O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Yaxshi topib gapiradi,
Yomon qopib gapiradi 
 
Kattaga hurmatta bo`l, 
Kichikka izzatta bo`l.
Maqollarda shakliy va mazmuniy san`atlarni qo`llashda mutanosiblikni 
kuzatish mumkin. «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» maqolini tahlil qilib ko`raylik. 


24 
Avvalo, bu maqolda katta hayot tajribasi o`z ifodasini topgan. Bu tajriba qarindosh-
urug`chilik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik bilan bog`liq ma`nolarda qo`llanadi. 
Bu maqolda bir shaxsning o`ziga yaqin odam tarafini olishi suvning soyga qarab
ya`ni qiya, pastlikka qarab oqishiga qiyoslanadi. Shaklan esa maqoldagi boy, soy, 
boqar, oqar so`zlari tashqi va ichki qofiyani tashkil etgan. Ayni paytda, maqolda «b», 
«d», «y», «s» kabi tovushlarning qayta-qayta takrori o`ziga xos tovushdoshlikni hosil 
qiladi. Tovushlarning uyushib kelishi adabiyotshunoslikda maxsus sa`nat hisoblanadi. 
Bir misol bilan cheklanamiz: Yolg`iz yog`och yalinsang ham yonmaydi. 
O`zbekiston Fanlar Akademisiyaning Alisher Navoiy nomidagi Til va 
Adabiyot instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan ikki jildlik xalq 
maqollari to`plamida bunday misollarni ko`plab uchratish mumkin. Xalq maqollarini 
o`rganish ushbu janrning jahon xalqlari ijodi bilan eng ko`p mushtaraklikka ega janr 
ekanligini tasdiqlamoqda. 
Ayni paytda folklor janrlari orasida kundalik turmushimizda eng ko`p 
qo`llanadigan janr maqol ekanligini eslatib o`tish joizdir. Eng kam maqol biladigan 
odam ham o`z nutqida 10-15 ta maqol qo`llaydi.
Folklorshunos olimlarimz maqollarni quyidagi jihatlariga ko`ra tasnif qilishadi:
1. Alfavit tartibiga ko`ra. 
2. Mazmuniy tasnif. 
3. Poetik tasnif. 
4. Tarixiy tasnif. 
5. Tuzilishiga ko`ra. 
Maqollarni qo`llashdan asosiy maqsad didaktika bo`lib, maqollar juda katta 
ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda 
maqollarning roli juda muhim.
Savollari: 
1. Maqol nima? 
2. Maqollar qanday tasnif qilinadi? 
3. Maqollar qanday shaklga ega? 
4. Maqollarning qanday badiiy xususiyatlari bor? 
5. Matal nima? 
ADABIYOTLAR: 
1. .Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat», 2008. 
– 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.: 
«O’zbekiston», 2011. – 440 b. 


25 
3. Jo’rayev, Mamatqul. Folklorshunoslik asoslari.O’quv qo’llanma.-T.: “Fan”, 
2009. -189 b.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin