IKKITA BIR XIL ISH BAHOLANMAYDI!!! KO’CHIRMANG VA KO’CHIRTIRMANG
MUSTAQIL ISH KONTENTI (BARCHA SAVOLLARGA JAVOB TOPISH SHART!). I. Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati:
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi haqida umumiy tushunchalar;
Javob
Tarmoq- bu o’zaro ma’lumot almashishi uchun bir biriga ulangan bir necha mantiqiy qurilmalarni hisoblanadi. Ya’ni biz ishlatadigan internetimiz ham aslida bir necha serverlarning birlashmasidan tashkil topgan. Biz internetdan oladigan ma’lumotlarimiz qaysidir serverda mavjud va biz uni qurilgan tarmoq orqali ko’rishimiz mumkin. Oddiygina bitta xonadagi kompyuterlar ham bir biri bilan ma’lumot almashsa tarmoq hosil qilingan bo’ladi. Tarmoq asosan quyidagilarda tashkil topgan bo’ladi:
tarmoq kompyuterlari
aloqa kanallar
har xil turdagi signal o’zgartirgichlari;
tarmoq qurilmalari.
Tarmoq qurilmalariga Router, Swich, Server larni misol keltirishimiz mumkin.
Tarmoq hududiy jihatdan bir nechatga bo’linadi:
PAN ( Personal Area Network) – inson atrofida qurilgan tarmoq
LAN Local Area Network – bitta bino ichidagi tarmoq;
VLAN Virtual Local Area Network – vertual lokal tarmoq
CAN (Corporate Area Network) – bir nechta tarmoqdan tashkil topgan tarmoqlarning birlashmasi
Global Area Network) – global tarmoq
Simli va simsiz tarmoqlar tasnifi, ularning turlari va arxitekturasi;
Javob
Tarmoqlar 2 xil bo’ladi: simli va simsiz;
Agarda biz kompyuterlarimizni bir biriga kabel orqali bog’lab tarmoq hosil qilsak bu simli tarmoq hisoblanadi. Kabellarning bir necha turi mavjud. Masalan: koaksial kabel, o’rama juftlik, optik tolali kabellar. Bunday bog’lanish turlarini bir nechta afzallik va kamchiliklari mavjud:
Afzalliklari:
Xavfsizlik. Ya’ne ruxsat berilmagan foydalanuvchilar kira olmasligi
Tezlik. Ya’ne ma’lumot uzatish tezligi yuqori
Shovqin. Ya’ne shovqin past bu esa paketlarni yuqolishini oldini oladi.
Narx. Narxi nisbatan arzonroq
Kamchiliklari:
Kabellar. Ya’ne kabellardan foydalanish noqulaylik tug’dirishi mumkin.
Harakatning yetishmasligi. Ya’ne kabel qayergacha yetsa ma’lumot usha yergacha boradi.
Vaqt. O’rnatishda ko’proq vaqtbtalab qiladi
Texnik xizmat. Serverlar uchun texnik xizmat qimmat.
Simsiz tarmoq kundalik hayotimizda ko’p ishlatadigan tarmoq hisoblanadi. Asosiy simsiz texnologiyalar quyidagilar:
Wi-Fi , ayniqsa uy tarmog'ida mashhur bo'lib, simsiz ulanish nuqtasi texnologiyasi
Kam quvvatli va ko'milgan ilovalar uchun Bluetooth
4G va 3G uyali aloqa xizmatlari
ZigBee va Z-Wave kabi simsiz uylarni avtomatlashtirish standartlari
Afzalliklari:
O’rnatish. Ya’ne o’rnatsh ko’p vaqtni olmaydi va judayam qulay
Tarmoq barqarorligi. Bir nechta tugunlar ishlamay qolsa ishlaydigan tugun orqali o’tiladi
Kamchiliklari:
Hujum ko’p.
Masofaning qisqaligi
Masofa uzolashgan yoki foydalanuvchi ko’paysa tezlik kamayadi