Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ish-№1 Mavzu: Yashil iqtisodiyot tushunchasiga oid me’yoriy-huquqiy asos



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#168683
  1   2   3   4
y i 1



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Amaliy ish-№1
Mavzu: Yashil iqtisodiyot tushunchasiga oid me’yoriy-huquqiy asos

Guruh:214-21.


Bajardi: Dilmurodov Zafar
Tekshirdi: Mamatkulov G`ulom
Toshkent 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 20-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Firma nomi
Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi.
Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak.
4-modda. Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar
Firma nomida:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
Firma nomida:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.

Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin