22
O`ZBEK XALQ MAQOLLAR
REJA:
1. Maqollarning o`ziga xos xususiyatlari.
2. Maqol va matallar.
3. Maqollarning tasnifi.
4. Maqollarning turlari.
5. Maqollarning ahamiyati.
Maqol xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar
majmuasidir. Maqol arabcha qavlun-
gapirmoq, aytmoq so`zidan olingan bo`lib,
aytib yuril
,adigan ifoda va iboralarga nisbatan qo`llanadi. Maqol og`zaki ijodning kichik
janrlaridan biri hisoblanadi. Folklorshunoslikda kichik janrlarni
paremiya deb atash
ham qabul qilingan. Maqollar hajm jihatidan ixcham bo`lsa-da, fikr va mazmun keng
qamrovli bo`ladi.
Maqol o`z tabiatiga ko`ra xalqaro janrlardan biridir. Dunyoda o`z maqollariga
ega bo`lmagan xalqning o`zi yo`q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar
shaklida avlodlarga qoldiradi.
Bizning taxminimizcha, har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli
voqeaning ahamiyati kattadir. Ana shunday hayot lavhasiga guvoh bo`lgan dono
odamlardan biri ko`rgan-kechirganlariga xulosa yasab, maqolnamo gapni o`ylab
topgan. Keyinchalik hayotiy vaziyatning takrorlanishi oqibatida birinchi aytilgan fikr
asta-sekin maqolga aylangan. Tajriba shuni ko`rsatadiki,
xalq orasida maqolning
yashashi uchun hayotiy asos bo`lishi kerak. Bunday asosga ega bo`lmagan maqolning
umri qisqadir. Jumladan, O`zbekistonda «Yer haydasang-kuz hayda, kuz
haydamasang- yuz hayda» maqoli mashhur. Ammo bu maqol Xorazm viloyatining
aksariyat hududlarida tilga olinmaydi. Chunki Xorazmda
yer qatlami tuzilishida yer
osti suvlari yaqin bo`lganligi sababli dehqonchilik bilan shug`ullanadigan odamlar
o`z yerlarini kuzda haydamaganlar. Ma`lum bo`ladiki, faqat hayot tajribasida
tasdiqlangan vaziyat haqidagi maqol xalq orasida yashaydi.
Xalq maqollarining o`z va ko`chma ma`nolari bor. Masalan, «Shamol
bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» maqoli ham o`z, ham ko`chma ma`noda
qo`llanishi mumkin. Ammo «Chumchuq so`ysa ham qassob so`ysin» maqoli
ko`pincha ko`chma ma`noda qo`llanadi.
Maqol qator xususiyatlari bilan xalq og`zaki ijodining
boshqa janrlaridan
keskin farqlanib turadi. Chunki xalq doston va ertaklari, afsona va rivoyatlari naql va
latifalari voqealikni epik usulda, rang-barang obrazlarning xatti-harakati,
23
kechinmalari orqali aks ettirsa, maqollar voqealikni
xalqning bevosita ana shu
voqeylik haqida xulosalari, hukmlari orqali aks ettiradi.
Qo`shiq, lapar, o`lan, yor-yor kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning
kechinmalari fonida o`z ifodasini topsa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqida
lo`nda xulosalar ifodalanadi. Lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab intilish
yetakchilik qilsa, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab intilish yetakchilik qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda maqol va matal tushunchasini bir-biri bilan jalkashtirish
mavjud. Hatto «O`zbekiston Qomusi»da ham,
bizningcha, «maqol» maqolasiga
matal, «matal» maqolasiga maqol misol sifatida keltirilgan. Aytib o`tish lozimki, olib
borilgan ilmiy kuzatishlar maqol va matal o`rtasida farq borligini ko`rsatmoqda.
Jumladan, maqol alohida qo`llanganda tugal fikrni bildiradi va hayotda uchrab
turadigan o`xshash lavhani izohlaydi. Matal alohida qo`llanganda, mustaqil ma`no
ifodalamaydi va notiq fikrining badiiyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bu o`rinda
bir misolni eslash maqsadga muvofiqdir. Xalqimiz orasida «Yaxshi so`z bilan ilon
inidan, yomon so`z bilan pichoq qinidan chiqar» degan maqol bor.
Agar shu
maqoldagi fikriy qismlarni ajratgan holda quyidagi shaklga keltirsak, matalga ega
bo`lamiz: «Ahmad ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi» bu gapda «ilon inidan
chiqadigan» so`z birikmasi alohida qo`llanganda mustaqil ma`no anglatmaydi.
Ma`lum bo`ladiki maqol va matal, aslini olganda, xalq hayotida tutgan o`rni, maishiy
vaziyatlarini ifodalash darajasi bilan bir-biriga yaqin turar ekan. Faqat tarixiy jarayon
natijasida ularning biri maqol bo`lib
shakllangan, ikkinchisi matal sifatida yashay
boshlagan.
Bu o`rinda rus xalq og`zaki ijodidagi maqol va matal janrlarini eslash
ma`quldir. Ruslar maqollarni (poslovitsa), matallarni (pogovorki) deb ataydilar. Bu
janrlarga xalqning bergan ta`rifi ibratlidir: «Pogovorki-svetochki, poslovitsi-
yagodki». Demak, o`zbek maqol va matallarining farqini
ham gul va meva bilan
izohlash mumkin bo`ladi, - deb yozadi folklorshunos olim O.Madayev.
Maqol va matallarning matnlari badiiy jihatdan juda mukammal hisoblanadi.
Maqollarda istiora, o`xshatish, sifatlash, qiyoslash kabi tasviriy vositalardan ko`p
foydalaniladi. Shuningdek, tazod san`ati faol ishtirok etadi:
Dostları ilə paylaş: