tegishli ma`lumotlarni to`plaguvchilarga qo`llanma» bosilib chiqdi. G`ozi Olim
Yunusovning qator maqolalari e`lon qilindi. 1926 yildan boshlab deyarli har yili
O`zbekistonning turli joylariga folklor ekspeditsiyalari uyushtirib kelinmoqda.
Folklor ekspeditsiyalari davomida E. D. Polivanov, A. K. Barovkov, G`.O. Yunusov,
N.P. Potapova, Hodi Zarif kabi atoqli olimlar rahbarligida turli joylarda ish olib
borildi. Keyinchalik bunday ekspeditsiyalar F.M. Karomatov, T. G’oziboyev,
M.X.Qodirov, M.S.Saidov, M. Murodov, T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, K. Imomov,
O. Xolmirzayev, O. Madayev va boshqalar boshchiligida ham amalga oshirildi.
O`zbek folklorshunosligi o`zining dastlabki yillaridayoq katta yutuqlarni
qo`lga kiritdi. Olimlarimiz xalq ijrochilariga ijodkor sifatida qarab, original
kuzatishlar olib bordilar. Epik asarlarni to`g`ridan-to`g`ri u kuylanayotgan joy,
sharoit va kuylovchining o`zi bilan bog`liq ravishda o`rganish kerakligi g`oyasini
ilgari surdilar. Xalq ijodini o`rganishga metodologik jihatdan bunday to`g`ri
yondashish Hodi Zarif (1905-1972)ning xalq baxshilari haqidagi maqolalarida ko`zga
yaqqol tashlanadi.
O`zbek
folklorshunosligining
shakllanish
davriga
xos
xarakterli
xususiyatlardan yana biri folklor matnshunosligining ishlanishiga e`tibor berilishidir.
Xalq ijodini to`plash, o`rganish bilan bir qatorda uni nashr etish, xalqqa qayta
taqdim qilish ham zarur. Bunda G`ozi Olimning Ergash Jumanbulbuldan yozib olgan
«Alla» termasini, Hodi Zarifning Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib olgan «Toshkent» va Po`lkan baxshi aytgan «Shayboniyxon» dostonini namuna qilib ko`rsatish
mumkin.
Shunday qilib, XX asr 20-yillarining 2 -yarmida o`zbek folklorshunosligi fani
o`zining ilmiy yo`nalishiga ega bo`ldi va uning asosi yaratildi.
XX asr 30-yillarining 2-yarmida o`zbek folklorshunosligiga Mansur Afzalov,
Sharifa Abdullayeva, Yusuf Sultonov kirib keldilar. G`afur G`ulom, Hamid Olimjon,
Maqsud Shayxzoda va boshqa yozuvchilar, shoirlar ham folklor namunalarini yig’ish
bilan shug`ullandilar.