Google Presentation Google Diskda bepul virtual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google Diskda taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo‘lib, onlayn tarzda ko‘pgina video o‘zgarishlarga ega interfeys bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn versiyasidan ko‘proq imkoniyatlariga egadir. Taqdimotni tekin ofis Google Diskda ham yaratish mumkin. Google Diskda taqdimot yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda yaratiladi va video o‘zgarishlar bilan farq qiladi. Power Pointning funksiyalaridan tubdan farq qiladi. Agar sizda litsenziyali Power Point 2023 bo‘lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash mumkin va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash oson va funksiyalari mavjud. Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi.
Prezi Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezi dasturidir. Prezi dasturining o‘ziga xosligi bu ma’lumotlarning ketma ket chiqishidir. Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan liniyali formatga urg‘u beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‘lsak Prezida ko‘rish imkonyatiga katta e’tibor berilgani aniq bir farqdir. Prezi g‘oya, fikr va rejalar tarmog‘ini qurish uchun ishlatiladi.
ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko‘rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‘zaro, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rib, o‘rganib chiqishga imkon beradi. Umuman olganda, Prezi windowsda juda yaxshi , ammo linuxda juda yomon ishlaydi. Prezi murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe flashdan foydalanadi va bu dastur eng ohirgi ko‘rinishda bo‘lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakli mavjud:
Prezi public
Prezi enjoy
Prezi pro
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma’lum bir to‘lovlarni talab qiladi.
Canvas – (“mustahkam va dag‘al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnalogiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya’ni maydon ko‘rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. ZUI texnalogiyasi foydalanuvchilarga maydon bo‘ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo‘shish imkonyatlarini beradi.
Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‘rganish juda oson va qulay bo‘lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma-slayd ko‘chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‘lak (Pathwaypoint)dan foydalanib yaqinlashtiradi.