Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli xil texnologiyalar ishlatiladi, so’ngi vaqtda ularning soni keskin ortib bormoqda. Ularning ichida eng keng qo‘llaniladiganlari quyidagilardir:
elektr kabellar aloqa tizimlari (EKAT);
tolali optik aloqa tizimlari (TOAT);
yerning sun’iy yo‘ldoshlari (ESY) orqali aloqa tizimlari;
Sanab o‘tilgan aloqa tizimlari kabelli va simsiz tizimlar guruhlariga bo‘linadi [1-3].
Elektr kabellialoqa tizimlari taqsimlash tarmoqlarida (masalan, kabelli televidenie tizimlarida) va olis masofali aloqada keng qo‘llaniladi, lekin xom-ashyo matyeriallarning yuqori narxi (rangli va qimmatbaho metallar), uncha katta bo‘lmagan o‘tkazish polosasi bilan bir qatorda kelajakda bunday tizimlarning raqobatbardoshligini muammoli qiladi. Kabelli tuzilmalarning umumiy kamchiliklari yer yoki suv osti ishlariga bog‘liq katta qurilishi vaqti, tabiiy ofatlar, vandalizm va terrorizm tahdidlariga uchrashi va o‘sib borayotgan yotqizish ishlarining narxi hisoblanadi. Simli tizimlarni qurish bo‘yicha ishlarni sermashaqqat, ayrim joylarda, ayniqsa, shaharlarning tarixiy joylarida, qo‘riqlanadigan hududlarda yoki murakkab releyfda deyarli amalga oshirib bo‘lmaydi. Aholi uchun u bilan bog‘liq noqulayliklar, transportning ishlashini buzilishi, shikastlangan yo‘llar va boshqa bo‘ladigan maummolar shundoq ham turli bosqichlar bilan muvofiqlashtirish protseduralarini murakkablashtiradi va iqtisodiy foydani kamaytiradi.
Tolali optik aloqa tizimlari (TOAT) katta hajmdagi ma’lumotlarning hajmlarini bir necha minglab kilometrlargacha (raqamli oqimlarni uzatish tezliklari 1 Tbit/slardan ortadi) ishonchli uzatishga imkon beradi. Masofalar qisqarishi bilan TOATni joriy etishdan iqtisodiy samara kamayishi mumkin va har bir aniq holda sinchiklab tekshirishni o‘tkazish talab qilinadi.