Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti



Yüklə 6,7 Mb.
səhifə53/83
tarix24.08.2023
ölçüsü6,7 Mb.
#140412
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI

RChKning tanlovchanligi uning tarkibiga kiradigan rezonans tizimning tanlovchanligi orqali aniqlanadi. Miqdoriy jihatdan σU tanlovchanlik berilgan Δƒ nosozlanishda KΔƒ kuchaytirish koeffitsienti K0 rezonans kuchaytirish koeffitsientidan qancha martaga kamayishini ko‘rsatadigan son orqali xarakterlanadi:


σU = K0/KΔf
Ktb to‘g‘ri burchaklilik koeffitsienti 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan a so‘nishdagi o‘tkazish polosasiga nisbatiga teng. So‘nish qiymati odatda o‘nga karrali (10, 100, 1000 va h.k. yoki 20, 40, 60 dB) tanlanadi.
To‘g‘ri burchaklilik koeffitsienti 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan 0,1 sathdagi o‘tkazish polosasiga nisbatiga teng (11.6- rasm).


kp0.1 = ΔF0/ ΔF0.1
Boshqa to‘g‘ri burchaklilik koeffitsientilarini ham shunday tarzda aniqlash mumkin:


kp0.01 = ΔF0/ ΔF0.01; kp0.001 = ΔF0/ ΔF0.001

11.6- rasm. 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan 0,1 sathdagi o‘tkazish polosasiga nisbati




Signalning buzilishi. RChKda, umuman radioqabul qilgichning o‘zida uchta turlardagi buzilishlar bo‘lishi mumkin:

  • amplituda-chastotaviy buzilishlar, ular to‘liq tanlovchan tizimning shakli orqali aniqlanadi;

  • faza-chastotaviy buzilishlar FChXning nochiziqliligi natijasi hisoblanadi;

  • foydali signalning past sathi tufayli nochiziqli buzilishlar, ular asosan tashqi polosali kuchli halaqit orqali aniqlanadi.


Yüklə 6,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin