O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

1. Totem - ajdodlarimiz qadim zamonlardan topinib kelgan hayvonlar, qushlar, 
o`simliklar.
Totemizm - ibtidoiy jamiyatda paydo bo`lgan dinning alohida shakli bo`lib, 
odamning ko`pincha bir hayvon yoki o`simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - 
e`tiqodini anglatadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o`zbek urug`larining ota-bobolari 
burgut, ilon, ot, tuya, ayiq, bo`ri, yo`lbars, arhar, qaldirg`och, g`oz, chinor, tut kabi 
jonli va jonsiz predmetlarga e`tiqod qo`yganlar. Ular bo`rini balo-ofatlardan 
saqlovchi, himoya qiluvchi va ezgulik yaratuvchi jonzod deb bilganlar. 
Qadimgi manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo`ri turk urug`ining ajdodi 
sifatida namoyon bo`ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo`ridan va 
dushman tomonidan qirilgan urug` ichida tirik qolgan 10 yoshli o`g`il boladan 
tarqalgan. Hatto Ashina ismli turk urug`larining birida bo`ri kallasi tasvirlangan 
bayroq ham bo`lgan. 
Bo`ri bilan bog`liq bo`lgan e`tiqodning asosida yangi tug`ilgan bolani salomat 
saqlash, yaxshi hayot kechirish, chorvani ehtiyotlash, ekinlarni yovuz kuchlar 
ta`siridan saqlash kabi ishonchlardan iborat bo`lgan. Bo`ri totemiga aloqador «Bo`ri 
qiz», «Cho`loq bo`ri» kabi ba`zi ertaklar hozirgi kunga qadar xalq orasida aytib 
kelinadi. 
Ot totemi ham qadimgi kishilarning turmushi - tirikchiligi bilan bevosita 
bog`liq bo`lib, otlarni xonakilashtirish, ulardan ish hayvoni sifatida foydalanish 
davomida yuzaga kelgan. Arxeologik qazishmalarda topilgan yarim ot, yarim odam 
ko`rinishidagi maxluqlar rasmi, hozirgacha ekin maydonlarining chetida otning kalla 
suyagini qo`riqchi sifatida qo`yilishi va boshqalar ibtidoiy kishilar ongida saqlanib 
qolgan ot totemi haqidagi e`tiqodning timsolidir. O`zbek xalq dostonlarida G`irot, 
Boychibor, Jiyronqush, Majnunko`k, Ko`kdo`nan kabi epik ot timsollarining g`oyat 
katta o`rin tutishi ham shundan. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin