O`zbekiston respublikasi


 Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun  darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

12. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun 
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar. 
13. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z», 2010.– 
228 b. 
14. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.– 368 b. 
15. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008. 62-70-betlar. 


28 
16. Topishmoqlar. -T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 
1981.
17. O`zbek folklori ocherklari. 1-jild. – T.: «Fan», 1988. 98-128–betlar.
18. Shoda - shoda marvarid: O’zbek xalq qo’shiqlari. Nashrga tayyorlovchi, so’z 
boshi va izohlar muallifi Ergash Ochilov. – T.: “Sharq”, 2006. 
O`ZBEK XALQ QO`SHIQLARI 
 REJA: 
1. Qo`shiq haqida ma`lumot. 
2. O`zbek qo`shiqlarining o`rganilishi. 
3. Qo`shiqlarning tasnifi. 
4. Qo`shiqlarning badiiy xususiyatlari. 
5. O`zbek xalq qo`shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Xalq qo`shiqlari og`zaki ijodimizning qadimiy lirik janridir. «Qo`shiq» atamasi 
qadimgi turkiy tildagi «qo`shdi» fe`lining o`zagidan yasalgan bo`lib, misraga misrani 
qo`shib kuylash, she`r to`qish ma`nolarini anglatadi va bu atama ikki ma`noda 
qo`llaniladi. Keng ma`noda u og`zaki lirika turini anglatadi va bu ma`no, ya`ni 
she`riyat, qasida, qo`shiq ma`nolari Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» 
asarida ham qayd etilgan (DLT. 1-tom, 1960, 357). Tor ma`noda qo`shiq atamasi 
og`zaki lirik turga mansub mustaqil janrni anglatadi.
Xalq qo`shiqlarida voqelik yakka shaxsning kechinmalari orqali aks etadi. 
Biroq bu kechinmalar jamoa his-tuyg`ulari bilan uyg`unlashgan bo`ladi. Chunki xalq 
og`zaki ijodida yakka shaxsning kechinmalari jamoa kechinmalarini ifodalashning bir 
vositasi bo`lib hisoblanadi.
Qo`shiqlar xalq ma`naviyatining qudratini, fidokoroan mehnatini, omma 
irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, 
mehnatsevarlik va elparvarlikka, vatanparvarlik va do`stlikka, sevgida sadoqatga 
chorlaydi.
Qo`shiq asosan mustaqil to`rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy 
ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunasidir. 
Qadimgi qo`shiqlarning dastlabki namunalari Mahmud Koshg`ariy tomonidan 
1072 yilda tuzilgan «Devonu lug`atit-turk» asarida uchraydi. Qo`shiq xalq og`zaki 
ijodidagi deyarli yagona lirik janr hisoblanadi. Ma`lumki, lirikada asar 
yaratuvchining atrof-muhitda ro`y berayotgan voqealarga nisbatan his-tuyg`ulari 
orqali bildirgan munosabati aks etadi. Demak, qo`shiqlarni qo`shiq aytuvchining 
ruhiy holati ifodasi sifatida ham qabul qilish mumkin. Chunki hayot taqozosi bilan 
ro`y bergan voqea-hodisalardan xursand bo`lgan shaxs ham, xafa bo`lgan kimsa ham 


29 
o`z mamnunligini va dardini lirika orqali ifodalashga intiladi. Tabiiyki, xursand kishi 
g`amgin qo`shiq va aksincha xafa odam sho`xchan qo`shiq kuylamaydi. Shuning 
uchun ham xalq maishiy hayotida muhim hisoblangan to`y ham, aza ham qo`shiq 
san`ati bilan chambarchas bog`liqdir. Qo`shiqning xalq san`atining keng tarqalgan 
ijod namunasi sifatida tushunilishiga ham ana shu yuqoridagi xususiyatlar sabab 
bo`lgan.
Bu janrga mansub asarlar asosan to`rt misradan iborat bo`ladi va ab-ab yoki 
aa-ba tarzda qofiyalanadi. Har bir to`rtlikda ma`lum ruhiy holat haqida tugal fikr 
ifodalanadi. Masalan:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin