Kengaytirilgan xotira - bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir.
Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud:
XMS spetsifikasiyasi (u holda bu xotirani XMA - extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha;
EMS spetsifikasiyasi bo’yicha (xotirani EM - Expanded Memory deb ataladi).
Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pincha kengaytirilgan xotirani virtual (elektron) disklarni tashkil etish uchun ishlatiladi.
Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo’lmagan 64 kilobaytli soxasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta xotira deyiladi; HMA - High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni ishlatishda ham adreslanishi mumkin.
HMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |