Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə5/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi




Radiochastotalarning tasniflanishi. Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyatsiyalangan garmonik YUCh tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9ta diapazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli diapazon pastdan 0,3 · 10N Gs va yuqoridan 3 · 10N Gs chastota bilan chegaralangan. Diapazonlarga quyidagi nomlar berilgan (1.1- jadval).
Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, diapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar diapazoni kengligi oshadi, masalan: № 4da Δf4=27 kGs,
№12da esa Δf12=2700 kGs. Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir xil. Uzatish joyidan qabul qilish joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga olish orqali tanlanadi:
    1. Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida radioqabul qilishga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi;


    2. Bu chastotada ishlashi yangi uzatkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi;


    3. Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalarini bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerakligi;


    4. Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan etarlicha katta keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi kerakligi.


Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli radiokanalni qurish barcha 9ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Masalan, №4 diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3- kanalli TLF radioliniyalarini tashkil etish mumkin (ΔFtlf= 0,3 ÷ 3,4 kGs, Δfp = 8 kGs, Δf4 = 27 kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔFuzat= 15 kGs) va TV (ΔFTV= 6 MGs) kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish


mumkin emas. TV uzatish uchun №8 diapazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa odatda UQT diapazon (8 va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL ko‘p kanalli hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar ESY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek UQT diapazonida tanlanadi.



Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin