33
Nikolay podsho zambaragi.
Folklorshunos
olimlarning aniqlashicha, bosmachilik harakati deb nomlangan,
asli milliy ozodlik uchun olib borilgan fuqarolar urushi davrida va undan keyin jamoa
xo`jaliklari tashkil qilinayotgan davrlarda ham o`nlab tarixiy qo`shiqlari vujudga
kelgan.
Xalq qo`shiqlari vazn jihatidan barmoq she`r tizimiga to`g`ri keladi. Lekin aruz
vaznida yarailgan xalq qo`shiqlari ham borligini inkor qilmaymiz.
Darhaqiqat, xalq
qo`shiqlarining ayrim namunalari aruz tizimidagi vaznlarga ham mos keladi.
Masalan, yuqorida ta`kidlaganimizdek, Navoiy o`zining «Mezonul-avzon» (Vaznlar
o`lchovi) asarida xalq she`riyatining aruzga muvofiq vaznlari haqida to`xtalganda
qo`shiq janriga ham alohida urg`u beradi va quyidagi baytlarni misol qilib keltiradi:
Qaysi chaman soridin keldi sabo yor-yor,
Ki damidin tushdi o`t jonim aro yor-yor.
Xalq qo`shiqlarida shakliy va mazmuniy tasvir vositalaridan keng
foydalanilgan. Ularda favqulodda go`zal o`xshatishlar,
ruhiy holat tasvirida
mubolag`alar, sifatlashlar o`rin olgan. Bizningcha, xalq qo`shiqlaridagi
tovushdoshlik fazilatini alohida ta`kidlash lozim.
O`zbek qo`shiqlari juda katta tarbiyaviy va juda
muhim tarixiy hamda adabiy
ahamiyatga ega. Avvalo, xalq qo`shiqlari xalqimizning uzoq davrli tarixining bir
qismi sifatida asrlar davomida estetik zavq bag`ishlash
vositasi sifatida yashab
kelayotganini ta`kidlash joizdir. Ikkinchidan, qo`shiqlar
juda muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ham egadir. Chunki qo`shiqlarda xalq ruhiyati aks etganligi tufayli ular
ma`lum ma`noda tajriba hosilasi ham sanaladi.
Biror bir nasihatomuz fikr
uqtirilayotganda xalq qo`shiqlaridan dalil, isbot sifatida foydalanilgan hollarni ko`p
kuzatamiz.
Savollar:
1. Qo`shiq nima? Qo`shiqlarning qanday turlari bor?
2. Qadimgi qo`shiqlarning mavzulari qanday bo`lgan?
3. Marosim, mavsum qo`shiqlari nima, mehnat qo`shiqlari-chi?
4. Chorvachilik qo`shiqlari nomini sanang?
5. Yig`i- yo`qlovlar nima? To`y qo`shiqlariga qaysilar kiradi?
ADABIYOTLAR:
1. .Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat»,
2008. – 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.