Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Mustaqil Ish Mavzu



Yüklə 121,02 Kb.
səhifə1/5
tarix15.06.2023
ölçüsü121,02 Kb.
#130577
  1   2   3   4   5
Mustaqil ish2


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Mustaqil
Ish
Mavzu: Tarmoq resurslarini dinamik boshqarish tizimining vazifalari va tuzilishi.
Bajardi:Mirkomolov Ibrohim 413-19
Toshkent-2023
Reja:

  1. Kirish

  2. Statik marshrutlash

  3. Dinamik marshrutlash

  4. Dinamik ishlov berish

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan Adabiyotlar

Mijoz ob'ekt bilan bog'langandan so'ng, u ob'ekt usullarini proksi-server orqali chaqirishi mumkin. Bunday uzoqdan qo'ng'iroq qiluvchi (Remote


Method Invocation, RMI) marshaling va parametrlarni uzatish nuqtai nazaridan RPC ga juda o'xshaydi. RMI va RPC o'rtasidagi asosiy farq shundaki, RMI kabi avval aytib o'tilgan, asosan ob'ektlarga ichki tizim havolalarini qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, umumiy mijoz va server stublariga ehtiyoj yo'q. Buning o'rniga, biz ancha qulayroq va ob'ektga xos stublardan foydalanishimiz mumkin.
Tarmoq ekspluatatsiyasining muammolaridan biri – Dinamik boshqaruv tizimlarida (DBT) amalga oshiriluvchi axborot oqimlarini boshqarishni optimallashtirishdir.
DBTning asosiy vazifalari tarmoqga kiruvchi va tranzit yuklanishni cheklashga yo‘naltirilgan oqimlarni boshqarish va axborot oqimlarini taqsimlashni ta’minlab beruvchi marshrutizatsiyani optimallashdir.
Marshrutizatsiyani optimallash umumtarmoq yoki lokal kriteriyalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida marshrutizatsiyaning asosiy vazifasi paketlarni jo‘natuvchidan qabul qilib oluvchigacha bo‘lgan yo‘lni tanlashdan (aniqlashdan) iborat bo‘ladi.
Bunday vazifa tarmoqlarda paketlarni bir tugundan boshqa tugunga manzil bo‘yicha yuborishda, ya’ni optimal yo‘l topishda ancha qo‘l keladi.
Paketlarni marshrutizatsiyalash algoritmi – bu tugunga kelayotgan paketlarni (jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning manzillari) manzillari bo‘yicha, butun trakt bo‘yicha, bir tugundan ikkinchi tugunga yuborishni tartibga soluvchi qoida. Bunday jarayon telekommunikatsiya tarmoqlarining istalgan topologiyalarida ishlatilishi mumkin, qachonki bunday tarmoqda paketlar kommutatsiyasi usuli qo‘llanishi mumkin bo‘lsa.
Lekin ba’zida (xalqa, shina, yulduz, mesh, daraxtsimon va boshqalar) topologiyali tarmoqlarda paketlarni kommutatsiyalashda ularni manzil bo‘yicha yuborishda marshrutizatorlar ishlatiladi.
Paketlarni manzillar bo‘yicha uzatishni ta’minlash bo‘yicha marshrutizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
- tugunlarda paketlarni qabul qiluvchigacha uzatishda ushlanib qolish vaqtini kamaytirishni ta’minlab berish;
- tarmoqning maksimal o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta’minlash;
- paketlar hajmidagi axborotlar xavfsizligini ta’minlash;
- paketlarni qabul qiluvchigacha yetkazish ishonchliligini oshirish.
Marshrutizatsiyaning 2 turi mavjud:
* Statik;
* Dinamik.



Yüklə 121,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin