Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Supergeterodinli qabul qilgichlar oddiy sxemalarini yig‘ilishiga misollar



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə46/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

10.6. Supergeterodinli qabul qilgichlar oddiy sxemalarini yig‘ilishiga misollar
UQT ChM qabul qilgichning prinsipial sxemasi 10.7-rasmda keltirilgan.
VT1 tranzistorda chastotani avtomatik sozlashli detektor kaskadi yig‘ilgan. Bu kaskad to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirishli qabul qilgich hisoblanadi. Kirish konturi qabul qilinadigan radioto‘lqinlar diapazonining o‘rta chastotasiga sozlanadi. L2C4 kontur geterodin konturi hisoblanadi.
Kirish va geterodin signallari aralashtiriladi, farq (tovush) chastotasi tranzistorning yuklamasi hisoblanadigan R3 rezistorda ajratiladi.

10.7-rasm. UQT ChM qabul qilgichning prinsipial sxemasi


S6 kondensator signalning zararli yuqori chastotali tashkil etuvchisini filtrlaydi. Tovush chastotasi signali VT2 tranzistorda yig‘ilgan kuchaytirish kaskadiga, undan keyin dinamikka beriladi.
10.8-rasm. 174 turkumdagi IMSda yig‘ilgan radioqabul qilgichning prinsipial sxemasi


K174 turkumdagi IMSda yig‘ilgan radioqabul qilgichning prinsipial sxemasi 10.8-rasmda keltirilgan. K174 turkumda standart supergeterodinli radioeshittirish qabul qilgichining barcha tugunlari – chastota o‘zgartirgichi, 0,5 Vt gacha chiqish quvvatili OChK va TChKga ega bo‘lgan mikrosxema mavjud. Bu 3 dan 9 V gacha ta’minot kuchlanishida ishlay oladigan va 8-10 mA tok iste’mol qiladigan (past ovoz balandligida) K174XA10 mikrosxema hisoblanadi. Uning tugunlaridan foydalanish bilan oddiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichni yig‘ish mumkin. Bu variantda chastota o‘zgartirgichi ishlatilmaydi, OChK RChK sifatid ishlatiladi va TChK esa o‘z vazifasini bajaradi.
Sezgirlikni oshirish uchun VT1 tranzistordagi istokli takrorlagich ishlatilgan. Detektorlangan tovush chastoasi signali S8 - R3 - S9 filtrlash zanjiri orqali R4 ovoz balandligi rostlagichiga va keyin TChK kirishiga beriladi.

Nazorat savollari
1. Radioqabullash qurilmalarining tuzilish sxemalari nimasi bilan farqlanadi?
2. To‘g‘ridan – to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasini tushuntiring.
3. Detektorli qabul qilgichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllarini tushuntiring.
4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli radioqabullash qurilmasining blok-sxemasini tushuntiring.
5. Chastota bir marta o‘zgartirilishli kuchaytirish traktining sxemasini tushuntiring.
6. Supergeterodinli qabul qilgichning blok-sxemasini tushuntiring.
7. Geterodinning vazifasi nimalardan iborat?
8. UQT ChM qabul qilgichning eng oddiy prinsipial sxemasini tushuntiring.
9. IMSda yig‘ilgan O‘T AM qabul qilgichning prinsipial sxemasini tushuntiring.
10. Chastotani ikkilangan o‘zgartirishli supergeterodinli qabul qilgichning blok-sxemasini tushuntiring.

Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin