Tepdim terakka chiqdim. Bir qop un ichida ustun. Bir yog`idan qor yog`adi, bir yog`idan do`l yog`adi. An`anaviy bo`lib qolgan topishmoqlarning aksariyati qofiyalanadi: «O`zi yo`qday, uni o`qday», «Otdan baland, itdan past», «Pak-pakana bo`yi bor, mallagina to`ni bor», «Qator-qator g`isht terdim, jiyron otni bo`sh qo`ydim» kabi.
Topishmoqlarning bir yoki bir necha narsalarni topish nazarda tutilgan
namunalari ham bor. Masalan, «Er tagida oltin qoziq» topishmog`ining javobi bitta
sabzi bo`lsa,
«Tog`da talaymonni ko`rdim, Suvda Sulaymonni ko`rdim. Tuzsiz pishgan oshni ko`rdim, Yumalab yotgan toshni ko`rdim». Topishmog`ida bo`ri, baliq, xolvaytar (sumalak), toshbaqa nomlarini topish lozim.
Topishmoq aytishning ham qat`iy an`analari, o`ziga xos tartib-qoidalari
bo`lgan. Folklorshunos olima Zubayda Husainovaning yozishicha, o`zbek xalqi
orasida ham juda qadimda biror muayyan vaqtda, biror marosimda topishmoq aytish
rasm bo`lgan bo`lishi mumkin... Samarqand viloyati Gulbuloq qishlog`ida yashovchi
Roziya momo Shunday deydi: «Qishning kechasi uzun bo`ladi, ayollar yig`ilib
urchuq yigiradi, olacha to`qiydi, shu vaqtda yoki kechasi yotgandan keyin topishmoq
aytish odati bo`lgan. Samarqand viloyatining shimoliy tumanlaridagi o`zbeklar
yashagan qishloqlarda to`yga boshqa qishloqdan kelgan odamlarni qo`ni-
qo`shnilarnikiga qo`ndirganlar. Yig`ilgan mehmonlar o`rtasida chaldirmoq, jumboq
aytish ham bo`lgan.
Topishmoq ijrosi uchun kamida ikki kishi, ikki guruh yoki topishmoq aytuvchi
va uni echuvchilar, javobini topuvchilar bo`lishi kerak. Topishmoqlar navbatma-
navbat aytilgan. Avval bir taraf, topishmoq javobi topilgach esa ikkinchi taraf
topishmoq aytgan.
Xalq o`rtasida «O`zi mitti, urdi - yiqitdi», «Ko`k ko`ylakka g`o`za yoydim»,