4. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar. 5. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z», 2010.–
228 b.
6. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.– 368 b.
7. Masharipova Z, O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008, 41-61-b.
8. Sarimsoqov B. O`zbek folklorining janrlar sostavi. O`zbek folklori ocherklari.
1-jild, - T.: «Fan»,1988, 64-85-betlar.
9. Sarimsoqov B. Maqollar.. O`zbek folklori ocherklari.
1-jild, - T.: «Fan», 95-98-betlar.
10.O’zbek xalq maqollari. Ikki tomlik. –T.: “Fan”. 1987.
O`ZBEK XALQ TOPISHMOQLARI REJA: Topishmoqlarning badiiy xususiyatlari.
Topishmoq aytish shartlari.
Topishqmoqlarning turlari.
Zamonaviy topishmoqlar
Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyati
Topishmoqlar xalq og`zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro
janrlaridan biri hisoblanadi. Bu janr yosh avlodni hayotni bilishga, borliqdagi narsa-
buyumlarning
xususiyatlarini
yodda
saqlab
qolishga
o`rgatadi.
Qadimda
topishmoqlar cho`pchak, topmachoq, matal, bayt, jumboq, topar kabi nomlar
bilan yuritilgan. Olimlarning ma`lumot berishga qaraganda, turkman, qozoq, qirg`iz
kabi turkiy xalqlar singari o`zbeklarda ham qadimdan topishmoq aytish an`analari
mavjud bo`lgan. Bir-biriga o`xshash ikki predmet, narsa yoki hodisa nomi yashirilib,
ikkinchisiga xos o`xshash belgilar asosida uni topishga mo`ljallangan she`riy yoki
nasriy tuzilishida berilgan savol yoki topshiriq topishmoq deb yuritiladi.
Topishmoq atamasi «top» buyruq fe`liga «- ish» va «-moq» qo`shimchalarini
qo`shish orqali hosil qilingan.
Topishmoqlarning mohiyati asosan metafora bilan bog`liq bo`lib, ularda
topilishi lozim bo`lgan narsa-buyumning asosiy xususiyatlari haqida ma`lumot
beriladi. Bu xususiyatlar topishmoq janrning xalq orasida keng ommalashuviga sabab
bo`lgan.
Topishmoq, Aristotel ta`biri bilan aytganda, «eng yaxshi metafora tuzish usulidir».
26
Topishmoqlar o`ziga xos shakliy va mazmuniy xususiyatlarga ega bo`ladi.
Aksariyat topishmoqlar bir yoki ikki qatorli she`r ko`rinishida shakllanadi.