Neyrokognitiv tadqiqotlar. Uyqu va amneziya. Ongning zamonaviy nazariyalari


– MAVZU. Kompyuterlar va sun’iy intellekt



Yüklə 71,92 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü71,92 Kb.
#166849
1   2   3   4   5
4 lek kognitiv

9 – MAVZU. Kompyuterlar va sun’iy intellekt.
REJA:

  1. Cun’iy intellekt tushunchasi.

  2. Til va sun’iy intellekt.

«Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQShda paydo bo’ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda ham keng kullanila boshlandi.


1921 yilda o’n yetti nafar amerikalik psixologga quyidagi uch savol bilan murojaat qilingan:

  • Intellekt o’zi nima?

  • Intellektni guruh sinovlari orqali qay darajada o’rganish mumkin?

  • Intellektni o’rganishdagi keyingi qadam qanday bo’lmog’i lozim?

Natijada ikkita bir-biriga o’xshash bo’lgan javob olinmagan. Bu hol bugungi kunda ham takrorlanadi, deyish qiyin-u, ammo hozirgi psixologlarga ham shu savollar berilsa, bir-biriga o’xshash javoblar olish qiyin.
Shunday qilib, intellektni aniqlashda yetarli qiyinchiliklar bilan to’qnash kelamiz. Quyida yesa intellekt bo’yicha asosiy yondoshuvlarni keltirishimiz mumkin:

  • Intellekt – bu intellektual testlar orqali aniqlanadigan jarayon.

  • Intellekt – bu umumlashtirilgan ta’lim olish qobiliyati.

  • Intellekt – bu majoziy abstrakt fikrlash qobiliyati.

  • Intellekt – bu murakkab muhitga moslashuv, unda o’zini tutish samaradorligini ta’minlaydigan jarayon.

Bu ta’riflarni chuqurroq ko’rib chiqamiz. Birinchi ta’rifni birinchi bo’lib Yedvin Boring (Boring) taklif yetgan. Bu nuqtai nazar intellektni tushunishda yagona yondoshuv yo’qligidan darak berar yedi. O’lchov vositasi orqali intellektga ta’rif berish uning tarkibiy tahlilidan voz kechish sifatida qabul qilingan.
Intellektga bunday ta’rif berish orqali tadqiqotchilar, yuzaki ma’noda aqliy holat, balki inson hayotida kunda hal qilinadigan masalalarga o’xshash turli masalalarni yechishga imkon beradigan aniq intelekt holda borayotganini yoritib berishga intilganlar. IQ testlar yordamida namoyon bo’ladigan psixometrik sifatlar asosida intelektga ta’rif berish osonroq, shuning uchun qam foydalanishga qulay. Birinchi qarashda u sodda va oddiy ko’rinadi, lekin aslida unday yemas. Intelekt testlari Xudo ko’ngilga solganday tuzilmaydi: ular tabiat qonun qoidalariga asoslanadi, masalan, ijobiy turli-tumanli, sinaluvchilarni tabiati qay darajada ajralib tursa ham, test sinovidan o’tkazilganda ijobiy taraflari aniqlanadi. O’zaro testlardagi aloqalarda, umumiy yakunlik aniqlanadi, bu birga teng, bu umumiy kuchli omil borligidan darakdir (Ayzenberg).
Intellektni yeng qadimiy tushunchasi, bu ma’lumot olishga qobiliyatdir. Lekin bunda biz intellektni insonning bir taraflama o’qish, ma’lumot olish qobiliyatini bog’lab qo’yamiz. Bu masalani ko’rib chiqib, Anastazi savol beradi: nimani o’rganish, nimadan ma’lumot olish? Va o’zi javob beradi, bizning tushunchamizda bu maktabda ma’lumot olish bilan bog’liqdir.
Ko’p ilmiy izlanishlar intellektni aniqlash testlari ma’lumotli bo’lishdagi muvafaqqiyatlar bilan bog’liq (korrelyasiya koyeffisiyenti 0,50 ga teng, bog’liqlik boshlang’ich sinflarda balandroqdir, keyin esa sekin asta pasayish kuzatiladi). O’qitilishda qo’yilgan baholar, uning jarayonin iemas, natijasini aniqlab beradi. Intellekt testlari ham, maktab baholari ham, insonni hayotiy vaziyatlarda qay darajada o’zini tuta bilishini aniqlab bera olmaydi.
Intellektni ma’lumot olish qobiliyati bilan tenglashtirib bo’lmaydi, chunki intellekt bu rivojlangan fikrlash qobiliyatidir. Shuningdek, uni abstrakt fikrlash qobiliyatiga ham tenglashtirib bo’lmaydi. Kognitiv psixologiyada yesa bu masalalarni yechishga tenglashtirilib o’rganiladi. Intellektni abstrakt fikrlash qobiliyati cheksiz hisoblanib, uni intellekt testlari bilan o’lchab bo’lmaydi.
Hozirda intellektning moslashuv faoliyati ko’proq tarafdorlarini topayapti, Piaje (Piaget) uchun intellekt mohiyati muhit bilan organizmni moslashuvi, rivojlanish yesa bundan ham ko’proq moslashuvda (adaptasiyada) namoyon bo’lishi demakdir. Vernon (Vernon) shaxsning intellekti, uning xulq-atvorining yegiluvchanligi va murakkabligi, hayot davomida shakllangan xulqiga mosdir, deb ta’kidlaydi.
Intellektni shaxsning atrof-muhitdan alohida ta’riflab bo’lmaydi. Atrof-muhit bilan bog’liqlik oddiy moslashuv yemas, balki faol harakatdagi bog’liqlik sanaladi. “Intellekt tushunchasi individning faol harakatlari va o’rab turgan atrof-muhit bilan o’zaro aloqalari samaradorligi oqibatida belgilanadi”.
Intellektning bunday tushunchasini, ma’lumot olishga bo’lgan qobiliyat, abstrakt fikrlash yoki boshqalar yemas, balki rivojlanib kelayotgan bir jarayon deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir. Intellekt – natija yemas, balki jarayondir. Bu yuzadan muhokama qilingan masalalarning barchasi nazariy xarakterga yega. Bizni yesa avvalo intellektni o’lchangani qiziqtiradi.
Bir necha yillardan beri nazariy izlanishlar natijasida endi amaliyotda intellektning o’lchovlarini aniqlash imkoniyati paydo bo’ldi.
Binening intellektni aniqlash testlarining amaliy va nazariy bahosi qay darajada past bo’lmasin bu fikr metodologik tamoyil va kelajak uchun ahamiyati kattadir.
1956 yil AQShda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’sha paytda mutaxassislardan ko’pchiligi yaqin o’n yil ichida sun’iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya’ni 1981 yili sun’iy intellekt buyicha Kanadada bo’lib o’tgan Xalkaro konferensiyada birinchi uchrashuvning o’nta katnashchisidan beshtasi kilingan bashoratlar o’ta optimistik bo’lganligini, muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo’lsa-da bu yunalishda ko’pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun’iy intellektni yaratish buyicha ilmiy ishlar ko’pgina davlatlarda olib borilyapti.

Yüklə 71,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin