Raqamli ovozli radioeshittirishni rivojlantirish istiqbollari. Tan olish kerakki, raqamli radioeshittirish analog radioeshittirishdan sifati va imkoniyatlari bo‘yicha ustun. Lekin hamma vaqt ham sifatdagi ustunlik DAB – standarti bilan bo‘lganidek miqdoriy ustunlikka o‘tavermaydi. SHuning uchun raqamli uzatish analog uzatishni tez orada almashtirmaydi va an’anaviy radioning yo‘qolishi haqida gapirishga hali erta.
Kutildiki, Evropaning barcha rivojlangan davlatlarida 1997-1998 yillardan muntazam DAB-uzatish boshlandi, 2000 yilga kelib esa Evropaning 80 foiz aholisini uzatish bilan qamrab olish yakunlanadi. Lekin qamrab olishning real sur’atlari taxminlardan sezilarli past bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar mos qabullagichlarni chiqarishni ko‘paytirishga shoshilishmayapdi, chunki sotish bozoriga ishonishmaydi. Bozor esa yangi qabullagichlarni qabul qilishga tayyor emas, chunki ko‘plab tinglovchilar UQTdagi analog uzatish sifatiga qoniqadi va yangi formatning imkoniyatlari ko‘rmayapdi. Shuningdek avtomashinalarda radio emas, balki savdolardan daromadlari radiostansiyalarning muallifliklik o‘tkazmalaridan sezilarli ortiq bo‘lgan yozuvlarni eshitilishidan manfaatdor bo‘lgan ovoz yozish studiyalari kompaniyalari tomonidan real raqobat mavjud. Dastlabki xato shundan iborat bo‘ldiki, DAB faqat texnik standart sifatida ko‘rildi. Lekin texnika tarixi yaqqol ko‘rsatadiki, faqat birgina texnik afzalliklar ommaviy ist’emolchi uchun tovarni tanlashda hal qiluvchi argument hisoblanmaydi, qandaydir boshqa afzalliklar bo‘lishi kerak. Bozor nimani yaxshi kutib olishini topish hal etib bo‘lmaydigan masala. Ham DAT, DCC yoki minidisk, ham kompakt-kassetani surib chiqarmagan va qattiq jismli xotiraning shiddati ostida chekingan ovozni yozish formatlarini yodga olish etarli bo‘ladi. DABni ishlab chiqishda qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatish imkoniyati dastlab qo‘yilgan, lekin uzatish konsepsiyasi dastlabki saqlandi, o‘sha uzatishni qurilishi tamoyili, o‘sha xira reklama bo‘ldi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan keng uzatishli dasturlar asosan o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan o‘rtacha tinglovchiga mo‘ljallangan va umumiy milliy auditoriyaga qaratilgan. Bunday yondashishda auditoriyaning hududiy o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy qiziqishlarni va an’analarni va boshqalarni hisobga olish mumkin emas. DAB standarti lokal, hududiy uzatishga mo‘ljallangan va tijorat radiosining manfaatlariga etarlicha javob beradi, lekin strategiyaning almashishi etarlicha sekin bo‘lmoqda. Iste’molchini qiziqtirish uchun, bu bilan ishlab chiqaruvchini ham rag‘batlantirish uchun BBC birinchi bo‘lib raqamli format uchun yangi dasturni yaratdi, unga boshqa radiouzatish kompaniyalari ham ergashdi. DAB-radioni nafaqat an’anaviy radiodasturlarni (ochiq va kodlangan) translyasiya qilish, balki ish ma’lumotlarini uzatish uchun ham ishlatish rejalashtirilmoqda. U DAB-qabullagichning displeyiga yoki kompyuterning monitoriga telematn ko‘rinishida chiqariladi. Bunday imkoniyat turli jinsli ma’lumotlarni standart telematn formatiga keltirish uchun ishlab chiqilgan MOT (Multimedia Object Transfer) protokolidan foydalanish tufayli mavjud. Bundan tashqari, DAB-xizmatlarni tor abonentlar doirasi uchun mo‘ljallangan shifrlangan ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu xizmatdan filiallar orasida ma’lumotlarni tarqatish uchun banklar, sug‘urta idoralari va boshqa tashkilotlar foydalanishi mumkin. Milliy DAB-loyihalar doirasida rivojlantirish ko‘zda tutilayotgan yana bir xizmat yo‘llardagi holat haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish hisoblanadi. Bu DAB-radio mobil qabul qilishga kuchli yo‘naltirilganligi darajasi tufayli ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Mos ma’lumotlar keng spektrini taqdim etishdan tashqari raqamli uzatish so‘rov bo‘yicha eshittirishlarni va boshqa interaktiv xizmatlarni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Mobil qabullagichlarda teskari kanal sifatida GSM tarmoqlaridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda Bo‘lajak DAB qabullagichlarining asosida yotadigan raqamli texnologiyalar DRM signallarni ham qabul qilinishini mumkin qiladi. Radiostansiyalar uchun qisqa, o‘rta va uzun to‘lqinlarda raqamli uzatishga o‘tish qamrab olish radiusi saqlanganida translyasiya qilishga sarflarni sezilarli qisqartirishni (taxminan to‘rtdan uchga) bildiradi. Bunda uzatish stansiyalari mavjud infratuzilmani ishlatishni davom ettiradi. O‘zbekiston Respublikasida ROREning joriy etilishi mavjud va yangi texnologiyalarni hisobga olganda tizimni tanlash bosqichida turibdi.