Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 456,68 Kb.
səhifə1/13
tarix30.04.2022
ölçüsü456,68 Kb.
#56771
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mardonov.J 2-MI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telekomunikatsiya texnologiyalari" fakulteti

“Optik aloqa tizimlari” fanidan




Mustaqil ish 2

Mavzu: Optik signallarni qabul qilgichlar

Bajardi: Mardonov.J

Qabul qildi: Nurmurodov.J.X

SAMARQAND – 2022

Mavzu: Optik signallarni qabul qilgichlar
Reja:

1. YArim utsazgichli lazer nurlanish manbalarining ish prinsipi.

2. Yarimo‘tkazgichli lazer nurlanish manbalarining ish prinsipi.

3. Yorug‘lik diodlari.Yorug‘lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari.

4. Lazer1 diodning xarakteristika Isa parametrlari.

5. Lazer diodining turlari: ko‘p modali va bir modali lazerlar.

6. Nurlanish manbalarining qiyosiy tavsifi, ularga tashqi omillarning ta’siri.

7. Optik signalni uzatuvchi modul

1. YArim utsazgichli lazer nurlanish manbalarining ish prinsipi.

OA tizimlari nurlanish manbalariga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar:

- nurlanish manbasining to‘lqin uzunligi optik tolalarning yo‘qotishlarining minimum spektral taqsimlanishlaridan biriga to‘g‘ri kelishi kerak;

- manba tuzilishi chiqishda bir muncha yuqori quvvatli optik signallarni nurlanishini va uni optik tolaga samarali kirishini ta’minlashi kerak;

- manba yuqori ishonchlikka ega bo‘lishi va ko‘p muddatga xizmat qilishi kerak;

- o‘lchamlari, og‘irligi va sarf qiladigan quvvati minimal bo‘lishi kerak;

- texnologiyalarning oddiyligi arzon narxlarni va yuqori ishlab chiqaruvchanlikni ta’minlashi kerak.

Muayyan tizim xususiyatlari nurlanish manbalari tavsiflariga bir qator o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Bu talablar bir modali optik toladan foydalanish bilan axborotlarni uzoqmasofalarga uzatadigan yuqori tezlikli tizimlarda juda qat’iy hisoblanadi. Birinchi navbatda gap nurlanishning spektral tavsiflari xaqida ketadi. Bir modali optik tolada dispersiya tufayli nurlanish impulslarining kengayishi nurlanishni spektr kengligiga va signalllarni uzatish tezligiga proporsionaldir.

Kogerent usulli zamonaviy OA tizimlarida nafaqat qisqa spektrli, balki λ0 to‘lqin uzunligi uzoqmuddatga barqaror bo‘lgan manbalar zarur. Agarda qo‘shni kanallar o‘rtasidagi spektr oralig‘i katta bo‘lmasa, λ0 to‘lqin uzunligining yuqori barqarorligi spektr bo‘yicha ajratilgan tizimlarda ham zarur.

Tabiiyki, yuqori tezlikli tizimlarda nurlanish manbalarining dinamik tavsiflariga ham muhim talablar qo‘yiladi. Boshqa parametrlarini (moda tarkibi, yo‘nalish diagrammasi va boshqalar) jiddiy o‘zgarishisiz nurlanish fazasi, chastotasi yoki jadalligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri modulyatsiyalanishiga imkon beruvchi optik nurlanish manbalaridan foydalanish juda qulay.

Nisbatan past tezlikda signallarni yaqin masofalarga uzatuvchi tizimlarda: shahar, zona, binolar ichida va boshqa OA tizimlarda qo‘llaniladigan nurlanish manbalarining tavsiflariga nisbatan pastroq talablar qo‘yiladi. Bu tizimlarda pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik tolalardan foydalaniladi. O‘tkazishni chastota polosasi optik tolalarning modalararo dispersiyasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun yuqorida aytib o‘tilgan OA tizimlarida kogerent manbalardan foydalanish o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

OA tizimlari uchun optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma’lum: yarim o‘tkazgichli, tolali va xajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar). Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beradi, lekin faqat yarim o‘tkazgichli manbalar, ya’ni yorug‘lik diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi. Yarim o‘tkazgich nurlanish manbalarining jadal rivojlanishi birinchi navbatda yuqori samaradorlik bilan elektr toki energiyasini bevosita optik nurlanishga aylantirishi, yuqori tezlikda tok bilan kuch berilishidan nurlanish parametrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish imkoniyatini mavjudligi, og‘irlik va o‘lchamlarini kichikligi kabi OA tizimlari uchun muhim bo‘lgan ijobiy xususiyatlarning birikuviga bog‘liq.




Yüklə 456,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin