MPEG-2 va MPEG-4 videosignallarni siqish standartlari. 1993 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan MPEG-2 videosignallarni siqish standarti raqamli televizion sifatli uzatishni bo‘lishi uchun harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi va ko‘plab yillar davomida bu texnika yo‘nalishini rivojlantirish yo‘lini aniqladi. Deyarli barcha davlatlar ma’lum darajada MPEG-2 imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirish bilan uni qabul qilishdi. Bu standart bo‘yicha ishlab chiqilgan koderlar 5,5 – 6 Mbit/s oqimlar tezligida katta dinamikali televizion tasvirlarni yuqori uzatilishini ta’minlaydi. MPEG-2 sezilarli darajada harakatlanadigan tasvirlar va ovozni kodlash ususllaridagi ehtiyojini qoniqtiradi. Bundan tashqari, bu standart videokonferens-aloqa, videotelefoniya, ma’lumotlarni saqlash va boshqalarda qo‘llaniladi. U o‘zgarmas va o‘zagruvchan tezlikda ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadi. Bunda kanallarning qayta ulanishi, tahrir qilish, tez to‘g‘ri va tez qayta tiklash, sekin harakatlanish va boshqalar kabi masalalar yechiladi.
Lekin MPEG-2 standarti o‘z cheklashlariga ega, shuning uchun videosignallarni siqishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. Hozirgi vaqtda MPEG-4 AVC yoki XEAI tasniflashi bo‘yicha H.264/AVC (ISO/EC 14496-10 AVC) standarti etarlicha keng ishlatilmoqda. AVC (Advanced Video Coding) qisqartmasi takomillashtirilgan videokodlash standarti sifatida yoyiladi. MPEG-2 standartidan MPEG-4 standartinig (yoki uning takomillashtirilgan versiyalarining) asosiy farqi yagona ovoz, vizual yoki audiovizual kontent sifatida «media-ob’ekt» tushunchasidan foydalanishdan iborat bo‘ldi. Fazoviy siqishda 16x16 elementlardan joriy mikroblok qo‘shni mikrobloklar bilan taqqoslanadi, farq aniqlanadi va faqat u diskret kosinusli o‘zgartirish uchun uzatiladi. Har bir mikroblok o‘lchami bo‘yicha kichik, masalan 4x4 elementlarga bo‘linishi mumkin, bu uzatiladigan tasvirning sifatini oshirishga imkon beradi. Videosignalni siqishda tasvirning sifati bloklarning sezilarligi va bitta blokdan boshqasiga o‘tish – bloklik samarasi hisobiga pasayishi mumkin. Blokli samaralarni kamaytirish uchun MPEG-4 AVC standartida dekodlangan tasvirda tasvirlarning yuqori subyektiv sifatini ta’minlaydigan keyingi qayta ishlash (blokdan chiqarish) filtri qo‘llaniladi. MPEG-4 AVC televizion efirli, kabelli va sun’iy yo‘ldoshli uzatishni bitta dasturga 2 Mbit/sdan kam oqimlar tezliklarida amalga oshirishga, optik va magnit tashuvchilarga (CD, DVD va boshqalarga) video ma’lumotlarni sifatli yozishni ta’minlashga, TCP/IP tarmoqlar bo‘yicha video ma’lumotlarni uzatilishini va multimediali xabarlarni mobil aloqa orqali yetkazilishini sezilarli tezlashtirishga imkon beradi. Ovoz ma’lumotlari manbalaridan signallar ham raqamli formatga o‘zgartiriladi. Bunda dastlab ortiqchalikni yo‘qotish amalga oshiriladi, keyin halaqitbardoshlikni oshirish uchun skremblerlash (randomizatsiyalash), undan keyin kanalli kodlash va navbatlashtirish (interliving) amalga oshiriladi. Ovozni siqishning eng zamonaviy tizimi AAC (Advanced Audio Coding) ovozni kodlash takomillashtirilgan tizimi hisoblanadi, u ISO/IEC 13818 standartning ettinchi qismida spetsifikatsiyalangan. O‘zining samaradorligi bo‘yicha AAS MPEG-1 II darajasidan ikki marta va III darajasidan 1,4 marta ustun. AAS tizimi stereodasturga 96 kbit/s raqamli oqimlarni uzatish tezligida yuqori sifatli ovozni ta’minlaydi. AASni barcha raqamli siqish vositalarida – polosali kodlash, notekis kodlash, Xaffman kodi bilan kodlash (Huffman Codeword Reordening), bitlarni taqsimlash maxsus algoritmlari va boshqalar ishlatadi.