19
tus, so`z, kitob kabilar turkiy xalqlarda fetish hisoblangan. Binobarin, xalq doston va
ertaklarida bu narsalarni uchrashi bejiz emas.
Xalqimiz qadimdan o`t, suv, tuproqni muqaddas deb bilgan: o`t va suvga axlat,
umuman, iflos narsalarni tashlamaslik, yerni urmaslik, tepmaslik, maboda bu
narsalarni qilsa yomon bo`lishi haqidagi o`gitlar fikrimizning dalilidir.
3. Animizm - insonning tabiatdagi g`ayri tabiiy
voqea-hodisalarga ishonch
bildirish xususiyati bilan bog`liq e`tiqoddir. Masalan, qadimgi paytlarda safarga
chiqqan yo`lovchi oq tuyali karvonga duch kelsa, o`z safarining muvaffaqiyatli
tugashiga ishongan bo`lsa, tushida egarlangan oq ot minib sayr qilib yurganini
ko`rgan kishi hayot tashvishlaridan ozod bo`lishiga ishongan.
«Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil,
qamishlar»da qizning
qamish orasiga kirib ketishi, «Yoriltosh»da toshning yorilishi
va qizning bag`riga olib yana yopilishi, «Yalmog`iz kampir» ertagida odamlarning
toshga aylanib yotishi, «Qilich botir»da qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar
bevosita animistik tushunchalardir.
«Yoriltosh», «Ochil, ochil qamishlar», «Sim-sim, och eshigingni» kabi iltijoli
yolvorishlar o`sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. Bunday
tushunchalar va qarashlar qadimgi dunyodaning boshqa xalqlarida ham mavjud
bo`lgan. Masalan, hindlarda va Sharqning boshqa xalqlarida hozir ham sigir, ilon, ot
kabi hayvonlarga, olov, tog`, o`rmon va suvga sig`inish mavjud.
Mifologiyada totem, fetish, anim tushunchalar ko`pincha bir-birini to`ldirgan
holda uyg`un ifodalanadi.
Qadimgi kishilar dunyoni ikki qismga: yaxshilik
va yomonlik kuchlariga
ajratib tasavvur qilganlar.
«Avesto»da ikki yaratuvchi kuch - yaxshilik va yomonlik Axuramazda
(Xurmuzd) va Ahriman (Angra Manyu) qiyofasida namoyon bo`ladi. Mazkur kitob
g`oyasiga ko`ra, tabiat va jamiyatdagi hodisalar ikki yaratuvchining o`zaro
kurashidan kelib chiqqan.
Axuramazda yaxshilik, yorug`lik, obodonchilik va ezgulik kuchlarining
ma`budidir. Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga xizmat qiladi. U
o`z yordamchilari orqali olov, chorva, metall, yer - suv va o`simliklar
dunyosini
boshqaradi.
Ahriman (Angra Manyu) barcha yozuvlik va yomonlikning rahnamosidir. U
Axuramazdaga qarshi kurashadi va o`ziga qarashli devlar yordamida odamlarga
azob-uqubat mashaqqat, kulfat keltiradi. Ahriman zo`r kuch va qudratga ega bo`lsa-
da, biroq Axuramazda kabi har narsaga qodir va qobil emas, shu sababli yomonlik
kuchlari yaxshilik oldida doim mag`lubiyatga uchraydi.
20
«Avesto»da yorug`lik manbai quyosh deb ko`rsatiladi. Quyosh nuri insonga
hayot bag`ishlaydi. Olov quyoshning bir parchasi bo`lganligi uchun ham inson olovni
muqaddas hisoblaydi.
Mitra - quyosh va yorug`lik ma`budi, Noxit (Noxid)
obodonchilik va
farovonlik ma`budi, Humo - baxt, to`le va davlat ma`budi, Anaxita va Xubbi (Er
Xubbi) - suv ma`budi, Mirrix-urush va g`alaba ma`budi, ezgulik esa Qayumars
(Gavomard),
Yima
(Jamshid),
Gershasp
kabi
mirfologik
obrazlarda
mujassmalashgan.
«Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, kamarini mahkam bog`lagan,
to`g`ri so`z, marhamatli go`zal qiz sifatida tasvirlangan. U - kishilarga kuch-qudrat
baxsh etuvchi, suvning mo`l bo`lishini ta`minlovchi ma`buda.
Anaxita haqidagi
ma`lumotlarni ko`zdan kechirish shuni ko`rsatadiki, u suv va hosildorlik homiysi
bo`lib, o`zbeklar orasida Anbar otin shaklida saqlanib qolgan. Farg`ona vodiysidagi
xushmanzara joylardan biri Shohimardondagi Qubbon ko`li (Ko`li Qubbon) bo`lib, u
aslida (Ko’li Xubbon)
«Xubbilar ko`li» degan ma`noni anglatadi. Xubbi yoki
Erxubbi qadimgi ajdodlarimizning tushunchalariga ko`ra suv va suv havzalari bilan
bog`liq narsalarning homiysi bo`lgan.
Xalqimiz orasida mavjud bo`lgan Kayumars (Gayya Martan, Gavomard),
Yima (Jamshid) haqidagi afsonalr ham «Avesto» orqali bizga qadar etib kelgan.
Turkiy xalqlar folklorida afsona va rivoyatlar juda ko`p. Olimlarning
ta`kidlashicha, real hayotda ro`y berishi mumkin bo`lmagan
voqealar haqidagi
hikoyalar afsonalar deb yuritiladi, lekin hamisha ham bu mezonga amal qilingan
emas. Hayotda ro`y berishi mumkin bo`lgan hayratli voqealar rivoyat nomi bilan
yuritilgan. Ma`lum bo`ladiki, afsona va rivoyatlar o`rtasida aniq chegarani belgilash
mushkuldir.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning ta`biri bilan aytganda, «Afsonalar
haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir».
Xalqimiz orasida bugungi
kunda ham fazoviy jismlar, hudud nomlari, rasm -
rusumlar, tarixiy voqea - hodisalar bilan bog`liq afsona, rivoyatlar yashab kelmoqda.
Hatto ular orasida hajviy ruhdagilari ham uchraydi.
Tariximizda ajdoddan-avlodga meros bo`lib kelayotgan To`maris, Shiroq,
Rustam, Zariadr va Odatida, Guldursun, Dalvarzin, Qonqus, Kuyganyor, Chuli-chuli
kabi afsona va rivoyatlar madaniy merosimizning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so`ng xalqimiz tarixi bilan bog`liq
qadriyatlarining qayta tiklanishi yo`lida bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.
Navro`z bayramining ommaviy nishonlanishi, O`zbekiston televideniyesida
xalqimiz qadimdan afsona va rivoyatlar to`qib kelayotgan Burgut, Ot, Tuya, Ilon,
21
Qaldirg`och, G`oz, Laylak kabi jonivorlar hamda parrandalar haqida uyushtirilgan bir
qator ko`rsatuvlar, vaqtli matbuotda e`lon qilingan maqolalar fikrimizning dalilidir.
Mif va afsonalar mohiyatini his qilish ularda ifodalangan
voqea - hodisalarning
asosini belgilash imkonini yaratadi.
Qadimgi adabiy merosimiz juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki har
bir mif va afsona xalqimiz orzu-armonlarini ifodalash bilan birga biror bir tarbiyaviy
g`oyani ham ilgari suradi.
Masalan, «Shiroq», «To`maris», «Rustami Doston» afsonlarida vatanparvarlik,
chet ellik bosqinchilarga nisbatan nafrat ruhi bo`rtib turadi. «Avesto»dagi miflarda
esa ezgulikning jaholat, zulm va zo`rlik ustidan g`alabasi muqarrar ekanligi
ta`kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: