O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

malika Nazar Bibi», A.N. Samoylovich «Annamurod bobo», «Erni er qilgan 
xotin» ertaklarini nashr ettirganlir. A.F. Eynxgorn va V.V. Leyseklar bir qancha xalq 
kuylarini yozib olganlar. 
O`zbek xalq ertaklari, topishmoqlari, maqol va matallari hamda og`zaki teatr 
namunalarini to`plash va nashr etishda rus missioneri N. P. Ostroumovning 
xizmatlari ham salmoqlidir. U bir necha marta o`zbek xalq ertaklarini nashr ettirdi, 
topishmoqlar to`plamini tuzdi. O`zbek xalq teatri etnografiyasiga oid bir qancha 
maqolalarni e`lon qildi. Xuddi shu davrda o`zbek folklorining ayrim namunalari 
dunyo miqyosida ham tanila boshladi. Bunda mojor olimi va sayyohi Herman 
Vamberining xizmatlari katta bo`ldi. U 1867 yilda Leypsigda chop etilgan 
«Chig`atoy tili darsligi»da yuzdan ortiq o’zbek xalq maqollarini, «Yusuf va Ahmad» 
dostonidan olingan parchalarni nemischa tarjimasini arab imlosidagi o`zbekcha matn 
bilan birgalikda nashr qildi. 1911 yilda esa «Yusuf va Ahmad» dostonining Xorazm 
variantini to`laligicha olmon tilida nashr ettiradi. 
XIX asrda ayrim folklor va kitob ishqibozlari, shuningdek, baxshilar 
tashabbusi bilan xalq dostonlarining ayrim qo`lyozma nusxalari yuzaga kela 
boshlaydi va ular nusxa ko`chirish, keyinroq tosh bosma, tipografiya usulida nashr 
etish orqali xalq o`rtasida keng tarqatildi. Bunday asarlar qatorida «Hikoyati 
Go`ro`g`li sulton», «Yusufbek bilan Ahmadbek», «Tulumbiy», «Chor darvesh», 
«Rustami Doston», «Tohir va Zuhra», «Oshiq G`arib va Shohsanam», 
«Sanobar», «Bo`z o`g`lon», «Bahrom va Gulandom», «Dilorom», «Hurilqo va 
Hamro», «Gulfarah», «Bo`z yigit», «Aldar ko`sa» va boshqalarni eslash mumkin. 
Folklorshunoslik fanining uch asosiy yo`nalishi bo`lib, shu yo`nalishlar 
fanning maqsad va vazifalarini belgilab beradi: 
1. Folklor namunalari yig`ish - to`plash va yozib olish. 
2. Folklor namunalarining mukammal nusxalarini nashrga tayyorlash va chop 
etish. 
3. Folklor namunalarini ilmiy jihatdan tadqiq etish. 
Mana shu uch yo`nalishda olib boriladigan ishlar o`zaro uzviy bog`liq bo`lib, 
folklorshunoslikning nazariy va amaliy asoslarini belgilaydi. 
XX asrning yigirmanchi yillarda o`zbek xalq ijodini to`plash, o`rganish ishlari 
jiddiy boshlanib ketdi. 1922 yilning yozida G`ozi Olim Yunusov Toshkent, Sirdaryo 
va Samarqand viloyatlarida ilmiy safarda bo`lib, ertaklar, qo`shiqlar, maqollar, 
topishmoqlar, juda ko`p dialektologik va etnografik materiallarni to`pladi. 


13 
1921-1922 yillarda G`ulom Zafariy Farg`ona vodiysiga, shoir va olim Elbek 
Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga safar qildilar va turli qo`shiqlar, laparlar, 
og`zaki drama namunalarini yozib oldilar. Shuningdek, Bekjon Rahmonov 
tomonidan Xorazmdan to`plangan besh yuz oltmish to`rt maqol va matallarni o`z 
ichiga olgan, «O`zbekcha otalar so`zi» to`plami 1923 yilda nashr etildi. 
1926 yilda «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalida «O`zbek el adabiyotiga 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin