O`zbekiston respublikasi


Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun  darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

4. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun 
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar. 
5. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z», 
2010.– 228 b. 
6. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.– 
368 b. 
7. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008. 12-23-betlar. 
QADIMGI DAVR O`ZBEK FOLKLORI
REJA: 
1. O`zbek folklori tarixini davrlashtirish. 
2. Qadimgi davr folklori. 
3. Qadimgi mif va afsonalar. 
4. Turkiy xalqlarning qadimgi ishonchlari. 


17 
5. Qadimgi davr folklorining ahamiyati.
Folklorshunos olimlar o`zbek folklorini quyidagi davrlarga bo`ladilar:
1. Qadimgi davr folklori. 
2. X-XIX asarlar folklori. 
3. XX asr folklori. 
4. Mustaqillik davri folklori 
Folklor taraqqiyotining bunday bo`linishi, albatta, shartlidir, Chunki folklor 
asarlari o`z xususiyatidan kelib chiqib barcha davrlar uchun umumiylik kasb etadi.
Shuningdek, ma`lum folklor asarining yaratilgan davri aniq bo`lmaydi. Ammo 
davrlashtirilganda ko`proq umumiylik nazarda tutiladi, ya`ni ayrim yozma manbalar, 
tarixiy voqealar hisobga olinadi.
Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan 
va ijro etilgan folklor asarlarini nazarda tutamiz. Tabiiyki, bu davrda yaratilgan 
folklor asarlarini qaysi manba orqali o`rganamiz yoki boshqalardan qanday ajratamiz 
degan savol tug`iladi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma`lumotlarni bizga qadar etib 
kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o`rganamiz.
Qadim zamonlarda bugungi kunda qozoq, qirg`iz, turkman, tatar, boshqird, 
ozarbayjon, o`zbek, turk va h.k. deb atalayotgan turkiy xalqlar bir qavm 
hisoblanganlar. Shuning uchun XVII asrgacha «turkiy» deb nomlangan atama ilmiy 
adabiyotlarda ko`p uchraydi. «Avesto», «O`g`uznoma», «Kitobi Dada Qurqut» kabi 
asarlar qadimgi turkiy xalqlar og`zaki ijodining yodgorliklaridir. To`g`ri, «Avesto»da 
forsiy xalqlar hayoti ham o`z ifodasini topgan. Ammo bu kitobda qadimga 
ajdodlarimiz ijodi ham aks etgan. «Avesto»ning muallifi esa xorazmlik yurtdoshimiz 
Zardusht bo`lganligi diqqatga sazovordir. «Avesto» yubileyining YUNESKO 
miqyosida nishonlanishi munosabati bilan bu haqdagi bilimlarimizga yanada aniqlik 
kiritildi va uning o`zbekchaga o`girilishi katta yutuq bo`ladi.
XI asrdan boshlab «Qutadg`u bilig», «Hibat - ul haqoyiq», «Devonu lug`atit-
turk» kabi yozma yodgorliklar ham vujudga kela boshladi. Bu asarlarga o`sha davr 
folklori ta`siri juda kuchli bo`lganligi yaqqol bilinib turadi. Ayniqsa, Mahmud 
Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asari, qadimgi davr turkiy xalqlar folklorini 
o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan manbalar asosida qadimgi davr folklorida quyidagi 
janrlar mavjudligi aniqlanadi: mif(asotir), afsona, rivoyat, qo`shiq, maqol va marosim 
qo`shiqlari. 
Mif - ibtidoiy jamoa a`zolari tomonidan olam va odamning paydo bo`lishi 
haqida to`qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Islom dinidan avval ajdodlarimiz 
tasavvurida ezgulik va yovuzlik ruhlari, shuningdek, quyosh, hosil, urush va boshqa 


18 
narsalarning ma`bud hamda ma`budalari bo`lgan. Natijada miflarda insonning inson 
sifatida shakllanish jarayoni o`z ifodasini topadi. Sharq ilmiy adabiyotlarida miflar 
arabcha asotir, forscha afsona, turkiy tilda sav atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo 
jahon folklorshunosligida «mif» atamasini qo`llash an`ana bo`lganligi uchun ham biz 
qadimgi hikoyalarni ana shu nom bilan ataymiz. Miflar qadimgi ajdodlarimizning 
quyidagi qarashlari natijasida paydo bo`lgan:
1. Totem. 
2. Fetish. 
3. Anim. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin