O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
61
SARALASH ALGORITMLARI MOHIYATI VA ULARNING SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
Raxmonova M.R.
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU assistenti),
Baxtiyorova M.
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)
Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta
joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi
mumkin. Misol uchun maktabda jismoniy tarbiya dars boshida bolalar bo`ylariga qarab
safda turishadi. Me`yor topshirish jarayonida esa sinf jurnalidagi familiyalar ketma-
ketligiga qarab topshirishadi. Shu yerning o`zida 2 ta saralashdan foydalaniladi.
Birinchisi bo`y uzunligi bo`yicha, ikkinchisi sinf jurnalida alvabit tartibida saralanadi.
Saralash jarayoni qanday kechadi? Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan
jarayon hisoblanadi. Biror bir ma’lumotni saralash yoki qandaydir qolipga solish juda
ham muhim. Sababi, tartibsiz ma’lumotlar bilan ishlash doimo noqulayliklar keltirib
chiqaradi va bunday tizim sekin va xatoliklarga moyil bo’ladi.
Tartiblangan ma'lumotlar hammaga yoqadi. Saralash ma'lumotlarni kerakli
ketma-ketlikda tartibga solish imkonini beradi, masalan, o'sish yoki kamayish
tartibida. Tasavvur qiling-a, siz yirik kompaniyada ishlaysiz va siz xodimlarning
ismlarini maoshiga qarab tartiblashingiz kerak. Buning uchun saralash algoritmlari
qo'llaniladi.
Quyida saralash algoritmlarining asosiy turlarini ko'rib chiqiladi. Avvalambor
saralash algoritmi nima ekanligini aniqlab olaylik.
Saralash algoritmlari taqqoslash operatorlari yordamida ro'yxatlar va
massivlarda berilgan ma'lumotlarni tartiblab beradi. Bu operatorlar massiv
elementlariga qo’llaniladi va ularning ma’lumotlar strukturasidagi tartibini belgilaydi.
Misol uchun, quyidagi belgilar (1-rasm) ASCII kodi bo'yicha o'sish tartibida
saralangan. Saralash jarayonida elementlar bir-biri bilan taqqoslanadi. ASCII
jadvalidagi belgining qiymati qanchalik katta bo'lsa, u ro'yxat boshidan shunchalik
uzoqroqda joylashgan bo'ladi.
[1]
Dasturlashda turli xil saralash algoritmlar mavjud. Masalani turi mazmuniga
qarab turib saralash algoritmlarning biri qo’llaniladi. Keling eng ko’p qo’llaniladigan
saralash algoritmlarini ko'rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |