5.2.3. Tashqi rezonatorli lazerlar
Tashqi rezonatorli lazerlarda bir yoki ikkala ko‘ndalang yoni aks ettirishni kamaytiruvchi, maxsus qatlam bilan qoplanadi va mos ravishda yarim o‘tkazgich aktiv sohasini atrofida bitta yoki ikkita ko‘zgu qo‘yiladi. 4.16-rasmda bitta tashqi rezonatorli lazer ko‘rsatilgan.
7.16–rasm. Bitta tashqi rezonatorli lazer.
Aks etishni kamaytiruvchi qoplama aks etish koeffitsiyentini taxminan to‘rt tartibga kamaytiradi, aktiv qatlamni boshqa ko‘ndalang yoni esa 30% gacha yorug‘lik oqimini aks ettiradi. Aks ettiruvchi difraksion panjara ko‘zgu va difraksion panjaradan tashkil topgan.
Ko‘zgu difraksion panjara vazifasini to‘ldiradi. Ko‘zgu va aktiv element o‘rtasida teskari aloqani yaxshilash uchun linza o‘rnatiladi.
Aks ettiruvchi difraksion panjaragacha bo‘lgan masofani oshirib yoki kamaytirib, shuningdek panjarani burish hisobiga panjara qadamini o‘zgartirish orqali nurlanish to‘lqin uzunligini bir tekisda o‘zgartirish mumkin. Shuning uchun bunday lazerlar sozlanuvchan lazerlar deyiladi. Bu lazerlarda to‘lqin uzunligini 30 nm oraliqgacha o‘zgartirish mumkin. Tashqi rezonatorli lazerlar to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish apparaturalarini va TOA uchun o‘lchov qurilmalarini yaratishda juda kerakli hisoblanadi [1].
Dostları ilə paylaş: |