkin. Ayrim hollarda
dostonlardan olib aytilgan parchalar ham terma deb yuritiladi.
Termalarning keng tarqalgan turi «Nima aytay?» she`ridir. Bu termaning hajmi
doston kuylovchining mahorati va tajribasi bilan bog`liq. Baxshi tinglovchilarning
diqqat-e`tiborini o`ziga tortish, doston eshitishga tayyorlash maqsadida terma kuylay
boshlaydi va o`zi sevib kuylaydigan dostonlar qahramonlarining ayrim belgilarini
tinglovchilar yodiga soladi: