O`zbekiston respublikasi


«O`zbek xalq dostonlarida badiiy mahorat»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«O`zbek xalq dostonlarida badiiy mahorat» (1969), To`ra Mirzayev «Alpomish» 
dostonining o`zbek variantlari» (1968) monografiyalarini, Malik Murodov 
«Go`ro`g`li» turkumi haqidagi tadqiqotlarni yaratdilar. Ayniqsa, Hodi Zarifning 


15 
«O`zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslari» (1976) kabi maqolalari fan 
taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. 
Bundan tashqari, o`zbek xalq og`zaki ijodining ayrim masalalari bo`yicha T. 
Ashurov, T. G`oziboyev, X. Abdullayev, O. Madayev, T. Zufarov, A.Qahhorov, S. 
Ro`ziboyeva,O. Sobirov, M. Obidova, S. Yo`ldoshyeva, M. Mirzayev, K. Imomov, 
A. Musaqulov, M. Jo`rayev, M. Boboyevlarning ilmiy maqola va kitoblari e`lon 
qilindi. 
Bu yillarda xalq baxshilari ijodi va repertuarini o`rganishga alohida e`tibor 
berildi. Hodi Zarif, Mansur Afzalov, Muzayna Alaviyaning tadqiqotlaridan keyin T. 
G`oziboevning «Fozil Yo`ldosh o`g`li» (1968), O. Sobirovning «Islom Nazar 
o`g`li» (1967), «Umr shoir Safarov» (1982), T. Mirzayevning «Xalq 
baxshilarining epik repertuari» (1979), M. Murodovning «Sarchashmadan 
tomchilar» (1986), M. Qo`shmoqovning «Chechanlikda so`zga suvdayin oqib» 
(1978), «Baxshilar xazinasi» (1981) kabi monografiyalari yar atildi.
Folklorshunos Komiljon Imomovning «O`zbek satirik ertaklari» (1974) 
monografiyasida bu xildagi ertaklarning janr xususiyatlari, ulardagi an`anaviy sinov 
motivi, komik qahramon, ijtimoiy motiv va konflikt, satirik ertaklarning badiiy 
xususiyatlari va taqdiri, ertak va doston munosabatlari kabi muhim masalalar 
yoritilgan. G`ayrat Jalolovning «O`zbek xalq ertaklari poetikasi» (1976) 
monografiyasida esa sehrli-fantastik ertaklarning genezisi va morfologiyasi 
masalalari tahlil qilinadi. 
O`zbek folklorining ikkinchi epik turi-ertaklar haqidagi dastlabki yirik 
tadqiqot Mansur Afzalovning «O`zbek xalq ertaklari haqida» kitobidir (1964). 
Keyingi yillarda K. Imomovning «O`zbek xalq latifalarida Nasriddin 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin