Neyrokognitiv tadqiqotlar. Uyqu va amneziya. Ongning zamonaviy nazariyalari



Yüklə 71,92 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü71,92 Kb.
#166849
  1   2   3   4   5
4 lek kognitiv


Mavzu: Ong ilmiy tuzilma sifatida
REJA:

  1. Neyrokognitiv tadqiqotlar.

  2. Uyqu va amneziya.

  3. Ongning zamonaviy nazariyalari.

Odam miyasining ikkala yarim shari alohida vazifalarni bajaradi. Chap yarim shar asosan odamning mantiqiy fikrlashiga javob bersa, o’ng yarim shar sharoitni to’liq tasavvur qilish va fantaziyaga javob beradi.
Miya yarim sharlarining vazifalarining bunday bo’linishini birinchi bo’lib amerikalik olimlar Rodjer Sperri, Maykl Gazzaniga, Filipp Fogellar aniqlashgan va tadqiq qilishgan. Kaliforniya texnologiya institutida odam bosh miya yarim sharlarining o’zaro aloqasi 1960 yildan boshlab o’rganila boshlagan. 1950 yillarda bu tajribalar hayvonlarda o’rganilgan yedi. Inson miyasi ustidagi tajribalar ikkinchi jahon urishida boshiga miltiq qo’rdog’i bilan urilishi natijasida keyinchalik epilepsiyaga uchragan sobiq askarning azoblarini yengillatish uchun yarim sharlar orasida aloqani ta’minlovchi nervlarni uzishdan boshlangan. Shu yo’l bilan miya yarim sharlari orasidagi aloqa uzilgan va ular orasida signal almashilmaganligi sababli sobiq askarning yepileptik holati yengillashgan. Ya’ni tananing bitta yarmida paydo bo’lgan tutqanoq uning ikkinchi yarmiga o’tmagan. Keyinchalik boshqa xuddi shunga o’xshash kasalliklar bilan murojaat qilgan o’nta kishining miya yarim sharlari orasidagi nervlar uzilgan va ularning keyingi o’zini tutishlari kuzitib borilgan.
Kuzatishlar natijasida miya yarim sharlari orasidagi nerv to’qimalari sorpus callosum orqali miya yarim sharlari o’zaro axborot almashini aniqlandi. Uning uzilishi yesa bu aloqani to’xtatgan. Ya’ni odamda bir vaqtning o’zida ikkita miya o’z faoliyatini olib bora boshlagan va ularning bittasi ikkinchisining nima qilayotganligini bilmagan. Bu kuzatuvlar ularning har birining nima vazifani bajarishini aniqlashgan. Sorrus sallosum miya yarim sharlarining birgalikda ishlashini ta’minlaydi, lekin hozirda qanday vazifa bajarilayotganligiga qarab, miya yarim sharlarining bittasi ikkinchisi ustidan ustunlik qiladi.
Miya yarim sharlarini ajratish ustida ishlagan olilardan faqat Djozef Bougengina ijobiy qobiliyatlarni o’rganishga o’zini bag’ishlagan. Hozirgi kunda yesa o’nlab olimlar bu muammo ustida ishlashmoqda.
Odamlarning 95% ida chap yarim shar ismlarni yeslab qolish, arifmetik amallarni bajarish, vaqtni belgilash va boshqa amallarni bajaradi. U mantiqiy va to’g’ri chiziqli faoliyat ko’rsatadi. O’ng yarim sharning vazifasi yesa anchagina murakkab. Unda hissiyotlar va metaforalar tug’iladi. Orzular, fantaziya, tasavvur bilan ishlash – bularning barchasi o’ng yarim sharning funksiyalariga kiradi.
Rassom unga kerakli kartinani yaratish uchun kerak bo’ladigan ranglar gammasini ko’rganda, musiqachi notaga qaramasdan o’zicha chala boshlaganda, yozuvchi unga qahramonlarining nima deyayotganligini yeshitganda va boshqa hollarda o’ng yarim shar ishlayotgan bo’ladi. Yehtiroslar va ijodiyot markazi o’ng yarim sharda joylashgan.
Biz mantiqiy fikrlash yuqori baholanadigan va chap yarim shari yaxshi rivojlangan kishilar muvaffaqiyatga yerishadigan jamiyatda yashayapmiz. Chap yarim shar ustun bo’lgan va maktabda berilgan vazifalarni qunt bilan bajaradigan, arifmetik amallarni muvaffaqiyatli bajaradigan bollar yuqori baho olishadi. O’ng yarim shari ustun bo’lgan, orzularga beriladigan, fantaziyalarga boy, bulutlarga qarab fikrlarga beriladigan, dars o’qish o’rniga turli hikoyalar to’qiydigan bolalar bo’lsa, yomon o’quvchi deb hisoblanadi. Chunki uning intilishlari jamiyat tomonidan rag’batlantirilmaydi. Bolalar yoshligidanoq jamiyatda qabul qilingan normalarga rioya qilish, ijodiyotga nisbatan ko’proq baholanishini sezishadi.
Agar mushaklarga uzoq vaqt davomida zo’riqish berilmasa, ular atrofiyaga uchraydi. Xuddi shuningdek miyaning o’ng yarim shari ham uzoq vaqt davomida ishlatilmasa, ijodiy qobiliyatlar pasayib ketadi. Lekin bu degani ushbu qobiliyatlarni qayta tiklab bo’lmaydi degani yemas. O’ng yarim sharning ijodiy qobiliyatlarini tiklashdagi birinchi qadam – bu har bitta yarim shardan nimani kutish mumkinligini bilishdir.
Yarim sharlarning mutaxassiligi
Chap yarim sharning asosiy mutaxassisligi mantiqiy fikrlashdir. Yaqin vaqtlargacha olimlar uni ustun yarim shar deb hisoblashgan. Lekin amalda u quyidagi vazifalarni bajarish vaqtidagina ustunlik qiladi.
Verbal axborotni qayta ishlash: cham yarim shar sizning so’zlash qobiliyatlaringizga javob beradi. U so’zlashni, shuningdek o’qish va yozishni ham nazorat qiladi. U faktlarni, ismlarni, sanalarni va ularning yozilishini yeslab qoladi. Analitik fikrlash: chap yarim shar mantiq va taxlil chun javobgardir. Hamma faktlarni aynan u taxlil qiladi. So’zlarni to’g’ri ma’noda tushunish: chap yarim shar faqat so’zlarning to’g’ri ma’nosinigina tushunadi. Ketma-ket fikrlar: chap yarim shar axborotni faqat bosqichlar bo’yicha ketma-ketgina qayta ishlay oladi. Matematik qobiliyatlar: raqamlar va simvollar ham chap yarim shar tomonidan anglanadi. Matematik misollarni yechishda kerak bo’ladigan mantiqiy analitik yondashish ham chap yarim sharning ishi mahsulotidir.
Tananing o’ng yarim tomoni harakatlarini nazorat qilish. Agar siz o’ng qo’lingizni yuqoriga ko’tarsangiz, bu unga signal miyaning chap yarim sharidan berilganligini bildiradi.
Miya o’ng yarim sharining mutaxassisligi yesa asosan intuisiyadir. Odatda, uni ustun yarim shar deb hisoblashmaydi. U quyidagi funksiyalarni bajarishga javobgardir. Noverbal axborotni qayta ishlash: o’ng yarim shar so’zlar bilan yemas, balki simvollar va obrazlar yordamida berilgan axborotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan.
Axborotni parallel ravishda qayta ishlash: axborotni faqat ma’lum ketma-ketlikda ishlay oladigan chap yarim shardan farqli ravishda o’ng yarim shar bir vaqtning o’zida juda ko’plagan, xilma-xil axborotlarni qayta ishlay oladi. U hyech qanday taxlil qilmasdan muammoni to’liqligicha ko’ra oladi. Shuningdek u odamlarning yuzlarini ham taniydi. Uning yordami bilan biz bir qancha chiziqlar va belgilarni yagona va butun sifatida ko’ra olamiz.
Fazoda oriyentasiya: o’ng yarim shar joylashuvni qabul qilish va umuman fazoda oriyentirlashga javob beradi. Uning yordamida biz biror joyni topib bora olamiz va mozaik boshqotirmalarni tuzish va yechish imkoniyatiga yega bo’lamiz.
Musiqaviylik: musiqiy ta’lim uchun miyaning chap yarim shari javobgar bo’lsa ham o’ng yarim shar musiqiy qobiliyatlar va musiqani qabul qilishga javobgardir.
Metaforalar: o’ng yarim shar yordamida biz metaforalarni va boshqalarning ishi natijalarini tushuna olamiz. Uning yordamida biz aytilgan yoki o’qilgan gaplarni to’g’ri ma’nodagina yemas, balki uning tagida aytilgan boshqa ma’nolarini ham tushunamiz. Masalan, kimdir “U mening yetagimga yopishib olgan” desa, aynan o’ng yarim shar bu odam nima demoqchiligini tushunadi.
Tasavvur: o’ng yarim shar bizga orzu qilish va fantaziya qilish imkoniyatini beradi. Uning yordamida biz turli hikoyalar tuza olamiz. Shuningdek “Agar ... bo’lsa, nima bo’ladi?” degan savolni aynan o’ng yarim shar beradi.
Rasm chizish qobiliyati: o’ng yarim shar tasviriy san’atga bo’lgan qobiliyatlarni belgilaydi.
Hissiyotlar: hissiyotlar o’ng yarim shar mahsuloti bo’lmasa ham, chap yarim sharga nisbatan ko’proq o’ng yarim sharga bog’langandir.
Seks: seks uchun, agar siz bu jarayonning faqat texnikasiga qiziqadigan bo’lmasangiz, o’ng yarim shar javobgardir.
Mistika: mistika va dindorlik uchun o’ng yarim shar javobgardir.
Orzular: u orzular uchun ham javobgardir.
Tana o’ng tomonining harakatlarini nazorat qiladi: Agar siz chap qo’lingizni yuqoriga ko’tarsangiz, bu unga signal miyaning o’ng yarim sharidan berilganligini bildiradi.
Miya o’ng yarim shari mutaxassisligining yuqorida keltirilgan tavsifi odamlarning faqat 95% igagina taalluqlidir. Chunki taxminan 10% ni tashkil qiladigan chapaqaylarning mutaxassisligini aniqlash ancha qiyin. Ularning taxminan yarmida yuqoriga aytilganlar to’g’ri keladi. Onalari ham chapaqay bo’lgan chapaqaylarda yesa miya yarim sharlarining mutaxassisligi tamoman aksincha bo’ladi. Masalan, ularda til qobiliyatlari uchun o’ng, fazoda oriyentasiya uchun chap yarim shar javobgardir. Agar siz ana shu besh foizga kirsangiz ham bu siz umidsizlikka tushushingiz kerak degani yemas. Chunki bu kursda o’rganadigan mashqlaringiz miya yarim sharlarini yemas, balki intuisiya va tasavvurni rivojlantirishga qaratilgandir.
Miya yarim sharlarining yuqoridagidek mutaxassilashuvi faqat katta odamgagina taaluqlidir. Primatlar va yosh bolalarda o’tkazilgan kuzatuvlar natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularda miya yarim sharlarining mutaxassislashuvi aniqlanmagan. Chunki miyaning ikkala yarim shari ham bir xildagi potensialga yegadir. Yosh bola miyasining bitta yarim sharini umuman olib tashlash ham mumkin, lekin u normal odam bo’lib voyaga yetadi. Lekin besh yoshdan keyin miyaning bitta yarim shariga yetgan zarar juda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miya yarim sharlarining banday mutaxassislashuviga sabab gapirishni o’rganishdir.
Bosh miya yarim sharlari nomal ravishda ishlaganda ular orasida o’zaro hamkorlik bo’ladi. Ular hyech biri ikkinchisining ishiga aralashmaydi. Ular bir-birini qo’llab-quvvatlashadi va o’zi yaxshi bajara oladigan ishni qiladi. Ya’ni ular o’z ishlarini qilishadi va boshqasiga xalaqit bermaydi.
- Shoir metaforalarni yaratish uchun o’ng yarim shardan foydalanadi, fantaziyalarni ham o’ng yarim shar amalga oshiradi, lekin ularni tarjima qilish, ya’ni so’zlarni to’g’ri tanlashni chap yarim shar amalga oshiradi.
- Arxitektorga o’ng yarim shar yestetik obrazlar va ularning fazoda joylashuvini aniqlashda yordam beradi. Lekin hisob-kitoblar va o’lchashlarni chap yarim shar bajaradi.
- Olimga chap yarim shar ko’rilayotgan muammoni taxlil qilishga yordam beradi, lekin o’ng yarim shar intuitiv ravishda yeng murakkab muammolarni ham hal qilishga yordam beradigan belgilarni beradi.
Yeng samarali ijodiy ish chap va o’ng yarim sharlar bir xilda ishlaganda, ya’ni intuisiya va mantiq birgalikda qo’llanilganda amalga oshiriladi.
Lekin hyech qachon har qanday ishni bajarishda ham bu ikki yarim shar birgalikda harakat qilish, lekin ularning axborotni taxlil qilishi turlicha bo’lishi hamda bajarilayotgan vazifaning o’ziga xosligidan kelib chiqib ularning aktivlashish darajasi ham turlicha bo’lishini yesdan chiqarmaslik kerak.
Yarim sharlar jang holatida
Biznesda hamkorlardan bittasi ikkinchisiga nisbatan agressiv pozisiyada bo’lsa va uning zarariga ishlay boshlasa, har qanday hamkorlikdan ham kechib yuborishga tayyor holat paydo bo’ladi. Xuddi shu narsa miya yarim sharlari uchun ham to’g’ridir. Chap yarim shar ko’pincha dominant pozisiyani yegallaydi va har qanday muammoni faqat mantiq va taxlil nuqtai nazaridan ko’rib chiqishga harakat qiladi. Chunki u intuisiya faqat ayrim mayda ishlarnigina bajarishi kerak deb hisoblaydi. Natijada chap yarim sharning agressivligi ortib ketadi va bu umumiy ishning orqaga ketishiga olib keladi.
Agar odam chap yarim sharga juda ishonsa, o’ng yarim sharning intuisiyasini yo’qotib qo’yadi. Bu juda chuqurlashib ketishi va natijada odam intuisiyadan foydalanmay qo’yishi va uning mavjudligiga ishonmay qo’yishi mumkin. Bunday odamning boshqalar bilan muloqot qilishida muammolar paydo bo’la boshlaydi. Chunki boshqalar bilan umumiy til topishimizda sezgir o’ng yarim shar yordam beradi.
Ko’pchilik odamlar muammolarni hal qilishda kerakli bo’lmagan yarim shardan foydalanishadi. Ayrim vazifalar o’ng yoki chap yarim shar yordamida hal qilinadi. Lekin juda ko’p vazifalar borki, ularda qaysi yarim sharning ustun yekanligini aniqlashning o’zi mumkin yemas. Yeng katta muammolar aynan mana shunday o’tish zonali vazifalarda paydo bo’ladi. Juda ko’pchiligimiz bunday hollarda oldindan yaratilgan stereotiplarga ishonamiz va yarim sharlardan qaysi birini bu holda qo’llash katta natija berishi haqida o’ylab ham ko’rmaymiz. Faqat keyingi bir necha yillar davomida o’tkazilgan tekshirishlargina miya yarim sharlarining birortasini ongli ravishda stimulyasiyalash vazifalarni hal qilish usulini o’zgartirishi mumkinligini ko’rsatdi.
Olimlarning miyasining o’ng yoki chap yarmi biron sabab bilan olib tashlangan odamlar ustida o’tkazgan kuzatishlarida ularda biz yuqorida aytib o’tgan yarim sharlar funksiyalarining bajarilmasligini aniqlashgan. Masalan, o’ng yarim shari olib tashlangan odam odatdagiday gapiradi, hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Lekin u biznikiga o’xshagan turli-tuman tushlarni ko’rmaydi, ko’rsa ham faqat oldin sodir bo’lgan voqyeanigina tushida ko’rishi mumkin. Tanasining chap tomonini boshqara olmaydi, o’zining qayerdaligini va uyiga qanday borishi mumkinligini bilmaydi. Yeng muhimi u faqat gaplarni to’g’ri ma’nodagina tushunadi va umuman hissiyotlar uning uchun yot. Bunday kishilarni kuzatish ular tushlar ko’rishlarini ko’rsatgan.
Chap yarim sharidan mahrum bo’lgan odamlar yesa tanasining o’ng tomonini boshqara olmaydi, gapira olmaydi, hisob-kitoblar bilan shug’ullana olmaydi. Lekin musiqani, hissiyotlarni yaxshi tushunadi va qabul qiladi. Mozaik boshqotirmalarni yecha oladi. Ayrim hollarda yoshligida yodlagan qo’shiqlarni, duolarni aytishi mumkin.
Organizm miya yarim sharlarining bittasining olib tashlangandan keyin uning funksiyalarining bir qismini qolgan yarim sharga yuklashga urinadi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin miyaning yashirin potensiali ishga tushib bu funksiyalar qisman tiklanishi mumkin. Lekin hamisha ham yemas. Yosh organizmda bu holatning yuz beishi yehtimoli ko’proq. Lekin voyaga yetgan kishining bunday funksiyalarining tiklanishi darajasi shu darajada past bo’ladiki, umuman bu funksiyalar tiklanmaydi deb aytish ham mumkin.
Juda qadim zamonlardanoq odamlar miya yarim sharlarining bunday mutaxassislashuvi haqida sezishgan. Juda ko’plagan mamlakatlarda odam tanasining o’ng tomoni (chap yarim shar) aql-idrok va madaniyatga assosiasiyalangan. Chap tomoni (o’ng yarim shar) yesa yashirinlik va hissiyotlar bilan bog’langanligi, o’ng qo’l yesa yaxshilik, to’g’rilik, mantiq bilan bog’langanligini ko’rsatgan. Ko’pchilik mamlakatlarda qo’llarning bajaradigan ishlari ajratilgan. AQShdagi xopi indeyes qabilasidagilar o’ng qo’lida yozishadi va chap qo’lida musiqa chalishadi. Arablar ovqatni o’ng qo’lida uyishadi, chap qo’lda yuvinishadi. Ruslarda bo’lsa har qanday jodugar chapaqay bo’ladi degan fikr bor. Agar bola onasining chap ko’kragini yemmay qo’ysa, avliyo bo’ladi degan gap ham yuradi.
Miya yarim sharlarining bunday vazifalarining borligini birinchi bo’lib Gippokrat aytgan yedi. U jangda boshining o’ng tomonidan yaralangan kishilar tanasining chap tomoni falaj bo’lishi va boshining chap tomonidan zarba yegan kishilarning o’ng tomoni falaj bo’lib qolishini kuzatgan. Buning asosida u “Odam miyasi ikkita” degan xulosa chiqargan.
Gippokratning bu gapidan keyin deyarli 2000 yil o’tib olimlar bunga ye’tibor bera boshlashdi. 1861 yili fransuz vrachi Pol Broka chap yarim sharning zararlanish va gapirish funksiyasining yo’qolishi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqladi va uni afaziya deb atadi.
Shundan keyin olimlar miya va uning funksiyalari bilan qiziqib qolishdi. Ular bitta yarim shari olib tashlangan odamlarning o’zini tutishidagi farqlarni o’rgana boshlashdi. Bu ularning orasida juda katta farq mavjudligini ko’rsatdi. Bosh miya yarim sharlari orasidagi aloqani uzish bo’yicha o’tkazilgan operasiyalardan keyin yesa, bir kishining miya yarim sharlarini alohida o’rganish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu miya yarim sharlari mutaxassisliklarini aniqlashga yordam berdi.
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish kaliti
Quyida sizga olti kun davomida intuisiya va miya o’ng yarim sharini rivojlantirish bo’yicha dastur beriladi. Quyida beriladigan tushuntirishlar sizga bu mashqlarning qanday asosda ishlashi va qanday ta’sir ko’rsatishini chap yarim shar vositasida anglashingiz uchun beriladi. Sal keyinroq beriladigan metodikadagi mashqlarni o’ng yarim sharda bajarib ko’rgandan keyingina uning samaraliligi haqida o’zingiz xulosa chiqarishingiz mumkin.
Dasturda beriladigan usullarning ko’pchiligi meditasiya, biologik teskari aloqa amaliyoti, psixiatriya, psixologiya va boshqa fanlardan olingin. Bu dasturning o’ziga xosligi, unda turli yo’nalishlardagi usullarning sintezlanganligidir. Unga har bir yo’nalishdagi yeng yaxshi va sara metodikalar kiritilgan. Meditasiya bo’shashish, ye’tiboringizni jamlash, fikrlashning spontanligi va intuisiyadan foydalanishingizga yordam beradi. Psixologiyadan bo’lsa yoshlik xotiralari va hissiyotlar stimulyasiyasi hissiyotlarni o’zgartirish va mavjud muammolarni hal qilishda yordam berishi olingan. Psixiatrlar va Malayya yarim oroli aborigenlari tajribasi yesa tushlaringizdan qanday foydalanishingiz mumkinligini ko’rsatadi.
Bu mashqlardagi ko’pgina narsalar psixologiyadan olinganligiga qaramasdan dastur o’z-o’zini taxlil qilishga mo’ljallanmagan. Har bitta vazifaning maqsadi aniq: u sizni samarali ijodiy faoliyatga bir qadam yaqinlashtirishga yo’naltirilgan.
Quyida keltirilgan o’n bitta kategoriyani va undagi ssenariyalarni o’rganib katta muvaffaqiyatlarga yerishgan kishilarning o’zlarini qanday tutganliklarini bilib olasiz. Siz olti kun davomida har bitta kategoriyadagi mashqlardan bittadan bajarishingiz kerak bo’ladi. Bu mashqlarning ketma-ketligi siz doimiy ravishda o’ng yarim shar hududiga chuqurroq kirib borishingizga mo’ljallangan.
1-kategoriya. Chap yarim sharni ajratish
Odamlar tanasi bo’shashgan va ongi mantiqiy fikrlashdan holi bo’lgan vaqtda atrofni o’ng yarim shar yordamida idrok qilishga moyil bo’lishadi. Beriladigan birinchi ikkita mashq yordamchi bo’ladi va jismoniy va aqliy jihatdan moyillik va qabul qilishning oshishiga olib keladi. Siz qor parchalarining tuzilishini ko’rgan bo’lsangiz kerak. U mandala deb ataladigan va markazda birlashadigan konsentrik shakllarga misol bo’la oladi. Ko’z ham mandaladan iborat: qorachiq uning markazi bo’lsa, uning atrofidagi shakllar konsentrik aylanalarni tashkil qiladi. Qimmatbaho toshlar, gullar va urug’larda ham mandalalarni ko’rish mumkin.
Mandalalar qadimdan mistiklar tomonidan ye’tiborni oshirish va aqlning spiritik yeffektlarga beriluvchanligini oshirishda qo’llanilgan.
Simmetrik shakllarni rassomchilikda, arxitektura va diniy belgilarda ham qo’llaniladi. Kaleydoskopda ham turli mandalalarni kuzatish mumkin. Psixolog Karl Yung mandalalardan o’z kasbiy rivojlanishi hamda mijozlarini davolashda foydalangan. U mandalalar doimiy ravishda uning tushiga kirishi va ularning ma’lum ma’noga yega yekanligini aytgan.
Butun dunyo dinlarida mandalalar uchraydi va ularning shakllari cherkovlar, ibodatxonalar, masjidlarni bezab turibdi.
Qo’shimcha mashqlarni bajarayotib, bir necha daqiqa davomida mandalaga qaraysiz va uning markazida ye’tiboringizni jamlaysiz. Bu chap yarim sharning aktivligini kamaytiradi va o’ng yarim sharnikini oshiradi.
Mandaladan samarali foydalanish uchun tinch joyda, qulay holatda o’tirishingiz, ye’tiboringizni jamlash va bo’shashishga ongli ravishda harakat qilishingiz kerak. Nazaringiz mandala markazida fokuslanganda siz bo’shasha boshlaysiz. Ye’tiborni jamlashni besh va undan ortiq daqiqa davomida ushlab tura olsangiz, sizning ongingizni tinchlik yegallay boshlaydi va odatdagi fikriy dialog to’xtaydi. Mandala yordamida bir nechta tinchlanish seansini o’tkazganingizdan keyin sizning ongingizga turli fikrlar, xavotirlik va bezovtalik kira olmasligiga amin bo’lasiz.
Agar siz oldin manadala bilan mashq qilib ko’rmagan bo’lsangiz, oddiygina rasmga ye’tibor bilan qarashning fikrlash tarzida bunday o’zgarishlarga olib kelishi mukinligi sizga mumkin yemasday bo’lib tuyuladi. Miya u qanday ish bilan shug’ullanayotganiga qarab turli to’lqinlar kombinasiyasini tarqatadi. Olimlar manadala bilan meditasiya qilayotgan kishilarning miyasini o’rganayotib u sekin alfa-to’lqinlar chiqarayotganligini aniqlashgan. Bu yesa oddiy rasm miyada o’zgarishlarga olib kelganligini bildiradi.
Chap yarim shar fazoviy nisbatlarni tushuna olmasa ham, rasmni, aylanalar, ularning kesishmalarini va undagi naqshlarni analiz qilish yo’li bilan o’zining dominant holatini saqlab qolishga harakat qiladi. Siz bundan aynan markazda ye’tiboringizni to’plash va uning atrofidagi naqshlarga analiz qilmasdan qarash yo’li bilan qutulishingiz mumkin. Tez orada chap yarim shar o’ng yarim sharning bosimiga bo’ysunadi. Amalda mandala chap yarim sharni ajratish va o’ng yarim sharni aktivlashtirish uchun qo’llaniladi.
2-kategoriya. Biologik teskari aloqani (BTA) mashq qilish
BTA ni qo’llab mashq qilish ongning tanaga ta’sir qilishi yo’li bilan uning jismoniy bo’shashishiga mo’ljallangan. Bu sizning miyangiz o’ng yarim shari signallariga sezuvchanligingizni oshiradi.
Odatdagi BTA mashqlari chuqur nafas olish va boshqa turli turli bo’shashish usullaridan va bu jarayonni nazorat qilib turish uchun umurtqa pog’onasiga biriktrilgan yelektrodlardan iborat bo’ladi. Bu yelektrodlar nervlar aktivligini va tanaga uzatilayotgan signallarning kuchini o’lchaydi va maxsus asbobga uzatadi. Siz tinchlanishingiz bilan nervlar aktivligi ham kamayadi va apparat signallari ham kamaya boradi. Yana bezovtalik boshlanishi bilan apparat ham bezovtalikka hamoxang ravishda signallar bera boshlaydi. Bu usulning afzalligi shundaki, siz o’zingizning tinchlanayotganligingizni aqlli asboblar vositasida nazorat qilib borishingiz mumkin va bu sizning yanada tinchlanishingizga olib keladi. Bunda tanani bo’shashtirish, qon aylanishini yaxshilash va hatto tanangiz haroratini ma’lum darajada boshqarishingiz mumkin bo’ladi.
Bu oddiygina tanani boshqarish usuli yemasdir. Tananing bo’shashishi ishchan holatni va ijodkorlikni ushlab turishda ham katta ahamiyatga yega. To’liq bo’shashish holatida tasavvuringizdagi obrazlar ham boyiydi. Rangdan obrazlar va ayrim abstraksiyalar ko’z oldingizga kela boshlaydi. O’zingizni suvda suzayotganday yoki havoda uchayotganday his qila boshlaysiz.
Miyaning sekin alfa-ritmlari faqatgina o’ng yarim sharga taaluqli yemas. U ikkala yarim shar uchun ham xos. Bunday o’zgargan holat ikkala yarim shar orasida muvozanat o’rnatadi. Bu holatda o’ng yarim shar o’zining imkoniyatlaridan ko’proq foydalana boshlaydi. Bu holatda shoir va yozuvchilar ilxom deb ataladigan holat paydo bo’ladi. Fikrlar o’z-o’zidan quyilib kela boshlaydi. Albatta, bu holat ma’lum vaqtdan keyin o’tib ketadi. Lekin mashqlarni doimiy ravishda qaytarib turish natijasida bu holatni uzoqroq vaqt davomida ushlab turishni o’rganish mumkin.
Bu mashqlarda yoga, autotrening va boshqa meditasiya usullaridan foydalaniladi. BTA datchiklarisiz ham siz bu mashqlar yordamida katta yutuqlarga yerishishingiz mumkin. Bunda sizning ijodiy qobiliyatlaringizning oshishi sizga datchiqk bo’lib xizmat qilsa ajab yemas.
3-kategoriya. Yo`naltiriladigan vizual tasvvur
Boshqa tilda gapiradigan mamlakatga yo’l olishdan oldin siz o’zingiz bilan so’zlashgich olib olasiz. Agar u bo’lmasa, odamlarning harakatlari, mimikalaridan ular nima demoqchiligini bilib olishga urinasiz. Bunda sizga intuisiya va topqirlik yordam beradi.
O’ng yarim shar mamlakatiga sayohat davomida ham ular sizga yordam beradi. O’ng yarim shar bilan fikrlash obrazlar, shakllar, metaforalar va simvollar yordamida amalga oshiriladi. Agar siz buni o’rganib olishga mahkam kirishgan yekansiz, uni o’rganib olish uncha qiyin bo’lmaydi.
Obrazlar – bu sizning orzularingiz va tushlaringizda yaratadigan ko’zga ko’rinarli tasvirlardir. Ularning simvolik tilini interpretasiya qilishni o’rganib olishingiz miyaning o’ng yarim shari bilan obrazlar vositasida muloqot qilishni o’rganishga olib keladi.
Uchinchi kategoriyada sizga o’ng yarim sharning obrazlar yaratish qobiliyatidan foydalanadigan mashqlar beriladi. Chap yarim shar aktivligini manadalalar va biologik teskari aloqa mashqlari yordamida kamaytirgandan keyin o’ng yarim sharni aktivlashtirish mashqlarini bajarishingiz mumkin bo’ladi. Sizga noma’lum bo’lgan joylar va harakatlarni tasavvur qilganingizda o’zingizning ijodiy tasavvur kuchingizning oshganini sezasiz. Sizning ongingiz tirik hissiyotlarni yarata boshlaydi va siz buyumlarni ta’mi, hidi va sezilishiga qarab farqlay boshlaysiz. Tasavvurdagi obrazlar bilan birgalikda yorqin sezgilar va yoqimli hissiyotlar paydo bo’ladi.
Agar siz yo’naltirilgan obrazlar bilan birinchi marta ishlayotgan bo’lsangiz, ongingizning bunchalik yorqin obrazlar va o’tkir sezgilarni yaratishiga hayron qolasiz. Ular sizning orzu-hayollaringizdan kuchliroq va ularni tushga nisbatan ko’proq nazorat qilish imkoniyati bor. Bu miyaning chap yarim shari tomonidan qabul qilinadigan mavjudlik yemas, bu o’ng yarim sharning ishi mahsuli bo’lib, mantiqiy fikrlash kabi realdir.
Berilgan ayrim mashqlarni bajarish davomida siz “ichki maslahatchi”ga duch kelasiz. Bu oqil maslahatchi sizning ongingizdan tashqarida joylashgan bo’lib, o’ng yarim sharning butun donishmandligiga yegadir. U sizning butun hayotingiz va ichki hissiyotlariingizni biladi va u bergan masdahatlar sizning qarorlaringizni qabul qilishingizda juda katta ta’sir o’tkazadi.
Siz bu aqlli va donishmand Meningiz bilan hamma sirlaringizni o’rtoqlashishingiz mumkin. Ularning ayrimlari mantiqqa to’g’ri kelmasa ham mayli, donishmand sizning ustingizdan kulmay, barcha hissiyotlaringizni to’g’ri tushunadi. Agar musiqachi yoki shoir bo’lsangiz, u sizga hali hyech kim aytmagan she’r yoki musiqani kuylab berishi mumkin. Keyinchalik uni siz qog’ozga tushirib, meniki deb ovoza qilishingiz mumkin. Chunki bu narsa sizning ongingizning chuqurlarida tug’ilgan.
U sizning xohlagan muammoingizni hal qilish yo’lini aytishi mumkin. Lekin hamisha ham intuitiv topilgan yechimlar to’g’ri bo’ladi deb bo’lmaydi. Siz bu yechimni analitik yo’l bilan topilgan yechim bilan taqqoslab ko’rishingiz va ulardan o’zingiz ma’qul deb topganingizni amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi.
Yo`naltirilgan tasavvur – ijodiy aktivlikni oshirish usulidir. Bu usulni shu paytgacha juda ko’pchilik odamlar sinab ko’rgan va undan katta foyda olgan. Bu usul bilan kasalliklardan forig’ bo’lish ham mumkin.
4-kategoriya. O’tish obyektlari
O’tish obyektlari – bu kichik bolalarga dunyoni bilish va onasidan mustaqil bo’lishga yordam beruvchi ayrim narsalar bo’lib, yopinchiq, biror o’yinchoq yoki shunga o’xo’agan biror narsa bo’lishi mumkin. Bu kategoriyadagi mashqlar sizga bolaligingizda siz uchun qadrli bo’lgan narsalarni yeslashga yordam beradi. Bu buyumlarni yeslash o’sha paytdagi hissiyotlar va voqyealarni qaytadan boshdan kechirishga yordam beradi. O’tuvchi obyektlar real buyumlar yoki boshdan kechirilgan hissiyotlar haqidagi xotiralar bo’lishi mumkin. Masalan, siz yoshlikda borgan joyingizdan kelayotgan hidni yeslashingiz va o’sha paytdagi hissiyotlaringizni qayta boshdan kechirishingiz mumkin.
Siz uchun bolaligingizda juda qadrli bo’lgan biror buyumni yeslay olasizmi? U haqda o’ylay boshlang va yesingizga nimalar kelishiga ye’tibor bering. Bu mashqni bajarayotib siz xotiralardan ijodga intilish sifatida foydalanishni o’rganasiz. Ko’pchilik muvaffaqiyatga yerishgan kishilar o’zlarining ichki bolaliklari bilan mahkam bog’langanlar va ko’pchilik hollarda o’z atroflarida yeslash oson bo’lishi va yeslaganda kuch va intilishni paydo qiladigan o’tish obyektlarini saqlashadi.
Odatda xotirada bu voqyealarning ayrim bo’laklarigina qoladi. Lekin sizning ongingizni miya o’ng yarim shari boshqarayotgan paytda siz o’tmish voqyealarini qayta jonlantirish va o’sha voqyealarni qaytadan boshdan kechirishingiz mumkin. Sizga og’riq keltiradigan xotiralardan iloji boricha qochishingiz kerak. Agar bunday xotiralarni chaqirish kerak bo’lsa, iloji boricha mutaxassis nazoratida bu ishini qilish kerak. Lekin sizni ichki hissiyotlaringizni boyitadigan bo’lsa, bunday xotiralarni chaqirishingiz siz uchun foydalidir. Xotirada hissiy sezgilarni chaqirish – ichki bolalikni sizning katta hayotingizga kiritishning birinchi qadamidir va u ijodiy faoliyatingizning ajralmas qismi bo’ladi.
Ko’pchilik odamlar o’tmish haqida o’ylamaslikka harakat qilishadi va buning natijasida xotira buzilganday va hyech narsani yeslay olmaydiganday ko’rinadi. Lekin siz uni yeslashni xohlasangiz, u siz uchun yo’qolmagan bo’ladi va qayta jonlanadi.
O’ng yarim sharni aktivlashtirish bo’yicha mashqlar ayrim xotiralarni jonlantirishga, ijodiy ilxomni chaqirishga va buning natijasida muvaffaqiyatlarga yerishishiga hamda kundalik muammolarni yengishga yordam beradi.
5-kategoriya. “Boshqa” qo’l bilan yozish
“Boshqa” qo’l bilan yozish anchagina qiyin bo’ladi. Chunki bu siz uchun noqulay va yozilgan narsaning nimaligini o’qib, tushunish murakkab bo’ladi. Bu mashq sizga axmoqona bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin chap qo’lni miyaning o’ng yarim shari boshqarganligi tufayli, u bilan yozish ushbu dasturning strategik qismidir. U sizning ongingizning tubidagi narsalarni yuzaga chiqarishishi mumkin.
Muammoga uchraganingizda chap qo’l yordamida bu muammoni yozib ko’rsangiz, natijasini ko’rib, o’zingiz ham hayron qolasiz. Ko’pchilik rassomlar shogirdlariga ma’lum vaqt davomida chap qo’lda chizishni buyurishadi. Keyinchalik ular yana o’ng qo’l bilan chiza boshlashganda ijod yerkinroq va spontanroq bo’ladi. Yozuvchilar kerakli metafora yoki obrazni topish vaqtida qo’llashadi. Siz ham o’ng yarim shar ta’sirida bo’lgan vaqtingizda bu usuldan foydalanishingiz mumkin.
Bitta yosh yigit Kornell universiteti medisina maktabida shunday testdan o’tadi. U qanday kasbni yegallamoqchiligi so’ralganda, uning miyasining chap yarim shari chizmachi bo’lishini aytadi. Lekin xuddi shu savol o’ng yarim sharga berilganda, uning chap qo’li “avtopoygachi” degan yozuvni chizg’ilaydi. Agar miya yarim sharlarining har birining o’z maqsadi bo’lsa, buni siz bilishingiz kerak. Chap qo’l bilan yozish vaqtida siz o’ng yarim shar ta’siri ostida bo’lasiz. Uyquga o’xshash bunday holatda bo’lganingizda chap qo’lni ishlatish sizga ong osti xohish va maqsadlarini ochishga yordam beradi.
Lekin oxirgi so’zni faqat o’ng yarim sharning aytishi ham hamisha to’g’ri bo’lavermaydi. Buni miyaning chap yarim shari beradigan sabablardan topishingiz mumkin bo’ladi. Lekin shunga qaramasdan bu usul bilan siz o’zingizda bor bo’lgan ikkita mustaqil fikrni aniqlab olishingiz mumkin.
6-kategoriya. Hissiyotlarni stimulyasiyalash
Roza guli, klassik musiqa, bir piyola vino, fransuz atiri, yumshoq sharf haqida o’ylang. Ulardagi umumiy narsa nima? Boshingizga kelgan birinchi fikr – ularning har birii sizda ayrim hissiyotlarni uyg’otishi bo’lishi mumkin. Balki ular biror romantika bilan bog’langandir.
Siz gulni ko’rayotganingiz, vinoni ho’playotganingiz, atir hidi hidlayotganingiz, yumshoq sharfga teginayotganingiz haqida tasavvur qilishingiz bilan miyaning o’ng yarim sharidagi hissiyotlar va reaksiyalarni uyg’otib yuborasiz. Bu kategoriyadagi mashqlarda siz sezgilarning beshtasining qaysi biri sizning atrofni his qilishingizga qanchalik ulush qo’shayotganligini aniqlaysiz.
Hissiyotlarni stimulyasiyalash mashqi mexanizmi o’tuvchi obyektlar mashqi mexanizmiga o’xshashdir. Ikkalasida ham oldin bo’lib o’tgan voqyealar girdobiga g’arq bo’linadi.
Biror joydan o’tib ketayotganingizda o’sha yerdan kelayotgan hid sizning yesingizga biror olis voqyeani tushirganmi? Yoki biror ta’mni tuyganingizda yuolalik paytida xuddi shu ta’mni tuyganingiz va o’sha paytdagi sharoit hyech ko’zingizning oldiga kelganmi?
Siz ta’m, ko’rish, sezish, ovozlar va hidlardan o’tmishdagi voqyealarni qayta jonlantirish va ularni xotirada saqlash uchun foydalanishingiz mumkin. Xotiralarning ma’nosi qanday bo’lishi sizga bog’liq. Ular sizning ilxom manbaingiz bo’lishi yoki kasbingizda yoki kundalik hayotingizda u yoki bu qarorni nimaga asoslanib qabul qilishingizni bilib olishingizga yordam berishi mumkin. Bizni bolalik bilan bog’lab turgan bu rishtalar katta hayotimizdagi o’zimizni tutishimizni belgilab beradi. Bu mashqlar sizning unikal shaxsingizning o’ziga xosliklarini tushunib olishingizga yordam beradi.
Hissiyotlarni stimulyasiyalash atrofdagi olamdan lazzatlanish, hayron qolishda ham yordam berishi mumkin. Buning uchun musiqani tinglashda undagi har bitta sozning ovozini ajratish, ko’chada yoki bog’da sekin aylanib yurib, har bitta hidni alohida ajratish kabilar yordam beradi. Har bitta mayda detalga ham ye’tibor berasiz. Sizni o’rab turgan olamning ajoyib va hayratlanarli tomonlarini aniqlash va anglashga o’zingizni sozlang va atrofingizdagi odamlar va olamning qiziqarli tomonlarini shu paytgacha ko’rmaganligingizdan hayratga tushasiz. Sezgilar miyaning o’ng yarim shari bomonidan boshqarilmaydi, lekin o’ng yarim shardagi hissiyotlar va xotiralarni aktivlashtirish usuli uni bu kursning asosiy yelementiga aylantiradi. O’zingizning sezish qobiliyatlaringizni oshirishingiz to’g’ri ma’noda ham ko’chma ma’noda ham sizning oldingizda ulkan yangi dunyoni ochadi.
7-kategoriya. Fantaziya
Ko’pincha jamiyat bizning fantaziyalarimizga qarama-qarshi baholar beradi. Agar odamning tasavvuri mahsuli amalda qo’llanilsa va foyda bersa, uni maqtashadi. Lekin sizning tasavvurlaringiz darhol muva bermasa, sizni bekorchilik va xom hayollikda ayblashadi. Buni aytayotganda qanday tondan foydalanishlarini siz yaxshi bilsangiz kerak?
Uning fantaziyasi doimiy ravishda tanqid qilinadigan odam o’zining ijodiy qobiliyatlariga bo’lgan ishonchini yo’qotib qo’yadi. Agar orzumand orzu qilishdan to’xtasa, bundan nafaqat uning o’zi, balki butun jamiyat zarar ko’radi.
Albatta, yegosentrik, hissiyo chidamli kishilar jamiyat fikriga qarshi o’laroq o’zlarini ko’rsata olishadi. Atrofni yekstraordinar qabul qiluvchilar, ya’ni katta muvaffaqiyatlarga yerishgan orzumandlar o’zlarining tasavvurlarining qadrini yaxshi bilishadi. Boshqalar xardamhayol deb hisoblashgan Albert Yeynshteyn tasavvurida nurning koinotdan o’tib borishida o’zini tutishini tasavvur qilgan. U “tasavvur bilimlardan ustunroq” deganida uni jinniga chiqarishgan. Yeynshteyn so’zlar bilan yemas, balki obrazlar bilan fikrlashini aytgan. Yana u yeng muvaffaqyaitli fikrlar unga laboratoriyada yemas, balki soqolini olayotganda kelishini ham aytgan.
Fantaziya yuizga har qanday chegaralarni bosib o’tishga imkon beradi. Fantaziyada biz o’tmishdagi sultonlar va qirollar bilan suhbatlashishimiz, buyuk allomalar bilan ulfatlashishimiz mumkin. Uning yordamida kelajakka borib qolishimiz va uzoq sayyoralarga sayohat qilishimiz, fan va texnikani rivojlantirishimiz mumkin. Fizika qonunlarini chetlab o’tib, uchishimiz ham mumkin. Bu onda hamma narsa boshqacha bo’ladi.
Bu kategoriyadagi mashqlarni bajarayotib, sizning hozirgi o’zingizni tutishingiz kelajakda qanday mevalar berishini ko’rishingiz, o’tmishga qaytib, o’sha vaqtda o’zingizni tutishingizni o’zgartirsangiz, hozir qanday holatda bo’lgan bo’lishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin bo’ladi. Kelajakka bunday yeksperimental qarash sizning bugungi rejalaringiz va o’zingizni tutishingizga katta ta’sir qilishi mumkin. Fantaziya bizga notanish bo’lgan sharoitlarni modellashtirish va o’zimiz bu holatga tushib qolganimizda qanday holatga tushishimiz va undan chiqib ketish variantlarini aniqlab olishimizga imkon beradi.
Fantaziya qilish bo’yicha beriladigan mashqlar ko’pincha o’tish obyektlari bilan beriladi. Bundan maqsad o’tmishda bo’lgan voqyealarni qayta fikrlab ko’rishdir. Bunda tasavvuringizni ishga solib, muvaffaqiyasizligingizni muvaffaqiyatga aylantirishingiz ham mumkin. Albatta, bu real voqyelikka ta’sir qilmaydi. Lekin sizning bo’lib o’tgan voqyeaga munosabatingizni konstruktiv o’zgartiradi. Bolalik xotiralaridagi ushbu to’siqlar bizning hozirda xoxolab kulish o’rniga faqat jilmayib qo’yishga, ishtiyoq o’rnini yextiyotkorlik yegallashiga sabab bo’lmoqda. Bu to’siqlarni olib tashlashda ushba mashqlar yordam beradi. Bundan tashqari fantaziya bizga obrazli va yempirik fikrlashga imkon yaratadi. O’ng yarim shar yordamida sharoit baholangandan keyin uni chap yarim sharga ko’rib chiqish uchun berish mumkin bo’ladi.
8-kategoriya. Tushlar bilan ishlash
Tushlar qadim zamonlardanoq odamlarni o’ziga tortgan va hayron qoldirgan. Bu jo’shqin obrazlar, aralashib ketgan metaforalar va murakkab ssenariylar miya o’ng yarim shari ishining mahsulotidir.
Bu kategoriyadagi mashqlarda sizga tushlaringizni analiz qilishdan foyda olish taklif qilinadi. O’z tushlaringizni yozib olish bila mashqqa tayyorlanasiz. Agar tushlaringizni yaxshi yeslab qola olmasangiz, har kuni ularni yozib borish ularni quyi ong darajasida yeslab qolishga imkon beradi. Sizga tushlarni analiz qilishning bir nechta usullari taklif qilinadi va siz ular bilan har kuni tajriba o’tkazishingiz mumkin bo’ladi.
Qadimgi yaxudiylar va yunonlar tushlar Xudoning marhamati yekanligiga ishonishgan. Tushlarni ta’birini ayta oladigan kishi hurmatda bo’lgan. Injil va Qur’onda ham tushlarning ta’birlari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan. Juda ko’pchilik yetakchilarning tushlari butun boshli millatning taqdirini o’zgartirib yuborgan. Yigirmanchi asrda Freyd tushlarning psixologik ma’nolari haqida gapirgan. Uning tushlar odamning seksual intilishlarini bildiradi degan fikri quyi ongning odamga bunday ta’siridan ko’z yumishga o’rgangan jamoatchilik tomondan tanqidga uchragan. Yung yesa Freydning tushlar quyi ongning odam ongi bilan aloqasi yekanligi to’g’risidagi fikrini tan olgan, lekin uning tushlardagi obrazlarning interpretasiyalariga qarshilik qilgan.
Tushlarni tekshirish bilan shug’ullanadigan olimlar odam uxlayotgan vaqtining taxminan 20 % vaqtida tush ko’rishini aniqlashgan. Bu uning uxlab yotgan holda ko’zlarining aktiv harakatlana boshlashidan bilinadi. Ya’ni siz 8 soat uxlasangiz, undan 90 daqiqa vaqt davomida tushlar ko’rasiz. Agar shu vaqtda odam uyg’otilsa, u tushida nimalarni ko’rganini aniq yeslaydi.
Ko’pchilik psixiatrlar tushlarni hissiyotlarning rentgen rasmlari deb aytishadi. Tushlarda paydo bo’ladigan obrazlar xavotirlar, qo’rquvlar va istaklarni bildiradi. Tushlar kundaliklarini yuritish miya o’ng yarim sharidan keladigan bunday signallarni o’rganish uchun juda qulay vositadir.
Bu kategoriya mashqlarini bajarayotib siz tushlaringiz mazmunini yeslab qolish va quyi ongdan olingan xabarlarni kundalik hayotingizda qo’llashni o’rganasiz. Sizga taklif qilinadigan maxsus usullar tushlar teatrining sizning hayotingizda qanday rol o’ynashini tushunib olishingizga yordam beradi.
Tushlarni quyi ongning xatlari ham deyishadi. Siz trening mashg’ulotlarini o’tayotib har kuni shunday xatlarning bittasini ochasiz va unda muhim narsa bor-yo’qligini ko’rasiz. Bular kelajakda sizni kutib turgan xavflar haqida ogohlantirishlar bo’lishi mumkin va siz ularni chetlab o’tishingizning ilojini qidirasiz. Bular biror muammoning yechimi yoki siz yoshlikda olgan zarbangiz ta’sirida yoqimsiz hislar qurshovida qolganligingiz haqidagi ogohlantirishlar bo’lishi mumkin.
Tushlarni qo’llab mashq qilishda siz bu tushlarning muallifi, rejisseri bilan uchrashish usullarini o’rganasiz. Siz unga savollar berish va uning javoblarini qabul qilishni o’rganganingizda miyaning bu yarim sharini maksimal darajada yekspluatasiya qilishingiz mumkin bo’ladi.
Bizning madaniyatimizdan uzoq bo’lgan xalqlar orasida tushlar ta’biri bo’yicha juda oldinlab ketgan xalqlar ham bor. Masalan, Malay yarim orolida yashovchi senoylar. Ular orasida birovga zo’rlik qilish deyarli uchramaydi. Ular doimo tinch va osuda yashashadi. Ular xarakterlari yumshoq va ijodkor xalqdir.
1972 yilda antropolog Kilton Styuart bu xalq haqida quyidagilarni yozgan. U nonushtaga yig’ilgan oddiy senoy oilasini yoritgan. Oiladagi hamma, hatto, yendigina gapirayotgan bolalar ham o’z tushlari haqida gapirib berishgan. Ularning har biri ko’rgan tushlarini aniq yeslashadi. Chunki ular yoshligidanoq bunga o’rgatilgan. Masalan, yosh bola tushida u yo’lbarsga duch kelganini aytadi. Uni taxlil qilayotib, otasi uning nima qilganligini so’raydi. Bola bor kuchi bilan yo’lbarsdan qochganligini aytadi.
Senoylar odati bo’yicha ota bolaga tushida xavfli obyektlar bilan uchrashganda nima qilish kerakligini aytadi. Ya’ni yo’lbars faqat qochayotgan odamgagina xujum qilishi mumkinligi, shuning uchun mardlarcha yo’lbarsga yuzlanish kerakligini aytadi. Agar bola bunday qila olishiga shubhalanaversa, otasi unga “tushidagi do’slari”ni chaqirish kerakligini tushuntiradi.
Xavfga yuzlanish va uni yengib chiqish senoylar hayotidagi yeng asosiy qoidadir. Keyin yesa bola yengilgan yo’lbars unga xadya tortiq qilishi kerakligini o’rganadi. Bu narsa unga yoki qabilaga foydali nimadir bo’lishi kerak. Bu o’yin, raqs yoki biron kiyim fasoni bo’lishi mumkin. Lekin u albatta foydali va yaxshi bo’lishi kerak. Agar bu yaxshi sovg’a bo’lmasa, qaytib undan yaxshiroq narsa berish kerakligini so’rashni o’rgatishadi. Oxirida yesa bola bu tushni yaqin orada yana ko’rishini va unda u nima qilishi kerakligini bilishini aytishadi. Bola bo’lsa tuz orada albatta bu tushni qaytadan ko’radi va o’zini senoylar qoidalari asosida tutadi.
Agar senoy tushida yiqilganini aysa, bu juda ajoyib tush yekanligini aytishadi. Unga yana yiqilishda davom yetish kerakligini va o’zini uchayotganligini his qilishi kerakligini aytishadi. U yerga qo’nganda albatta biror ajoyib narsaga duch kelishini aytishadi. Agar u dushmanlar orasiga tushib qolsa, unga “tushdagi do’stlar” yordam berishadi.
Har bir yosh senoy tushlarda uning rivojlanishi uchun kerak bo’ladigan uchta prinsipni yegallashi kerakligi uqtiriladi: xavfdan yuz o’girmasdan, unga tik boqish va uni yengib chiqish, lazzat olishga intilish, ijobiy natijaga yerishish. Senoylar balog’atga yetganlaridan keyin dahshatli tushlarni deyarli ko’rmaydilar. Buning o’rniga ular ko’radigan har bir tush ularning rivojlanishiga yordam beradi va qabila uchun foydali takliflar va g’oyalar beradi.
Bizga senoylardan farqli ravishda tushlarimizni boshqarish anchagina og’ir bo’ladi. Ko’pchiligimiz tushlarni boshqarishga yetarlicha vaqt va kuch ajrata olmaymiz. Ushbu treningda biz senoylar texnologiyasining ayrim usullarini o’rganamiz. Tushimizda yemas, balki ongli holatimizda tushlarimiz strukturasini qayta qurishni o’rganamiz. Chuqur bo’shashganlik holatida fantaziya yordamida senoylar prinsipini qo’llagan holda tushlarimizni qayta ko’rish va ulardagi voqyelarni o’zgartirishni o’rganamiz. Bu narsa sizning yemosional holatingizning o’zgarishiga olib keladi va ko’nglingiz xotirjamlashadi.
9-kategoriya. Yerkin assosiasiyalar
Yerkin assosiasiya umuman mantiqiy aloqasi bo’lmay turib paydo bo’ladigan g’oyalarga aloqadordir. Albatta, siz fikrlaringizning bir mavzudan to’sattan unga aloqasi bo’lmagan boshqa mavzuga o’tib ketishiga guvoh bo’lgansiz. Bunday holat musiqa tinglayotganingizda, sayr qilib yurganingizda yoki boshqa miyaning chap yarim shari aktivligi kamayadigan holatlarda paydo bo’ladi.
Bu kategoriyadagi mashqlarni bajarayotib, siz yerkin assosiasiyadan o’zingizning tushlaringiz ma’nosini yaxshiroq tushunib olishni o’rganasiz. Yertalab kechasi ko’rgan tushingizning mazmunini yozib bo’lganingizdan keyin kallangizga kelgan har qanday narsani yozishingiz kerak. Fikrlaringizning o’zi xohlagan yo’nalishda oqishiga ruxsat bering.
Tushga bog’liq assosiasiyalar uning o’zidan kam muhim yemas. Yerkin assosiasiyalar paydo bo’lish jarayonida tushning rasshifrovkasi sodir bo’ladi. Tushlarda simvollar bilan yashrilgan axborotlarni interpretasiya qilishda uning mazmunini yozib bo’lganingizdan keyin kallangizga kelgan har qanday fikr juda muhimdir.
Yerkin assosiasiya ongni xuddi ruletkadagi sharikdek bitta yacheykadan ikkinchisiga sakrashi va borib biror yacheykada to’xtashiga olib keladi. Lekin bunda tasodifiy jarayon yuz bermaydi. Quyi ong sharikning har bir harakatini yo’naltirib turadi va u hissiy tortish kuchi yeng ko’p bo’lgan joyda to’xtaydi.
Siz yerkin assosiasiyalarning kunning xohlagan vaqtida bajarishingiz mumkin. Lekin ular hali to’liq uyg’onmasingizdan oldin, yerta tongda yeng samarali bo’ladi. Bu vaqtda tushlarga yashirilgan xabarlar yuzaga chiqadi va ular quyi ongning burchaklarida g’oyib bo’lishdan oldin tushuniladi.
Ongingizning hissiy tomonlarini o’rganishda siz og’ir va og’riqli xotiralarga ham duch kelasiz. Agar shunday bo’lsa, siz buni hayotingizning ajralmas qismi sifatida qabul qilishingiz kerak. Bu sizga o’tmish xotiralari va bugunga kun haqiqatini o’zaro kelishtirishingizga yordam beradi. Chunki bizning ijodiy potensialimiz faqat xursandchilik va shodliklardan iborat bo’lgan bolalikka asoslanmaydi, balki shodliklar, xafagarchiliklar va o’tkir kurash natijasida bizning unikal shaxsimiz rivojlanadi.
10-kategoriya. Miya o’ng yarim shari sovg’alari
Bu mashqni bajarish vaqtingizda oladigan sovg’alaringiz miyaning ijodiy va intuitiv o’ng yarim shari tomonidan tanlanadi. Lekin sizga berilgan qimmatbaho toshlar orasidan olmoslarni aniqlab olish uchun chap yarim sharning mantiqiy va analitik kuchi kerak bo’ladi.
Yesdan chiqarmang, bu treningning maqsadi o’ng yarim sharning to’liq g’alabasini ta’minlash va asosiy vazifasi mantiqiy fikrlash bo’lgan chap yarim sharning funksiyalarini rad qilish yemas. Bizning maqsadimiz – u yoki bu vazifani bajarayotib ikkala yarim sharning ham o’zaro kelishib, mutanosib harakat qilishidir. Shuning uchun ham oxirgi ikki kategoriya mashqlari davomida sizga hayotingizda sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarga chap yarim sharni ham jalb qilishdir.
Bu mashqlar yeng katta qimmatga yega. Masalan, siz yangi hududda turli mahluqlar mavjudligini sezib qolsangiz, sizga ularga ism berish, ular haqida ko’proq narsa bilib olish, ularning sizning hayotingizdagi o’rnini aniqlash taklif qilinadi. O’lik ajdarlar olov purkashmaydi. Shunday yekan oldingizdan chiqqan olov purkovchi ajdarlar sizning hayotingiz oqimidagi suv osti toshlarining tashqi ko’rinishi bo’lishi mumkin. Anglangandan keyin bu to’siqlar unchalik qo’rqinchli tuyulmaydi.
Siz quyi ongingiz yo’lingizda uchragan maxluqlarni aniqlab olish uchun chap yarim sharga murojaat qilasiz. Birgalikda ishlash jarayonida ikkala yarim shar sizga quyi ongdagi qo’rquv va xavfsirashlarni qanday yengishni o’rgatishadi.
Bu dasturni tugatguncha balki siz ijodiy faoliyatingizga qarshilik qiladigan ayrim to’siqlarni yengishingiz mumkin bo’ladi. Tasodifan paydo bo’ladigan ilxom yangi loyihalarni boshlashingizga yoki oldingisini keskin o’zgartirishingizga sabab bo’lishi mumkin. Bu holda chap yarim shar sizga qaysi g’oyalarni darrov amalga oshirish keragu, qaysilarini ikkinchi darajali deb hisoblash kerakligini ko’rsatadi. Barcha mashqlarda ham chap yarim shar qatnashsada, bu mashqda siz uning yordamiga o’zingiz murojaat qilasiz.
11-kategoriya. Ta’kidlar
Odamlar “Men buni qila olmayman” deyish bilan o’zlarining muvaffaqiyasizliklarini oldindan belgilab berishadi. O’zingizga o’zingiz qo’ygan chegaralanishlardan qanday xolos bo’lish mumkin? Oxirgi so’z sizning ichki sudyangizda qoladi. Chunki uning chiqargan qarorini dunyoda hyech narsa o’zgartira olmaydi. Faqat uning o’zi bu qarorni qyta ko’rib chiqishi mumkin.

Yüklə 71,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin