5
ezgu fazilatlari folklor asarlarida badiiy in`ikosini topganligi
vatanimiz tarixini
o`rganishda katta ahamiyat kasb etadi.
Vatanimizda Istiqlol yillarida folklor bilan bog`liq bir qancha qarorlar qabul
qilindi va xayrli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 1991 yildan buyon Navro`z
bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda. Keyingi yillarda o`zbek
folklori namunalarining ko`plab nashr etilayotgani ham og`zaki ijodimizga Davlat
siyosati darajasida baho berilayotganini ko`rsatuvchi dalildir.
1998 yilning 13 yanvar’ kuni Prezidentimiz I.A.Karimov
«Alpomish»
dostonining 1000 yilligini nishonlash haqidagi farmonga imzo chekdi.
Yubiley
tantanalari 1999 yil noyabr oyida Surxondaryoda keng nishonlandi.
YUNESKOning 1999 yil noyabrdagi 30-sessiyasida «Avesto» kitobining 2700
yillik yubileyini nishonlash haqidagi qarori qabul qilingan edi. 2000 yil 23 martda esa
bu ezgu tashabbusni qo`llab - quvvatlovchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to`g`risidagi
qarori qabul
qilindi. Shundan so`ng bu qadimiy kitob haqida o`nlab maqolalar, tadqiqotlar e`lon
qilindi. Shoir Asqar Mahkam asarning kattagina qismini o`zbek tiliga she`iy usulda,
atoqli olim Mirsodiq Is’hoqov esa nasriy yo`lda tarjima qilib nashr ettirdilar.
«Avesto» yubileyi tantanalari 2000 yil 3 noyabrda Zardusht va uning ulug`
kitobi vatani hisoblanmish Xorazmda bo`lib o`tdi.
«Avesto» eng qadimgi folklor namunalarini o`zida
mujassamlashtirgan va
keyingi davrda yaratilgan folklor hamda yozma adabiyotga juda ko`plab mavzular
bergan tarixiy va o`lmas kitobdir.
Prezidentimiz I. Karimov deyarli har bir asarida milliy va ma`naviy
qadriyatlarimizni,
jumladan, xalq og`zaki ijodi namunalarini o`rganishga alohida
e`tibor berib kelmoqda. Fikrimizga I. Karimovning «Yuksak ma`naviyat – engilmas
kuch» nomli kitobidagi quyidagi so`zlari dalil bo`ladi: «O`z
tarixini bilmaydigan,
kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q». Zero, xalq og`zaki ijodi
namunalari ham ulug` va boy tariximizning bir qismidir.
1999 yildan O`z R Vazirlar Mahkamasi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
asosida Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ochish haqida qaror qabul qildi.
Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi natijasida xalq og`zaki
ijodi fanini
Akademik litseylarda alohida nazariy va amaliy kurs sifatida o`rganishga soatlar
ajratilgan. Bu esa talabalar oldiga o`zbek folklori namunalarini mukammal o`rganish
hamda ularda ilgari surilgan ezgu g`oyalarni o`zlashtirib olish talabini qo`yadi.
Dostları ilə paylaş: