1-маъруза. Мавзу: Электрон қурилмаларни лойиҳалаш ва конструкциялаш (cad, cam, cae) фанининг мақсад ва вазифалари



Yüklə 22,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü22,84 Kb.
#184080
  1   2
1 Мавзу Фанининг мақсад ва вазифалари



1-МАЪРУЗА
.

 
Мавзу: Электрон қурилмаларни лойиҳалаш ва конструкциялаш (CAD, 
CAM, CAE) фанининг мақсад ва вазифалари
Xalqaro analitiklaming fikricha hozirgi zamon ishlab chiqarishida 
muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari bu: bozorga maxsulot chiqarishga 
ketadigan vaqtning qisqarishi, maxsulot tannarxining pasayishi va sifatning 
oshishidir. Bunday talablarga javob bera oladigan texnologiyalar qatorida 
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) turadi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) keng qamrovli tushuncha 
bo’lib uni faqat qurilmani avtomatlashgan tizim asosida loyihalash deb 
tushunmaslik kerak. Bugungi kundagi fan va ishlab chiqarishning tezkor suratdagi 
rivojlanishi ALTni uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab 
chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar 
ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing) 
va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi. 
CAD tizimlari (somputer-aided design - kompyuterda chizmani loyihalash) 
asosan kompyuterda chizma g’oyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini 
rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga 
uch o’lchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma 
konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.)ni 
rasmiylashtirish kiradi. 
CAM tizimlari (computer-aided manufacturing kompyuterda ishlab 
chiqarishni loyihalash) maxsulot ishlab chiqarish jarayonini raqamli dasturiy 
boshqaruv (RDB) dastgohlarda loyihalashga qaratilgan va ushbu dastgohlar uchun 
dasturlar yozishga mo’ljallangan, ya’ni - frezerlash, parmalash, jilvirlash, tokarlik 
va shu kabi dastgohlar. CAM tizimlarini yana texnologik ishlab chiqarish 
jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish tizimlari deb ham tushunish mumkin. Bugungi 
kun amaliyotida ular murakkab profilli detallarni ishlab chiqarish va ishlab 
chiqarish jarayonini qisqartirishda yagona tizim hisoblanadi. CAM tizimlarida 
CAD tizimlari asosida loyihalangan maxsulotning uch o’lchamli 
modellaridan foydalaniladi. 
CAE tizimlari (computer-aided engineering - muhandislik hisob-kitoblarni 
loyihalash) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik 
hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini 
analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash 
ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib 
boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan maxsulotning uch 
o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil 
tizimlari deb ham yuritiladi. 
Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) asoslarini 
bilish va uning vositalarini qo’llay olish deyarli barcha muhandis ixtirochilardan 
talab etiladi. Kompyuter bilan barcha loyihalash tashkilotlari, konstruktorlik 
byurolari va ofislar jihozlangan bo’lib, konstruktorning oddiy kul’man stolida 


o’tirib loyihalashi, logarifmik lineyka bilan hisob-kitob ishlarini yuritishi, oddiy 
yozuv mashinkasida hisobot tayyorlashi bugungi kun uchun xos bo’lmagan 
qoloqlik deb qaraladi. ALTni qo’llamayotgan yoki qisman qo’llab kelayotgan 
tashkilotlar loyihalashga ketqazgan katta sarf-xarajat va ko’p vaqt yo’qotish, 
shuningdek sifatsiz loyiha evaziga raqobatsiz bo’lib inqirozga yuz tutishi 
muqarrardir. 
ALT deganda kompyuter va inson muloqoti asosida loyiha yaratish 
tushuniladi. Bunday jarayon avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Agarda jarayonni 
ma’lum bir qismi (etapi) to’liq kompyuter nazoratida bajarilsa unda 
avtomatlashgan jarayon hisoblanadi. Kompyutersiz loyihalash esa qo’lda 
loyihalash deb qaraladi. 
ALT xorijda CAD (computer aided design - kompyuter yordamida 
loyihalash), 
MDHda 
esa 
САПР 
(системы 
автоматизированного 
проектирования) deb yuritiladi. Shuni ham esda tutish kerak-ki ALT yoki САПР 
tushunchasi iuda keng ma’noda ishlatiladi. Bunda faqat chizma loyihani tushunish 
xato bo’ladi. 
Dastlabki ALTning vujudga kelishi o’tgan asrning 60 yillariga borib 
taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti)da Ross 
boshchiligida ART (Automatical program tool - avtomatlashgan dastgoh dasturi) 
dasturlash tizimi yaratilgan. ART chip o’rnatilgan dastgohlarda uskuna uzunligi 
(parametri) kodini tavsiflash asosida dasturlash imkonini berar edi. Keyichalik 
dasturlashda dastgoh uskunasi uzunligini kodlash emas, balki detalni o’zini 
tavsiflash asosiy mezon qilib olindi. Bugungi ALTdan farqli o’laroq o’shanda 
EHMning o’sib borayotgan imkoniyatlaridan ko’proq foydalanish muhim qaraldi - 
ya’ni dasturlash tili o’rganib borildi. CAD tushunchasini ilk bor Ayven Sazerlend 
kiritdi. Uning doktorlik dissertatsiyasi mashinaviy grafikaning nazariy asosi 
hisoblanadi. 

Yüklə 22,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin