11
3. Madayev O. Sobitova T, Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar.
4. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z», 2010.–
228 b.
5. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.– 368 b.
6.
Masharipova Z, O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008. 4-11-betlar.
FOLKLORSHUNOSLIK FANI
REJA:
1. Folklorshunoslik fanining paydo bo`lishi.
2. Folklorshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
3. O`zbek folklorshunoslik fanining maydonga kelishi.
4. Mashhur folklorshunos olimlar va ularning tadqiqotlari.
5. Namanganlik folklorshunos olimlar.
Xalq og`zaki badiiy ijodini o`rganuvchi fan
folklorshunoslik yoki
folkloristika deb yuritiladi.
Folklorni o`rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda
yondoshilganlikni
kuzatish bilan cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri
taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo`lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining
adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. Shu ma`noda folklorshunoslik
asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari
va tarixchilarining
afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi
qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor to`g`risidagi ilk fikrlari folklorshunoslik
uchun muhimdir. Folklor namunalarini yozib olishdagi birinchi
tajribalar XI asrdan
boshlab ko`zga tashlanadi. Mashhur Koshg`ariyning
«Devonu lug`atit-turk»
asaridagi folklor namunalari bunga misoldir.
Arab xalifaligi hududlaridagi xalqlar ertak va rivoyatlarining yig`indisi
bo`lmish «Ming bir kecha» kitobini ham folklor namunalarini yig`ishda o`ziga xos
tajriba deyish mumkin.
Yevropada folklorga nisbatan ilmiy qiziqishning kuchayishi XVIII asrning
oxiri va XIX asrning boshlarida xalq ijodi namunalarini to`plash
va nashr etishning
jadal rivojlanishi va uni chinakamiga o`rganishni boshlab berdi.
O`zbek folkloridan ayrim namunalarni dastlab yozib oluvchi,
tekshiruvchi va
nashr etuvchilar o`tgan asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashagan
Yevropa sayyohlari, elchilari va olimlari bo`ldilar. Ularning kundaliklari va asarlarida
o`zbek
xalqining maishiy turmushi, urf-odati, og`zaki ijodi bo`yicha muhim
qaydlar
mavjud; xalq o`yinlari, masxarabozlik, qiziqchilik, sayllar haqida taassurotlari bayon
12
qilingan; ba`zi og`zaki dramalarning, ayrim ertaklarning tafsilotlari qayd etilgan.
Jumladan, A. A. Kushkevich «
Farhod va Shirin», N. Y. Lyapunova
«Shirin qiz»
afsonalarini, A.
Vasilyev «Xirsitdin polvon», «Shahzoda Nazar Muhammad va
Dostları ilə paylaş: