O`zbekiston respublikasi


Daryolarning ul yuzidan sel keladi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Daryolarning ul yuzidan sel keladi, 
Sel bilan ikki o`rdak teng keladi. 
O`rdakka o`rdak munosib, g`ozga-g`oz, 
Yigitga qayliq munosib, qizga noz. 
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asaridagi qo`shiqlar mavzu 
va mazmun jihatidan bir necha turlarga bo`lingan. Ular orasida lirik, ov va 
chorvachilik bilan bog`liq, fasllar munozarasi kabi qo`shiqlar uchraydi. Shuni ham 
ta`kidlash joizki, bu she`riy parchalarni adabiyotshunos olim Abdurashid 
Abdurahmonov «Alp Er Tunga (Afrosyob) jangnomasi»ning qismlari deb 
isbotlashga harakat qilgan. Shunday fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan ham 
ilgari surilgan. Bizningcha ham, bu she`riy parcha-to`rtliklar shaklan xalq 
qo`shiqlariga o`xshasa ham, aslida yaxlit bir asarning saqlanib qolgan namunalaridir. 
Ular A. Abdurahmonov ta`kidlaganidek, «Alp Er Tunga (Afrosyob) jangnomasi» 
yoki marsiyasining yoxud boshqa bir asarning qismlari bo`lishi mumkin.
Hozirgi kunda o`zbek xalq qo`shiqlari quyidagicha tasnif qilinmokda: 
1. Lirik qo`shiqlar. 
2. Mavsum qo`shiqlari. 
3. Marosim qo`shiqlari. 
4. Mehnat qo`shiqlari. 
5. Tarixiy qo`shiqlar. 
Lirik qo`shiqlar inson ruhida tashqi muhit ta`sirida vujudga kelgan his-
tuyg`ularni, ichki kechinmalarni ifodalovchi vosita hisoblanadi. Lirik qo`shiqlarning 
mazmunini oddiy so`zlashuv tarzida, ya`ni fikrni sodda so`zlar bilan bayon etgan 
holda ifodalash mumkin emas. Ba`zi lirik qo`shiqlarni esa izohsiz tushunib 
bo`lmaydi. Ammo o`zbek qo`shiqlari qatoridagi bu she`riy parchalarni o`zbeklar 
ruhan tushunganliklari uchun izohini surishtirib ham o`tirmaydilar. Masalan xalq 
orasida: 
«Oq ilon, oppoq ilon, 


30 
Oydinda yotgoning qani? 
Men yomondan ayrilib, 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin