Interfaol multimedia taqdimoti: Interfaol multimedia taqdimoti – ierarxik tamoyili asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimedia komponentlari majmui.
Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
korporativ multimediali taqdimot;
multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
o‘rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig‘i elektron nashr yoki multimedali kitob.
Power Point dasturida taqdimotga ovozli va video-kliplar boshqa dasturlarga qaraganda qulay kiritiladi va namoyish etiladi. Dasturda multimediali obyektlarni tanlash uchun sichqonchaning o‘ng tugmasidan foydalaniladi, bunda namoyish etish optsiyasini o‘rnatish uchun animatsiya effekti menyusining komandalariga yo‘l ochiladi. Taqdimotdagi multimedia materiallarini namoyish etish uchun ro‘yxat tuzish va ketma-ketligini belgilash mumkin, ulardan foydalanishning barcha jihatlari oson va qulay. Ikkita dialog oynasi bilan ishlayotgan taqdirda ham asosiy funktsiyalarga murojaat etish uchun bitta usuldan foydalansa bo‘ladi. Power Point dasturi videomateriallarni namoyish etishda fon ranglarining aniq va tiniqligini ta’minlaydigan yagona dastur hisoblanadi. Shuningdek, Power Point dasturi, boshqa dasturlardan farqli ravishda, videoobyektlarga namoyish davrida suzib (uchib) yuruvchi videotasvir kabi effektlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, slayddan slaydga o‘tishning 46 xil effektidan foydalansa bo‘ladi. Animatsiya effekti funktsiyasi PowerPoint imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Ikkita dialog oynasi orqali u tasvirli hamda multimediali obyektlarni, animatsiyaning ko‘pgina funktsiyalarini birlashtiradi va taqdimotning xohlagan joyida ishlatilishi mumkin. Power Point dasturi ko‘rgazmali o‘quv materiallarini tayyorlash uchun o‘qituvchining muhim yordamchisi hisoblanadi. Taqdimotlar o‘qituvchi so‘zlarini ko‘rgazmali qilishga, dars jarayonini qiziqarli bo‘lishida foydalaniladi. Taqdimotlardan keng foydalanishning sababi uni yaratishning osonligi va dastur imkoniyatlarini kengligidir. Power Point dasturi imkoniyatlaridan biri bu triggerlarni qo‘llashdir. «Trigger» (inglizcha so‘zdan olingan) – qurol tepkisi ma’nosini anglatadi. Trigger – obyekt tanlangandan keyin biror bir harakatni bajaruvchi animatsiya effekti. Trigger – bu interaktiv animatsiya yaratish vositasi bo‘lib, taqdimotning aniq bir elementini harakatini tanlash imkoniyatidir. Topshiriqning barcha elementlarini tanlash orqali ishga tushiriladi va o‘quvchi prizentatsiyani bevosita boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqdimotda triggerlarni qo‘llash Power Point dasturi imkoniyatlarini anchagina oshiradi. Uning yordamida taqdimotda turli interaktiv o‘yinlar, testlar, topshiriqlar, viktorinalar va boshqalarni tayyorlash mumkin bo‘ladi. Masalan triggerlar yordamida taqdimotda interaktiv testlar tayyorlash mumkin, testlarning javobi sifatida so‘zlar, raqamlar yoki tasvirlar ishtirok etishi mumkin. Agar o‘quvchi noto‘g‘ri javobni tanlasa u holda javob yo‘qolishi aks holda esa rangini, o‘lchamini yoki joylashishini o‘zgartirishi mumkin. Shunday qilib, trigger yordamidagi taqdimot o‘quvchi harakatiga mos harakatlanishi mumkin, ya’ni o‘quv materialining o‘quvchi bilan interfaol aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Taqdimotda triggerlarni qo‘llash yordamida o‘quvchi o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Bunda pedagog taqdimotning barcha qismlarini yoki alohida qismlarining chiqishini o‘zi belgilaydi. Triggerlar yordamida har qanday obyektga harakatlar taqdim etishimiz mumkin, bu harakatlarni xohshimizga va vaziyatga ko‘ra tanlash imkoniyati ham mavjud. Bu ko‘rinishdagi taqdimotlarni kompyuter va proyektor orqali ko‘rishga cheklanmasdan, hatto elektron doskada ham qo‘llash mumkin. Bundan tashqari interfaol aloqadagi taqdimotni elektron ta’limda ham qo‘llash mumkin. iSpring dasturi yordamida interfaol taqdimotlarni saytga joylashtirish, elektron pochta orqali jo‘natish va masofaviy ta’lim tizimida qo‘llash mumkin. Chet tillarini o‘qitishda interfaol trigerlarni ishlab chiqish muhim axamiyat kasb etadi. Chet tillarini o‘qitishda interfaol multimedia taqdimoti yaratishni misollar yordamida ko‘rib chiqamiz. Slaydda mevalar rasmi berilgan bo‘lib, topshiriqda bir(Find a banan) mevani qaysi ekanligini topishi kerak bo‘ladi. Buning uchun to‘g‘ri javobli obyektga belgilash (masalan:“ качение”), noto‘g‘ri javobga esa obyektni chiqib ketish (masalan:“ исчезновение”) animatsiyasi tanlanadi. Oynaning chap qismidan “область анимации” oynasidan “время” bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan obektlarga mos animatsiya effektlarini sozlab chiqamiz.
Power Point dasturida to‘rt turdagi animatsiya effektlari bo‘lib, bular:
- Вход (chiqish) effekti. obyektni ekranni turli qismalaridan va turli ko‘rinishlarida chiqishi;
-Выход (chiqib ketish) effekti. obyektni slayddan turli ko‘rinishlarda chiqib ketadi;
- Выделение (alohida ajratish) effekti. Misol sifatida obyekt o‘lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish, ranglarini o‘zgartirish, obyektni o‘z atrofidan aylanishi keltirish mumkin;
- Пути перемещения (bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish yo‘li) effekti. Ushbu effekt obyektning pastga, yuqoriga, o‘ngga, chapga ko‘chishi va yulduz, aylana (va boshqa) traektoriyalar bo‘yicha ko‘rinishlarni belgilaydi. Slayddagi barcha animatsion effektlarni “область анимации” bo‘limidan ko‘rishimiz mumkin. Unda animatsiya effekti quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1 - obyektning slaydda chiqish ketma-ketligining tartib raqamini ko‘rsatadi.
2 - effektlar namoyish vaqt shkalasi
3 - animatsiya effektining turini ifodolovchi belgilar. Bu misolda Выход effekti ekanligini ko‘rsatadi.
4 - elementlar ro‘yxatidagi pastki yo‘nalishni tanlash orqali menyuni ko‘rish mumkin.
Muloqot oynasida “Эффект” va “Время” bandlari mavjud. Animatsiya effektining boshlanish vaqtining bir necha turlarining belgilari aks etgan:
По щелчку - animatsiya effekti slayddagi obyekt tanlanganda boshlanadi.
С предыдущим - animatsiya effekti oldingi effekt bilan birgalikda ijro etiladi.
После предыдущего - animatsiya effekti ro‘yxatdagi oldingi effekt tomomlanishi bilan tezda ijro etiladi.
Barcha triggerlarni sozlab chiqganimizdan so‘ng “область анимации” ning ko‘rinishi quyidagi ko‘rinishda hosil bo‘ladi:
Переходы menyusidagi “Смена слайда” bo‘limida «По щелчку» va «После» bandlaridagi tanlashlarni olib tashlash maqsadga muvofiqdir. Aks holda «По щелчку» bandidagi belgilanish ish sohasini barcha qismlarini tanlaganimizda keyingi slaydga o‘tishi, «После» bandidagi belgilanish esa avtomatik tarzda keyingi slaydga o‘tadi. Biz uchun esa faqat obyektlar belgilanganda noto‘g‘ri javoblar slayddan yo‘qolishi, to‘g‘ri javob esa turli tomonlarga og‘ishi kerak bo‘ladi. Keyingi misolimizda rasmlar tanlanganda unga mos keluvchi so‘zlarni rasm pastida aks etishini kuzatamiz. Buning uchun har bir so‘zni rasmga mos holda animatsiya menyusidan “Пути перемешения” bandidagi “Линии” buyrug‘ini tanlaymiz va rasmning pasti qismiga chizib tushiramiz. Oynaning chap qismidan “Область анимации” oynasidan “время” bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan rasmlarga mos so‘zlarning “преключатели” bandidan “начать выполнение эффекта при щелчке” buyrug‘idan mos so‘zning chiqishlarini sozlab chiqamiz. Slayd namoyish etilganda rasmlar ustiga sichqoncha tugmasi bosilganda unga mos keladigan so‘zlar rasmning pastki qismida harakatlanganini ko‘rishimiz mumkin. Keyingi misolimizda esa to‘g‘ri javoblar tanlanganda “Correct”, noto‘g‘ri javoblar tanlanganda esa “Incorrect” yozuvlarning chiqishi bilan kuzatiladi. Shuning javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ovozli ko‘rinishda ham ifodalash mumkin. Buning uchun slaydga rasmlar va savol joylashtiriladi, “Correct” va “Incorrect” so‘zlari kiritiladi. Ushbu so‘zlarga animatsiya menyusidan “Вход” bandidagi “Фигура” buyrug‘ini tanlaymiz. Oynaning chap qismidan “область анимации” oynasidan “время” bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan rasmlarga mos so‘zlarning “преключатели”dan “Начать выполнение эффекта при щелчке” bandidan mos so‘zning chiqishlarini sozlab chiqamiz. Demak, interfaol multimediya taqdimotlarini ishlab chiqish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Kerakli manbalar, rasmlar, ovozlar to‘planadi va ishni bajarish algoritmining xomakisi tuziladi, so‘ngra natijalar kompyuterga kiritilib, yuqoridagi kabi interfaol taqdimotlar tayyorlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Internet ma’lumotlaridan foydalanildi