Personal radiochaqiruv tizimlari. Personal radiochaqiruv tizimlari (PRCHT) yoki peyjing abonentlarga operativ va uncha qimmat bo‘lmagan aloqani taqdim etadi. PRCHTning ishlashi ko‘p hollarda ikki tomonlama aloqani tashkil etish zarurati yo‘qligiga, balki faqat qisqa ma’lumotni yoki chaqiruvni uzatilishi etarli bo‘lishiga asoslangan. Bunday masala abonentda peyjer deyiladigan uncha katta bo‘lmagan qabullagich bo‘lganida radiouzatkichlardan foydalanish yo‘li bilan hal etiladi [6]. PRChT ikkita xususiy (lokal) va umumiy foydalanishdagi (uzoq masofali) toifalarga bo‘linadi. Xususiy (lokal) PRChT cheklangan hududda radiochaqiruvni ta’minlaydi, ma’lumotlar foydalanuvchilari guruhi uchun bir yoki bir nechta past quvvatli uzatkichlarni ishlatadi. Chaqiruv umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashmasdan dispetcherlik pultlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy foydalanishdagi peyjing tizimlarida umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i orqali radiokanalda cheklangan hajmli xabar uzatiladi. Zamonaviy peyjing tizimlari umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan avtomatik o‘zaro ta’sirlashishni amalga oshiradi, chaqiruvni va xabarlarni uzatishning raqamli usulini, oshirilgan uzatish halaqitbardoshligi va o‘tkazish qobiliyatini ishlatadi. Oxirgi qurilmalar kichraytiriladi, bu energiya ta’minotini kamaytirishga imkon beradi. Bunday tizimlarning farqli o‘ziga xos xususiyati davlat ko‘lamlaridagi katta xizmat ko‘rsatish zonasi, shuningdek davlatlararo o‘zaro ta’sirlashish imkoniyati, past narx va ishlatishning odiyligi hisoblanadi. Birinchi peyjing tizimi 1956 yilda London gospitallarining birida qurilgan. Birinchi uzoq masofali PRTCh 60- yillarni boshlarida AQSh va Kanadada ishlab chiqilgan. Evropada uzoq masofali PRTCH Gollandiya, Belgiya va Shveysariyada 1964 – 1965 yillarda ishga tushirilgan. PRTCh 80 dan 1000 MGsgacha diapazondagi radiochastotalarda ishlaydi. PRTCh sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan kombinatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tizimlarda foydalanuvchi telefon qo‘ng‘iroqlari haqida ogohlantirilishi va qulay vaqtda javob berishi mumkin. Peyjer shuningdek olib yuriladigan qabullagichga o‘rnatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda hamma joyda peyjing tizimlari sotali aloqa tizimlari (SMS xabarlarini uzatish) orqali surib chiqarilmoqda. SHuning uchun bunday tizimlarni qurish tamoyillarini atroflicha ko‘rib chiqish ma’noga ega emas.