Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti umumiy topshiriq



Yüklə 144,4 Kb.
səhifə11/12
tarix24.12.2023
ölçüsü144,4 Kb.
#192528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Nazorat savollari
1. Risk qabul qilish deganda nimani tushunasiz?.
2. Risklarni qabul qilishning qanday mezonlari mavjud?
3. Risklarni qabul qilish mezonlarini shakllantirishda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozim?
4. Risklarni qabul qilishning tashkiliy strukturasiga xos bo’lgan vazifalar?
JAVOBLARI:
1. Risk qabul qilish deganda nimani tushunasiz?.
Risklarni qabul qilish mezonlari О‘z DSt ISO/IEC 27001 (4.2.1, s) sanab о‘tish, belgilangan «risklarni qabul qilish mezonlari va risklarning maqbul darajasini identifikatsiya qilish» ga mos keladi.
Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan tashkiliy struktura va javobgarlik о‘rnatilishi va ta’minlanishi kerak.
О‘z DSt ISO/IEC 27001 (5.2.1, a) sanab о‘tish) ga muvofiq, tashkilot AXBTni ishlab chiqish, joriy qilish, foydalanish, monitoringi, tahlili, takomillashtirish va samaradorligini oshirish uchun zarur bо‘lgan resurslarni aniqlashi va ta’minlashi kerak. Risklarni boshqarishni bajaradigan tashkilot bо‘linmasi, О‘z DSt ISO/IEC 27001 talab qiladigan resurslardan biri sifatida kо‘rib chiqilishi mumkin.
2. Risklarni qabul qilishning qanday mezonlari mavjud?
Risklarni qabul qilish mezonlari ishlab chiqilishi va aniqlanishi kerak. Risklarni qabul qilish mezonlari kо‘pincha, tashkilot siyosatiga, vazifalariga, maqsadlariga va manfaatdor tomonlarning manfaatlariga bog‘liq bо‘ladi.
Tashkilot rikslarni qabul qilish darajalari uchun о‘zining shkalalarini aniqlab olishi kerak. Ishlab chiqishda quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • risklarni qabul qilish mezonlari riskning istalgan maqsadli darajasiga ega kо‘plab chekka qiymatlarni ichiga olishi mumkin, lekin muayyan vaziyatlarda yuqori rahbariyat kо‘rsatilgan darajadan yuqorida turgan risklarni qabul qilishi sharti asosida;

  • risklarni qabul qilish mezonlari miqdor jihatdan baholangan foydaning (yoki boshqa biznes foydasining) miqdor jihatdan baholangan riskka bо‘lgan nisbati sifatida ifodalanishi mumkin;

  • risklarni qabul qilishning turli mezonlari riskning turli klasslariga nisbatan qо‘llanilishi mumkin, masalan, direktivalar va qonunlarga mos kelmaslik natijasi bо‘lishi mumkin bо‘lgan risklar qabul qilinmaydi, shu vaqtning о‘zida, shartnoma majburiyatlarida belgilangan bо‘lsa, yuqori darajadagi risklar qabul qilinishiga ruxsat etilishi mumkin;


Yüklə 144,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin