Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə42/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Mobil o‘yinlar bozorining hajmi hozirgi vaqtda 1,6 milliard evroni tashkil etadi, binobarin, bu summaning 50 foizi Janubiy Koreya

va Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. 2017 yilga kelib bozor bozor birmuncha ortadi va 2 milliard evro baholanadi. Bunday sezilarsiz ortishni sababini Screen Digest mutaxassisilari sotali operatorlarning o‘yinlarga emas, balki musiqiy va televizion mobil servislarga e’tibor qaratishiga urinishi deb aytishmoqda. Musiqiy mobil kontent bozorida aksincha, navbatdagi besh yil davomida keskin ortish kuzatiladi. Bozorning hajmi 2006 yildagiga qaraganda 8 martta ortadi va 1,47 milliard evroni tashkil etadi. O‘sishning asosiy omillaridan biri foydalanuvchilarga nafaqat audiotreklar, balki bir vaqtda bo‘ladigan (shu jumladan multimediali) materiallarni taqdim etadigan obuna bo‘ladigan servislarning mumkinligi bo‘lib qoladi. 2017 yilga kelib bugungidek sotali abonentlar ko‘plat musiqiy kompozitsiyalarni mobil telefonlarga personal kompyuterlardan yuklanadi.


    1. OFDM va OFDMA texnologiyalari




OFDM texnologiyalari. Keng polosali radiotizimlarda raqamli kanal uchun asosiy buzuvchi omil ko‘p nurli qabul qilishdan halaqitlar hisoblanadi. Bu halaqitlar turi ko‘p qavatli inshoatli shaharlarda radiosignalni binolar va boshqa inshoatlardan ko‘p martalik qaytishi tufayli efirli qabul qilish uchun juda xarakterli hisoblanadi. Bunday qaytishlar natijasida o‘sha bir signal qabullagichga turli yo‘llar orqali tushishi mumkin. Turli tarqalish yo‘llari turli uzunliklarga ham ega va shuning uchun signalning kuchsizlanishi bir xil bo‘lmaydi. Natijada qabul qilish nuqtasidagi natijaviy signal turli amplitudali va bir- birlaridan nisbatan vaqt bo‘yicha surilgan ko‘plab signallarning superpozitsiyadan (interferensiyasidan) iborat bo‘ladi, turli fazali signallarni qo‘shilishiga ekvivalent bo‘ladi. Agar uzatkich tashuvchisi ν chastotali va A amplitudali yin=Asin2πνt garmonik signalni tarqatayotgan bo‘lsa, u holda qabullagichda quyidagi signal qabul qilinadi:

bu yerda ti – i-nchi yo‘l bo‘yicha signalning tarqalishini kechikishi (2.4-rasm).
Ko‘p nurli interferensiyaning natijasi qabul qilinadigan signalning buzilishi hisoblanadi.
2.4- rasm. Signalni ko‘p nurli tarqalishi modeli

Ko‘p nurli interferensiya har qanday signallar turlari uchun xarakterli bo‘lib, ayniqsa u keng polosali signallarga salbiy ta’sir qiladi. Ish shundan iboratki, keng polosali signal ishlatilganida interferensiya natijasida ma’lum chastotalar sinfaz qo‘shiladi, bu signalning ortishiga olib keladi, ayrimlari esa, aksincha, qarama qarshi-fazada qo‘shiladi va bu chastotadagi signallarni kuchsizlanishiga olib keladi (2.5- rasm).

Signallarni uzatilishida vujudga keladigan ko‘p nurli interferensiya haqida gapirilganida ikkita chegaraviy holga ajratiladi.

Signalning kengligi Signalning kengligi

Uzatilgan signal spektri Qabul qilingan signal spektri
2.5- rasm. Ko‘p nurli interferensiyaning mavjudligi hisobiga signalning buzilishi
Birinchi holda turli signallar orasidagi maksimal kechikish bitta simvolning davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘lmaydi va interferensiya bitta uzatiladigan simvol chegaralarida vujudga keladi. Ikkinchi holda turli signallar orasidagi maksimal kechikish bitta simvolning davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘ladi va interferensiya natijasida turli

simvollarga ega bo‘lgan signallar qo‘shiladi va simvolaro interferensiya (Inter Symbol Interference, ISI, 2.6- rasm) vujudga keladi.

Bitta simvolning davomiyligi (Т davr)

Тo’g’ri ketma-ketlik


Kechiktirilgan ketma-ketlik
Ichki simvolli interferensiya Simvollararo
interferensiya

2.6- rasm. Simvolaro interferensiya va simvollar ichki interferensiyaning vujudga kelishi
Signalning buzilishiga simvollararo interferensiya eng salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Modomiki, simvol bu tashuvchi chastotasi, amplitudasi va fazasi qiymatlari orqali xarakterlanadigan signalning diskret holati ekan, u holda turli simvollar uchun signalning amplitudasi va fazasi o‘zgaradi, shuning uchun dastlabki signalni qayta tiklash juda murakkab bo‘ladi. Buni oldini olish, aniqrog‘i, ko‘p nurli tarqalish samarasini qisman kompensatsiyalash uchun chastotaviy ekvalayzerlar qo‘llaniladi, lekin simvollar tezligini ortishi hisobiga yoki kodlash sxemasining murakkablashishi hisobiga ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishi bilan ekvalayzerlardan foydalanish samaradorligi kamayadi.

Shuning uchun 4G standartlarda tamoyilial boshqa ma’lumotlarni kodlash usuli ishlatiladi, u shundan iboratki, uzatiladigan ma’lumotlar oqimi chastotalar nimkanallari ko‘pligi bo‘yicha taqsimlanadi va uzatish bu barcha nimkanallarda parallel olib boriladi (2.7- rasm) [14].
Bunda yuqori ma’lumotlarni uzatish tezligiga aynan barcha kanallar bo‘yicha ma’lumotlarni bir vaqtda uzatilishi hisobiga erishiladi, alohida nimkanaldagi uzatish tezligi esa yuqori bo‘lmasligi ham mumkin. Agar i-nchi kanaldagi uzatish tezligi Si bilan belgilansa,

Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin