Mavzu: O’lchash xatoliklari . O’lchash
texnikasi
Reja:
1.Xatoliklar turlari
2.O’lchash asboblarining aniqlik klasslari
3.Analog o’lchash
asboblarining turlari
4.Raqamli o’lchash asboblari
O‘lchov asboblarning aniqlik klassi
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini
oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan
foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda
berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan
xatolikni
tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har
xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha
bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaraganda o‘lchash
vositasining umumiy xatoligi
meyorlangan qiymatdan ortib
ketmasligi kerak. Har bir ulchash asbobining xatoliklarini
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar
asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari
Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik
tavsiflariga etibor berishimiz lozim.
O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflariga ko‘ra o‘lchanadigan
kattalikdan kelgan signalni o‘zgartirgich (masalan oddiy qilib
aytganimizda, ketma – ket
ulanishdagi ampermetr, parallel ulanishdagi
voltmetetr yoki universal priborlar, yani shu bilan birgalikda texnologik
jarayonlar bilan va avtomatik texnik vositalarni nazorat qilish
datchiklardagi signallarni bloklar orqali hamda funktsiyasini yetkazib
berishdagi signallarni o‘zgartirgish) orqali, sezgirligi, o‘lchash xatoligi,
o‘lchash diapazoni, sezgirlik ostonasi, hususiy energiya sarfi va
ishonchliligi kiradi.